|
Ma’lumki, o’quv jarayoni 3 ta bir-biri bilan bog’liq o’qitishning tarkibiy qismlaridan tashkil topgan
|
bet | 2/2 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 3,53 Mb. | | #125993 |
Bog'liq o\'quv mashg\'ulotlarini loyihalashtirishMa’lumki, o’quv jarayoni 3 ta bir-biri bilan bog’liq o’qitishning tarkibiy qismlaridan tashkil topgan.
1.O’quvchining o’qish faoliyati. (O’F)
2.O’qituvchining boshqaruvchilik faoliyati. (B)
3.Shunday qilib, o’quv jarayonini quyidagi formula tarzida ifodalash mumkin.
O’J=M+O’F+B
Mana shu formula asosida maqsad oydinlashtiriladi, texnologiyalar belgilanadi, faoliyat yo’lga qo’yiladi va amalga oshiriladi. Buni oldindan rejalashtirish yoki o’quv jarayonini loyihalashtirish deb ataydilar. Pedagogik texnologiyaning bu qismi amalga qo’llanilganda ta’limning tabiatga uyg’unlik qoidasiga asoslansa, ya’ni o’qituvchining tabiiy xususiyatlari-qiziqishi, istak, xohishi, ehtiyoji, qobiliyati, aqliy kuchlari hisobga olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quv mashg’ulotlarini loyihalashtirishda mazkur holat hisobga olinishi darkor.
Pedagog olim Malla Ochilovning ta’kidlashicha pedagogik texnologiya metodining muvaffaqiyati, ta’limni rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan o’quv-biluv jarayonini loyihalashtirishdir. Muallifning fikricha o’quv mashg’ulotlarini loyihalashda o’qituvchi ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, dastur, darslik, ijodiy faoliyatga yo’naltiruvchi topshiriqlar mazmunini o’qituvchi-o’quvchining oldingi ish faoliyati mazmuni, kelajakdagi amalga oshiriladigan faoliyati inobatga olinadi. O’quv jarayonini loyihalashda o’quvchilarning belgilangan maqsad sari harakatlanishi uzluksiz nazorat qilishni e’tibordan chiqarmaslik kerak.
Shunday qilib, ta’lim jarayonining qurilmasi, uni loyihalashning:
a) ta’lim maqsadlari va natijalarni belgilashni;
b) natijalar asosida (diagnostikalash orqali) nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqishni; hamda o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi (dars konspekti) ni ishlab chiqish bosqichlarini amalda qo’llashni nazarda tutadi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|
| |