n = a Q / S∆l. (2.19) 2.6.4. Burchak tezligi datchiklari Burchak tezligi datchiklari asosan 3 guruhga bo‘linadi: mexanik, gidravlik
va elektr.
Burchak tezligining mexanik markazdan qochma datchigining kinematik
sxemasi 2.20,a-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda yuklanma 1 markazdan qochma kuch
Fts = amwr ta’sirida prujinani 2 siqadi va valning aylanishi bo‘yicha 5 muftani 3
siljitadi. Muftaning siljishi induktiv o‘zgartirkichga uzatiladi va aylanish tezligi
hisoblanadi.
Datchikning sezgirligi quyidagicha aniqlanadi:
Kd = dFts/dw = 2amwr, (2.20) bu yerda,
m - aylanayotgan yuklarning massasi;
r - yuklarning aylanish
radiusi;
w – aylanish burchak tezligi.
Mexanik markazdan qochma datchiklar katta xatoliklarga ega va tezlikni
faqatgina kichik oraliqlarda o‘lchashga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Gidravlik datchiklar (2.20,b-rasm) asosan aylanish chastotasini proportsional
ravishda suyuqlik bosimga yoki sarf o‘zgarishiga aylantirib berish uchun xizmat
qiladi. Bunday turdagi datchiklar nasosdan 5, suyuqlik bosimi o‘zgarishini qabul
qiluvchi prujinali porshendan 6 hamda aylanish chastotasini ulab boradigan
shkalalardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu turdagi datchiklarning amalda qo‘llanilishi
ularning murakkab tuzilishi va o‘lchovlarni yuqori darajada emasligi sababli
anchagina chegaralangan.
Hozirgi davrda elektr datchiklarning qo‘llanilishi keskin ravishda ko‘payib
bormoqda. Bunday datchiklar odatda o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokli
mikrogeneratorlar (taxogeneratorlar) shaklida bajarilgan bo‘ladi.
39
Ularning chiqish kuchlanishi U aylanish chastotasiga proportsional bo‘ladi: