68
vositalardan quyidagilarni keltirsa bo‘ladi: ko‘prik sxemalar, yarim o‘tkazgich
elementlardan, sxemalar, elektromagnit qurilmalar, selsin juftliklari va boshqalar.
5.3. Raqam-analogli va analog-raqamli o‘zgartirgichlar
5.3.1.
Raqam-analogli o‘zgartirgichlar
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirishda, oxirgi
vaqtda zamon talabiga javob beradigan raqamli uskunalar keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu uskunalarda raqamli hadni analog signaliga yoki aksincha analog signalini
raqamli kodga o‘zgartirish vazifasini RAO‘ va ARO‘ lar bajarishadi.
Raqam-analog o‘zgartirgichlari raqamli kod ko‘rinishdagi signalni unga
proportsional bo‘lgan tok yoki kuchlanishga aylantirishda xizmat qiladi. Ular
teleo‘lchash tizimlaridagi raqam ko‘rinishidagi axbarotni analog signalga
o‘zgartirib ushbu signalni maxsus asboblarga uzatadi, yoki raqamli EXM lar va
analog elementlar orasida aloqani amalga oshiradi.
RAO‘ larning ishlash printsipi kirish raqam razryadlariga proportsional
bo‘lgan analog signallarni qo‘shishcha asoslangan. RAU da analog chiqish signali
U
chiq
kirish raqam signali bilan quyidagicha bog‘langan:
С
U
U
эт
чик