126
Audit siyosati: Auditni taqdim etishdan oldin audit siyosatini tanlash
muhim. Audit siyosati havfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan audit hodisalarning
bosqichlarini ko‘rsatadi. WindowsXP Professionalning dastlabki o‘rnatilishida
auditning hamma bosqichlari o‘chirilgan bo‘ladi. Audit hodisalarining har xil
bosqichlarini o‘z ichiga olgan holda tashkilot talablariga javob beruvchi audit
siyosatini hosil qilish mumkin.
Agar obektga kirish auditi audit siyosatining qismi sifatida tanlangan yoki
auditning kataloglar xizmatiga kirish bosqichini yoki auditning obektlariga
kirish bosqichini yoqish kerak.
Obektlarga kirish kategoriyasi yoqilgandan keyin har bir guruh yoki
foydalanuvchiga tizimning qaysi tipida auditni qo‘llashni ko‘rsatadi. Lokal
obektlar auditini yoqish uchun ―Administratorlar‖ guruhi a‘zosining qayd
yozuvi bilan tizimga kirish lozim.