3.3. Rele kontaktlarining ekspluatatsion ko‘rsatgichlari
Relelarning puxtaligi va kontaktlarining kommutatsion xususiyatlari asosan
kontaktlarga bog‘lik. Relelarning kontaktlari quyidagi ekspluatatsion ko‘rsatgichlar
bilan tavsiflanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy tok –
I r.e.
Bu ko‘rsatgich kontaktlar qizib
o‘zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan harorat bilan
aniqlanadi. Ruxsat etilgan chegaraviy tokni oshirish uchun kontaktlarning
qarshiligini kamaytirilib, ularning sovitish yuzasini oshirish kerak.
Ruxsat etilgan chegaraviy kuchlanish -
U
r.e.
Kontaktlar o‘rtasidagi
izolyatsiyani va kontaktlararo masofada teshib o‘tish kuchlanishi bilan aniqlanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy quvvat –
R r.e.
Bu ko‘rsatgich kontaktlar ajralish
jarayonida turg‘un yoyni (dugani) hosil qilmaydigan zanjirning quvvati bilan
aniqlanadi.
52
Kontaktlarning ish rejimini yengillashtirish maqsadida kontaktlarga (3.2 -
rasm, a, b) yoki cho‘lg‘amga (3.2 - rasm, v, g, d) shunt sifatida qo‘shimcha
elementlar ulash maqsadga muvofiqdir.
Cho‘lg‘amning induktivligi hisobiga yig‘ilgan magnit energiyasi
kontaktlararo masofada sarflanmasdan, rezistor va kondensator yoki
cho‘lg‘amning o‘zida sarflanadi. Rezistor qarshiligi cho‘lg‘amning aktiv
qarshiligidan 5-10 barobar katta bo‘lishi kerak. Kondensatorning sig‘imi esa S=
0,5 - 2,0 mkf.
3.2.-rasm. Rele kontaktlari ishini yengillashtiruvchi sxemalar:
a, b – kontaktlarga va v, g, d - cho‘lg‘amga shunt sifatida qo‘shimcha elementlar
ulash.
3.4. Elektromagnitli relelar
Yuqorida aytilgan relelarning orasida qiishloq xo‘jaligi avtomatikasida eng
keng qo‘llaniladigani elektromagnitli relelaridir. Eng oddiy elektromagnit
relesining sxemasi 3.3 -rasmda ko‘rsatilgan.
Cho‘lg‘amdagi 3 kuchlanish ta’sirida hosil bo‘lgan magnit maydon
harakatlanuvchi yakorni 1 qo‘zg‘almas o‘zakka 2 tortadi. Yakorning harakati
natijasida kontaktlar 5 ulanadi. Kuchlanish ajratilsa prujina 4 ta’sirida kontaktlar
eski holatiga qaytadi. Qoldiq magnit oqimi ta’sirida yakor tez ajratish maqsadida
uzoqqa nomagnitik materialdan bajarilgan shtift qotiriladi.
|