40
Vaqt-impulsli datchiklarining asosiy kamchiligi –
ularning kontaklarini tez
ishdan chiqib turishidir.
Induktsion tezlik datchiklarida (2.21,b-rasm) o‘zgarmas magnitning 2
aylanishi natijasida cho‘lg‘amda 2 o‘zgaruvchan (impulsli) kuchlanish hosil
qilinadi va u valning aylanish tezligiga proportsional bo‘ladi.
2.21-rasm. Elektr tezlik datchiklari.
a - vakt -impulsli; b va v– induktsion.
2.7. Generator datchiklari
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementlar kirish signali (x) chiqish
signaliga (u) o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish
signali energiyasi hisobiga
bo‘ladi va chiqish signali elektr yurituvchi kuch ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Bu
turdagi datchiklar juda sodda tuzilgan bo‘ladi va qo‘shimcha energiya manbaisiga
ega bo‘lishi shart emas.
Generator
datchiklari induktsion,
fotoelektr, p’ezoelektr
va termoelektr
datchiklari (termoparalar) guruhiga bo‘linadi.