70
Avtomatik boshqarish, rostlash va boshqa tizimlarida datchiklarning axbaroti
analog ko‘rinishida olinadi. Ushbu axborotni raqamli
boshqarish qurilmalarga
yoki EHM larga kiritish uchun ARO‘ lar xizmat qiladi.
Ko‘pincha ARO‘ lar kuchlanish yoki tok ko‘rinishidagi kirish signalini
paralel yoki ketma-ket ko‘rinishdagi ikkala yoki ikki-o‘nli
raqamli kodga
o‘zgartiradi.
Uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni uning ma’lum vaqt
t ichida oniy
qiymati bilan almashtirish vaqt bo‘yicha kvantlash deb ataladi.
t vaqt intervali
kvantlash
qadami deb ataladi, o‘zgartirish chastotasi esa f=1/
t kvatlash
chastotasi.
Kvantlash qadami ikki qismga bo‘linadi. Birinchi
qism davrida analog
signali raqam ko‘rinishiga o‘zgartiriladi, ikkinchi davrida esa registrga yozilib
undan moslamani boshqa qismlariga uzatiladi.
Bu yerda bu kirish signali
haqidagi qiymat axbarotga aylantiriladi.
Analog signalini raqam signaliga o‘zgartirishi o‘zgartgichining razryadlar
maksimal soni bilan aniqlanuvchi darajada erishish mumkin.
Bu tamoyil sath
bo‘yicha kvantlash ataladi.
Ko‘p tarqalgan ARO‘ lardan biri integrallash usulida ishlaydigan
o‘zgartirgich. O‘z navbatda bu usul yana bir necha guruxga ajratsa bo‘ladi: bir
qiyalik, ikki qiyalik ARU lar (5.5.-rasm).
ARO‘ ning ish tsikli 3 davrga ega: 1-tsikli-nolning korrektsiyasi; 2-tsikli-
kirish signalini integrallash va 3-tsikli-tayanch kuchlanishini integrallash.
Birinchi davrda siljish kuchlanishini rostlash yo‘li
bilan signalning avtomatik
korrektsiyasi amalga oshiriladi. Shu davrning o‘zida SA2 kalit yordamida
o‘zgartgichning kirishi massa bilan tutashadi va hato haqidagi axborot S2
kondensator yordamida xotiraga kiritiladi.
Ikkinchi davr mobaynida kirish signali integrallanadi va takt impulslarni bir
nechasi hisoblanadi. Bu davrning ohirida DA1 integratorning chiqishida kirish
signalning qiymatiga proportsional signal hosil bo‘ladi.
71
Uchinchi davrda DA1 integratorning kirishiga kirish signalning o‘rniga
teskari
qutbli tayanch kuchlanishi uzatiladi. Buning natijasida integratorning chiqish
kuchlanishi kamayadi. Shu vaqtning o‘zida takt impulslarining soni hisoblanadi.
Kuchlanishning kamayishi DA2 komparator
belgilagan kuchlanishigacha
davom etadi.