sxemasi.
Bu sxemada ХУ har doim hisoblash jarayonini boshqarib boradi va
rostlagich (Р) boshqarish obektiga (БO) rostlash ta’sirini o‘tkazadi.
5
.8-rasm. Taqqoslash funktsiyasi bajaruvchi hisoblash uskunasining sxemasi.
Hisoblash uskunalari teskari alokada, ya’ni koorektirovka zvenosida xam
ishlaydi (5.9-rasm).
5.9-rasm. Teskari aloka funktsiyali bajaruvchi hisoblash uskunasining
sxemasi.
75
6-BOB. AVTOMATIK KUCНAYTIRGICНLAR
6.1. Avtomatik kuchaytirgichlar haqida umumiy tushunchalar va
ularga qo‘yiladigan asosiy talablar
Avtomatika tizimlarining datchiklari beradigan signallar quvvati odatda
rostlovchi organni boshqarish uchun yetarli bo‘lmaydi. Datchiklarning chiqish
quvvati ko‘pchilik hollarda vattning mingdan bir ulushlarini tashkil etadi,
rostlovchi organ uchun zarur bo‘lgan quvvat esa o‘nlab va yuzlab kilovattni tashkil
etishi mumkin. Rostlovchi organni boshqarish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lish
va
quvvatli
datchiklar
ishlatmaslik
uchun
avtomatika
tizimlarida
kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kuchaytirgichlar
chiqish
quvvatining
qiymatiga;
kuchaytirgichga
keltiriladigan yordamchi energiyaning turiga; kuchaytirish koeffitsientiga; ishlash
printsipiga; chiqish va kirish miqdorlari o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi
tavsifnomaning shakliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Avtomatika tizimlarida
ishlatiladigan hozirgi kuchaytirgichlarning chiqish quvvati vattning bir necha
ulushidan o‘nlab va undan ortiq kilovattgacha boradi.
Kuchaytirgichlarga keltiriladigan yordamchi energiyaning turiga qapa6
elektr, elektromexanikaviy, magnitli, elektron, gidravlik, pnevmatik va
kombinatsiyalashgan turlariga bo‘linadi (6.3-rasm). Qishloq xo‘jalik ob’ektlarining
avtomatikasida elektr, elektro-mexanikaviy, magnitli, elektron va gidravlik
76
kuchaytirgichlar keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Kuchaytirish koeffitsientiga qarab
signalni ming, yuz ming va undan ortiq marta kuchaytiruvchi kuchaytirgichlar
bo‘ladi. Elektr kuchaytirgichlar quvvatni, kuchlanishni yoki tok kuchini
kuchaytirishi mumkin. Tavsifnomaning shakli jixatdan chiziqli va nochiziqli
tavsifnomali kuchaytirgichlar bo‘ladi. Chiziqli kuchaytirgichlarda chiqish miqdori
rostlashning barcha intervallarida kirish miqdoriga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi.
Nochiziqli kuchaytirgichlarda kirish bilan chiqish o‘rtasida proportsionallik
bo‘lmaydi. Nochiziqli tavsifnomalarning shakli turlicha bo‘ladi. Avtomatika
tizimlarining kuchaytirgichlariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
1. Chiqish quvvati rostlovchi organni boshqarish uchun yetarli bo‘lishi.
2. Tavsifnomasi mumkin qadar to‘g‘ri chiziqqa yaqin kelishi.
3. Nosezgirligi yo‘l qo‘yiladigandan ortiq bo‘lmasligi.
4. Signalni uzatishda kechikish harakati minimal bo‘lishi va yo‘l
qo‘yiladigan chegaradan chiqmasligi.
Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi element, rezistor, kondensator,
chiqish zanjiridagi doimiy kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat. Bitta
kuchaytiruvchi elementi bo‘lgan zanjir kaskad deb ataladi. Kuchaytiruvchi element
sifatida qanday element ishlatishiga qarab kuchaytirgichlar elektron, magnitli va
boshqa turlarga bo‘linadi. Ish rejimiga ko‘ra ular chiziqli va nochiziqli
kuchaytirgichlarga bo‘linadi. Chiziqli ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlar kirish
signalining uning shaklini o‘zgartirmasdan kuchaytirib beradi. Chiziqli bo‘lmagan
ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlarda esa kirish signali ma’lum qiymatga
erishganidan so‘ng chiqishdagi signal o‘zgarmaydi.
Kuchaytirgichni aktiv 4 qutblik deb faraz qilish mumkin (6.1-rasm).
Е
I1 I2
U1 U2
Z1 Z2 Zn
|