Тузувчилар




Download 28,68 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2024
Hajmi28,68 Kb.
#149857
  1   2
Bog'liq
1 Amaliy mashgulot

Amaliy mashg‘ulot ishi-1


CHOY ZAMBURUG‘I ASOSIDA ALKOGOLSIZ ICHIMLIK OLISH TEXNOLOGIYASI
Ishdan maqsad: tabiatdagi mikroorganizmlar simbiozi bilan tanishish va amaliyotda qo‘llash : tabiatda mikroorganizmlar simbiozi keng tarqalgan bo‘lib, unda achitqi zamburug‘lari va sirka kislotali bakteriyalar xamkorlikda rivojlanadi. CHoy zamburg‘i - bir vaqtda rivojlanib, shirin choy damlamasi yuzasida qalin shilimshiq plenka xosil qilib, ko‘payuvchi mikroorganizmlar assosatsiyasidir.
Ularning birgalikdagi xayot faoliyati natijasida engil gazlangan, nordon-shirin ta’mli choy kvasi xosil bo‘ladi. Shisha idishdagi choy damlamasini yuzasida qalqib yurgan choy zamburug‘i yuza qismida oq, zich rivojlangan va yaltillagan ko‘rinishda, tag qismda kulrang va zichligi past ko‘rinishda ko‘rish mumkin.
Choy zamburug‘ining ilmiy nomlanishi u meduzaga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lganligi sababli – meduzomitset deyiladi. Choy zamburug‘ining tanasi achitqi zamburug‘i va sirka kislotali bakteriyalar koloniyalaridan tashkil topgan.
Achitqi zaburug‘lari choy zamburug‘ining quyi qatlamini tashkil qilib, choy damlamasi tarkibidagi shakarni spirt va uglekislotaga qayta ishlash orqali choy zamburug‘ining yuza qismini qoplovchi, bir-birlariga maxsus moddalar bilan birikkan sirka kislotali bakteriyalar uchun oziqa muxitini tayyorlaydi.
Sirka kislotali bakteriyalar tarkibi bir xil emas, shuning uchun ular hosil qilayotgan moddalar ham bir hil emas. Ulardan ba’zilari achitqilar hosil qilgan etil spirtini sirka kislotaga oksidlaydi, ba’zilari esa saxarozani glyukoza va fruktozaga aylantiradi, monosaxaridlarni glyukon kislotlarga oksidlaydi. Xosil bo‘lgan kislotalar achitqilar tomonidan sirka kislotali bakteriyalarning rivojlanishiga zarur bo‘lgan vitaminlar sintezi uchun foydalaniladi.
Taxminlarga qaraganda achitqi zamburug‘lari va sirka kislotali bakteriyalar koloniyasi tuproqda yashovchi mikroorganizmlardan xosil bo‘lgan ekan.
CHoy zamburug‘i tarkibiga inson organizmi uchun zarur bo‘lgan moddalar: S, R va D vitaminlari, V gurux vitaminlari, organik kislotalar sirka, glukuron, щavel, sut, limon kislotalari; fermentlari-katalaza, amilaza, proteaza, lipazalar mavjud. Bundan tashqari uning tarkibida stafilokok, streptokok va boshqa bakteriyalarni rivojlanishini to‘xtatuvchi antibiotiklar ishtirok etadi. Ayniqsa organizmga toksinlarga ta’sirga ega bo‘lgan glukuron kislotaning foydasi katta.

CHoy zamburug‘i ichimligi tarkibidagi sut kislotasi ichakdagi zararli mikroflorani yo‘qotib uning funksiyasini normallashtiradi. CHoy zamburug‘i ateroskleroz uchun juda samarali, arterial qon bosimini tushiradi, bosh og‘rig‘ini qoldiradi va uyquni yaxshilaydi. SHunday qilib choy zamburug‘ini doimiy ravishda iste’mol qilish insonlarga o‘zini xis qilishni yaxshilaydi, xatto ba’zi kasalliklardan forig‘ qiladi.


Sifatli ichimlik olish uchun faqat qaynatilgan suvdan foydalanish lozim, chunki vodoprovoddan olingan suv tarkibida ko‘p miqdorda kalsiy tutib suvni qaynatish vaqtida cho‘kmaga tushib qoladi. Qaynamagan suvdagi kalsiy glukuron kislota bilan birlashib, idishning tagida glyukonat kalsiy xosil qiladi.

Download 28,68 Kb.
  1   2




Download 28,68 Kb.