• 2.25. rasm. Diodning tuzilishi. 2.7.2.3. Optoelektron asboblar
  • 2.26. rasm. Optronni tuzilishi.
  • 2.27- rasm. Optronlarning shartli grafik belgilanishi.
  • Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/135
    Sana31.05.2024
    Hajmi8,51 Mb.
    #258116
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135
    Bog'liq
    dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

    2.7.2.2. Fotodiodlar 
     
    Fotodiod deb yarim o‘tkazgichli fotoelement asbob bo‘lib, bitta elektron-
    kovakli o‘tishga va ikkita chiqishga egadir. Fotodiodlar ikki xil rejimda ishlashi 
    mumkin: 1) tashqi elektr energiya manbaisiz (fotogenerator rejimida); 2) tashqi 
    elektr energiya manbai yordamida (fotoo‘zgartirgich rejimida).


    44 
    2.25. rasm. Diodning tuzilishi. 
    2.7.2.3. Optoelektron asboblar 
    Optoelektron asbob deb elektr signalini optik signalga (nur energiyasi) 
    o‘zgartiruvchi, bu energiyani indikatorlarga yoki fotoelektr o‘zgartirgichlarga 
    uzatuvchi asboblarga aytiladi.
    Ko‘p tarqalgan optoelektron asbolardan biri optrondir. Optron nurlanish 
    manbasi va qabul qilgichdan tuzilgan bo‘ladi. Bu ikkalasi bir korpusga 
    joylashtirilgan va bir biri bilan optik va elektr bog‘liklikka ega bo‘ladi. Elektron 
    qurilmalarni optronlar aloqa elementi funktsiyasini bajaradi, bunda ma’lumot optik 
    nurlar orqali uzatiladi. Buning hisobiga galvanik bog‘lanish bo‘lmaydi, va elektron 
    uskunalarga salbiy ta’sir etuvchi qayta bog‘lanishlar bo‘lmaydi.
    2.26. rasm. Optronni tuzilishi. 
    1- chiqishlar; .2 - fotoqabul qilgich; 3-korpus;
     4-optik muhit; 5-svetodiod. 
    Optronlar ma’lumot to‘plash va saqlash qurilmalarida, registorlarda va 
    hisoblash texnikasi qurilmalarida qo‘llaniladi. Zamonaviy optoelektrnonlarda nur 
    chiqaruvchi sifatida svetodiodlar, foto qabul qilgich sifatida esa fotorezistorlar, 
    fototiristorlar qo‘llaniladi. 


    45 
    Qo‘llanilgan foto qabul qilgich turiga qarab optronlar – fotorezistorli, 
    fotodiodli, fototranzistorli va fototiristorlilarga bo‘linadi. 
    2.27- rasm. Optronlarning shartli grafik belgilanishi. 
    a-rezistorli; b-diodli; v-fototranzistorli, g-fototiristorli. 
     
    Fotoelektr asboblarni belgilash tizimi: Fotoelektron asboblar harf-sonli kod 
    bilan belgilanadi:
    - birinchi element harflar-asbob guruhini bildiradi; fr–fotorezistorlar, fd–
    fotodiodlar;
    - ikkinchi element harflar –asbobni tayyorlangan materialini ko‘rsatadi; GO 
    germaniy, GB – germaniy, legirlangan brom; GZ – germaniy legirlangan 
    oltingugurt bilan; GK – germaniy kremniyli birikma; K-kremniy; KG – kremniy 
    legirlangan geliyli; RG- arsenidli galliy va h.k.;
    - uchinchi element –001 dan 999 gacha sonlar ishlab chiqarish nomeri;
    - to‘rtinchi element – harf, yarim o‘tkazgich fotoasboblar podgruppasini 
    belgilaydi; U-Unipolyar fotorezistor, B – bipolyar fotorezistorlar, L – ko’chkili 
    fotodiodlar. FDGZ-001K – fotodiod, germaniyli, legirlangan oltingugurtli, ishlab 
    chiqarilgan nomeri 001. 
    Optoelektronik datchiklar qishloq va suv xo‘jaligida va sanoatda keng 
    qo‘llanilib kelinmoqda.

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish