O'quv jarayonida internet hamda web texnologiyalarning roli va ahamiyati shodiyeva Maxfuza Istamovna Buxoro innovatsiyalar universiteti, magistr




Download 24,9 Kb.
bet1/2
Sana07.06.2024
Hajmi24,9 Kb.
#261330
  1   2
Bog'liq
Web texnologiya


O'QUV JARAYONIDA INTERNET HAMDA WEB TEXNOLOGIYALARNING ROLI VA AHAMIYATI


Shodiyeva Maxfuza Istamovna
Buxoro innovatsiyalar universiteti, magistr
Bugungi kunda Internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko’proq amalgam oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko’paymoqda.
2004 yilgi hisobotga ko’ra Internetdan foydalanuvchilar soni 600 mln. kishidan ortiq edi. Internet deyarli ta`lim jarayoni uchun ideal muhit vazihfasini o’taydi. Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko’rsatilmoqda.
Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o’sib borib, ko’pchlik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSH da o’tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko’ra Oliy o’quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100% i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o’rtacha 11 soatni online ga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochatasidan foydalanadilar. Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarning deyarli 90 % i kompyuterdan foydalanadilar, bu foydalanuvchilarning 59 % i Internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to’rtinchisi Internetdan foydalanadilar, 10 yoshlilar guruhida bo’lsa 60 % ni, 16 va undan kattalarida bu ko’rsatkichlar 80 % ni tashkil etadi (bu ko’rsatkichlar ham vaqt o’tishi bilan ortib bormoqda. Internetdan foydalanuvchilar (yoshi bo’yicha2004 yil)
Internet birinchi navbatda axborot tarmog’idir. Katta hajmdagi axborotlar ichidan kerakli ma`lumotlarni topishda maxsus Internet qidiruv mashinalari ta`lim sohasida o’qituvchi uchun ham o’quvchi uchun ham birday qulaydir. Qidiruv mashinalarida 4 mlrd.dan ortiq unikal sahifalar birlashtirilgan. O’zbek tilidagi ma’lumotlar qidirishda o’zbek qidiruv mashinalari www.mail.uz, www.doda.uz, www.search.uz, www.ziyonet.uz, www.google.co.uz lar millionlab hujjatlarni qamrab olgandir.
O’qituvchilar va o’quvchilar qidiruv proseduralaridan ta’lim jarayonida faol foydalanishlari mumkin.
Zamonaviy jamiyatda Internet orqali masofaviy ta`limning rivojlanishiga quyidagi ikki sababni ko’rsatish mumkin:

  1. Yosh avlodlarning ta`lim potensialiga bo’lgan talabning ortishi, axborot texnologiyalarini o’zlashtirish, jamiyatdagi bilimlarni tezkor almashinuvi, insonni butun umri davomida o’qishi kerakligi, uzluksiz ta`limni zaruriylashishi.

  2. Internet tarmog’ining va kompyuter texnologiyalarining rivoji, ishlarni kompyuter va kompyuter dasturlari orqali bajarilishi soddalashishi.

  3. Internetning o’qituvchi uchun qulay bo’lgan omillari qaysilar?

Bu omillarini asosiylarini sanab o’tamiz:
Mustaqil ravishda tarmoqdagi axborotlar orqali o’z malakasini oshirish.

  • Tijorat hamda notijorat tashkilotlarining Internet tarmog’idagi masofaviy ta’limini o’zlashtirishi jaroyonida o’z malakasini oshirish.

  • Dars o’tish uchun Internet tarmog’idan materiallar qidirish.

  • Hokimiyat serveridan normativ hujjatlar qabul qilish.

  • Yangi pedgogik tehnologiyalarga oid axborotlar olish.

  • Talabnomalar jo’natish, konferensiya, tanlov va grantlar, hisobot va konferensiyalarga chiqish haqidagi axborotlarni olish.

  • Dasturiy ta’minot olish.

  • O’z ishlarini chop qilish va o’z ishlari to’g’risida ma`lumotlar yuborish.

  • Hamkasb va do’stlar bilan xat yozishmalar. Fikrdoshlar va hamkasblarni boshqa shaharlar va davlardan qidirish.

  • Internet magazinlarida savdo qilish.

  • Ish qidirish.

  • Internet tehnologiyalarini ta`lim sohasidagi quyidagi afzalliklarini sanab o’tish munkin: bu fanlarni o’zlashtirilishni yaxshilanishi; tarmoq savodxonligini ortish (Kompyuter va Inernet bilan muloqot qilishdagi yangiliklar); o’rganishga bo’lgan munosabatni yaxshilanishi; mustaqil ta`lim va tadqiqotlar malakasini takomillashishi; amaliy malaka samaradorligini oshishi.

