18
ko‘rinib turibdiki (2.4-rasm, b) nochiziqlilik kichik kuchlar chegarasiga to‘g‘ri
keladi. Differentsial datchiklarning statik tavsifnomasi esa chiziqlilikka yaqin.
2.3.3. Tenzometrik datchiklar
Tenzometrik datchiklarning ishlash printsipi
tenzoeffekt hodisasiga
asoslangan bo‘ladi, ya’ni elastik deformatsiya ta’sirida uning qarshiligi o‘zgaradi.
Tenzodatchik ma’lum usulda o‘ralgan va ikkala
tomonidan maxsus plenka
yopishtirilgan yupqa simdan iborat. Tenzodatchik
deformatsiyasi nazorat
qilinayotgan detalga maxsus yelim bilan puxta yopishtiriladi.
Detalning
deformatsiyasi natijasida simning geometrik o‘lchamlari o‘zgarilib
qarshiligi
o‘zgaradi. Tenzometrik datchiklarning tavsifnomasi chiziqli bo‘ladi va shu sababli
ularning sezgirligi deyarli o‘zgarmaydi.
Tenzometrik datchiklarning asosiy ko‘rsatgichi tenzosezgirlik hisoblanadi va
u quyidagicha ifodalanadi:
R
R
с
/
(2.6)
Bu yerda ΔR/R - materialning deformatsiya
paytida solishtirma qarshiligi;
- elastiklik moduli.
Tenzodatchiklarning afzalliklari:
ular juda sodda, ixcham va arzon.
Kamchiliklari: kichik sezgirlik, o‘lchov natijalari haroratga bog‘liq.Sanoatda 3 xil
tenzometrik datchiklar chiqariladi: simli, qog‘oz (2PKB turida) va plyonka (2 PKB
turida) asosida: folgali. (2FPKP turi) va yarim o‘tkazgichli (KTD, KTDM, KTE
turlari). Simli tenzorezistorlar uchun nominal ish toki In = 0,5 A tashkil etadi.