• Qalqovichli datchiklar
  •  - rasm. Manometrik datchiklarning turlari




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/135
    Sana31.05.2024
    Hajmi8,51 Mb.
    #258116
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
    Bog'liq
    dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

    2.14 - rasm. Manometrik datchiklarning turlari. 
    a - membranali, b - silfonli, v - manometrik. 
    Manometrik termometrlar texnikaviy asbob bo‘lib, termotizmning ish 
    moddasi jihatidan gazli, suyuqlikli va kondentsasion turlariga ajratiladi. Bu 
    asboblar -150
    0
    S dan 600 
    0
    S gacha bo‘lgan suyuqlik va gazsimon muhitlar 


    30 
    haroratini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Maxsus to‘ldirgichli termometrlar esa 
    100
    0
    S dan 1000 
    0
    S gacha bo‘lgan haroratlarga mo‘ljallangan bo‘ladi.
    Asbobning tizimi (termobalon, kapilyar sig‘imlari, ish moddasi) asosan 
    gaz (gazli asboblarda) va suyuqlik (suyuqli asboblarda) bilan boshlang‘ich 
    bosimda to‘ldiriladi. Termobalon isishi bilan ishchi moddaning bosimi oshadi. 
    Buning natijasida asboblardagi membranalar, silfonlar manometrik quvurchalar 
    harakatlanishi boshlanadi. Sezgir elementlar holati o‘zgarilishi natijasida ularga 
    ulangan strelkalar holatini o‘zgartirib kontaktlarni ishga tushiradi. Ushbu 
    datchiklarning o‘lchash chegaralari ishchi moddaning qaynash va qotish
    haroratlari bilan cheklanadi.
    Gazli manometrik termodatchiklarning o‘ziga xos kamchiliklaridan biri
    issiqlik inertsiyasining kattaligidir. Buning sababi: termobalon devorlari bilan uni
    to‘ldirgan gaz o‘rtasidagi issiqlik almashish koeffitsientining kichikligi va
    gazning o‘tkazish qobiliyatining pastligi. 
     
    2.6. Sath, bosim va burchak tezligi datchiklari 
    2.6.1.
     
    Sath datchiklari va ularning ishlash printsiplari
    Qishloq va suv xo‘jaligida suyuqliq va mahsulotlar sathini aniqlash 
    maqsadida qalqovichli (po‘kakli yoki poplavokli), gidrostatik va elektrodli sath 
    datchiklari qo‘llaniladi.
    Qalqovichli datchiklar
    suyuqlik sathi o‘zgarishini qabul qiladigan 
    qalqovichdan va chiqish elektr signaliga o‘zgartiradigan elementdan tashkil topgan 
    bo‘ladi. O‘zgartirgichlar sifatida aktiv yoki induktiv datchiklar ishlatiladi. 2.15, a - 
    rasmda potentsiometrik o‘zgartirgichli qalqovichli sath datchigining sxemasi 
    ko‘rsatilgan. Yengil qalqovichli (1) bilan potentsiometrik datchikning (3) 
    bog‘lanishi blok (4) orqali o‘tkazilgan tros (2) yordamida amalga oshiriladi. 
    Qalqovichning og‘irligi yuk (5) bilan moslashtirib boriladi. Suyuqlik sathining xar 
    qanday o‘zgarishi sath o‘lchov birligiga moslangan ikkilamchi o‘lchov asbobidagi 
    (UA) kuchlanish o‘zgarishiga proportsional ravishda ta’sir qiladi. Qalqovichli sath 


    31 
    datchiklari suyuqlik sathining katta katta miqdorda o‘zgrishlarini o‘lchash uchun 
    xizmat qiladi. Ularning asosiy kamchiligi qalqovichning harakatlanib turishidir.

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     - rasm. Manometrik datchiklarning turlari

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish