27
2.12.-rasm. Suyuqlik datchiklarining turlari:
a – kontaktli; b – aktiv qarshilikli; v – induktiv qarshilikli;
g – sig‘im qarshilikli; d – nurlar intensivligi.
2.5.2.
Dilatometrik va bimetallik datchiklar
Dilatometrik va bimetallik
datchiklarning
ishlash printsipi harorat
o‘zgarishidagi qattiq jism chiziqli miqdorining o‘zgarishiga asoslangan. Harorat
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan qattiq jism chiziqli miqdorining o‘zgarishi
quyidagicha ifodalanadi:
L
t
=L
0
(1+B*t),
(2.14)
bu yerda: L
t
―
haroratdagi qattiq jismning uzunligi;
L
0 ―
shu jismning 0
0
S dagi uzunligi
B
―
chiziqli kengayishning o‘rtacha koeffitsienti (0
0
S dan t
0
S gacha
bo‘lgan haroratlar intervalida).
2.13-rasmda dilatometrik termometrning tuzilish sxemasi tasvirlangan.
Dilatometrik termometrda (2.13, a-rasm) sezgir
element sifatida chiziqli
kengayishning katta harorat koeffitsientiga ega bo‘lgan materialdan (jez va mis)
tayyorlangan quvurcha qo‘llanilgan. Korpusga kavsharlangan quvurcha ichida
o‘zak joylashgan. O‘zak chiziqli kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan
materialdan (masalan, invar) ishlangan. O‘lchanayotgan
muhitning harorati
ko‘tarilishi bilan birga quvurcha uzayadi. Bu hol o‘zakning uzayishiga olib keladi.
Shunda prujina shaynning bo‘sh tomonini pastga tushiradi, o‘z navbatida u tortqi
va tishli sektor orqali strelkani uning o‘qi atrofida aylantiradi. Strelka esa shkalada
28
o‘lchanayotgan harorat qiymatini ko‘rsatadi va belgilangan
holatda kontaktlarni
ulaydi.
Dilatometrik termometrlar suyuqliqlar haroratini o‘lchashda ham haroratni
ma’lum darajada avtomatik ravishda saqlash
uchun va signalizatsiyada
qo‘llaniladi. Dilatometrik termometrlar 1.5 va 2.5 aniqlik klassida ishlab
chiqariladi, ularning yuqori o‘lchash chegarasi 500
0
S gacha bo‘ladi. 150
0
S dan
oshmagan haroratlar
uchun quvurchalar jezdan, o‘zaklar esa invardan ishlanadi,
undan yuqori haroratlar uchun quvurchalar zanglamas po‘latdan, o‘zaklar esa
kvartsdan ishlanadi.