Vaqt o’tishi bilan Internetda eng muhim fanlarning eng yaxshi ma`ruzalari chop qilinishi kutilmoqda. O’qituvchilar bu ma`lumotlardan o’z darslariga asos sifatida foydalanishlari mumkin. Ma`lumotlar jo’natishda tezlikning ortishi bugungi matn ko’rinishidagi Internetni multimediyali interaktiv telekanalga aylanishi boshorat qilinmoqda. Bugungi kunda Internetdan ajralishlik mukammal bo’lgan ta`limdan mahrum bo’lishlikdir.
Ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri, o‘quvchilarga insoniyat tarixidavomida yaratilgan bilimlarni etkazish, fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilimolishlari uchun tegishli sharoit yaratish, zarur axborotlarni tanlash va mustaqilo‘qishni o‘rgatish orqali bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va qiziqishlariniorttirishdan iborat.Kompyuter va dasturiy mahsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborottexnologiyalarni tabiiy fanlarida ham qo‘llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda.Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi,o‘qitishning zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning imkoniyatlaribilan bog‘liq bo‘lgan mutlaq yangi, hali tadqiq qilinmagan o‘qitishning texnologikvariantlarini ochadi. Yagona axborot gipermaydonidan birgalikda foydalanish amaliybilimni olishda o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ijodiy xamkorlikni ta’minlaydi.O‘quv-tarbiya jarayonida elektron ta’lim resurslarining o‘rni haqida gapirganda,ta’lim tizimi hozirgi holatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur, ularuchun esa, mustaqil ish tegishlicha metodik ta’minlanishi juda muhim. Bularga ko‘ra,o‘quv-metodik materiallarni elektron ko‘rinishda taqdim etishning strukturasi vausuli, ulardan foydalanishning aniq bir shakliga bog‘liq holda o‘zgarib turishi kerak.Pirovardida, o‘quv-metodik resurslarning katta hajmidan, ko‘p sonli foydalanuvchilarfoydalana olishini, shuningdek, individual yondashuv, o‘qitishning faol metodlari vateskari aloqa qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash zarur.Pedagogik faoliyat amaliyotiga, ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar,ensiklopediya, lug‘atlar, kartalar, sxemalar, illyustratsiyalar, masalalar va mashqlarto‘plamlari, ularni bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘zini o‘zi tekshirish uchun"Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7www.openscience.uz 370savollar va testlar kabi turli elektron o‘quv materiallaridan foydalanish keng kiribbormoqda. Elektron ta’lim resurslaridan o‘quv jarayonida to‘liq foydalanishnatijasida quyidagilarga erishiladi:1) xotiraga qabul qiladilar, anglaydilar, yig‘adilar, biroq xatosiz, ongli ravishdaqayta tiklamaydilar;2) bevosita o‘qituvchi hamkorligida tahlil qiladilar, taqqoslaydilar,umumlashtiradilar, namuna bo‘yicha amaliy harakatlarni bajaradilar;3) muammolarni echish jarayonida mustaqil izlanadilar, kutilayotgan natijagaerishishning yo‘l va vositalarini mustaqil ravishda aniqlaydilar.Zamonaviy dasturlash vositalarida tayyorlangan elektron ta’lim resurslariningsifati darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha natijali bo‘ladi.Bu jarayonni amalga oshirishda, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda zamontalabi darajasida darslarni loyihalashtirish va rejalashtirishni taqoza qiladi.O‘qitishning interfaol usullarini bilish kommunikativ faoliyatni tashkil etishningmaxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan vabiladigan, o‘ylayotgan narsalarini tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Elektronta’lim resurslari internet orqali axborot yig‘ishning yangi usullarini, ulardanfoydalanishni o‘rgatadi, ularning dunyoqarashi kengayadi, o‘qishga bo‘lganmotivatsiyasini, qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi vao‘qish va ijodkorlikda yangi imkoniyatlarnitaqdim etadi.Elektron ta’lim resurslari qo‘llanilgan darslarida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi pedagogik hamkorlik o‘quvchini dars davomida befarq bo‘lmaslikka,mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga olib keladi, fanga bo‘lgan qiziqishlaridoimiyligini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, «... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo'hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o'z qarmog'iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma'naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o'z xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.

Download 24,9 Kb.
  1   2




Download 24,9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quv jarayonida internet hamda web texnologiyalarning roli va ahamiyati shodiyeva Maxfuza Istamovna Buxoro innovatsiyalar universiteti, magistr

Download 24,9 Kb.