O‘quv dasturining uqtirish xati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng hayotga ilk qadam qo‘yayotgan avlodga yangi talablar qo‘yildi. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. O‘zining ish faoliyatini rejalashtirish, qo‘yilgan masalani yechishga zarur bo‘lgan axborot topa olish, o‘rganilayotgan obyekt yoki jaroyonni informatsion modelini qura olish va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olish kabi malakalarga ega bo‘lish zarurati tug‘ildi.
Bunday malaka har bir yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, o‘rta maktab informatika kursining birinchi va muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.
O‘qitish shakli va usuli yosh o‘quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o‘quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg‘un ko‘rinishda berishdir.
Boshlang‘ich informatika kursida quyidagilarga erishish nazarda tutiladi:
1. O‘quvchilarda turli fikrlash usullarini, jumladan, algoritmik fikrlashni shakllantirish. O‘qitish jaroyoni grafik va tovushli ta’minot asosida mantiqiy va abstrakt fikrlashni o‘stirishni o‘z ichiga oladi.
2. Axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish. Kompyuterni o‘zlashtirish o‘quvchilarga darslarda kompyuterdan o‘quv quroli sifatida foydalanishga imkon beradi.
3. Kompyuterdan o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrirlash, dam olish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
4. O‘quvchilarda hisoblash texnikasiga ijobiy munosabatlar uyg‘onishiga va rivojlanishiga asos bo‘ladi. Kompyuter informatika darsini qiziqarli o‘yinga aylantirishga imkon yaratadi.
Kompyuter o‘quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yahshiroq tushunish, o‘z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg‘unligi matematika va boshqa fanlarni o‘zlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Informatika fanining boshqa fanlarga o‘xshamasligi o‘quvchilarda yoqimli o‘yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o‘z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo‘lib hizmat qiladi. O‘quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi tadqiqodchiga aylanishadi. Bunda o‘z tajribalariga tayangan holda hulosa chiqarish va umumlashtirishga o‘rganadilar.
O‘QUV DASTURI
5-SINF (34soat)
(haftada 1 soatdan, jami 34 soat, bundan 2 soati nazorat uchun)
1. Axborot va biz. (11soat)
Mazmun. Axborot haqida tushuncha. Axborot bizning hayotimizda. Atrofimizdagi axborot (hayotiy misollar). Axborotning turli ko‘rinishlari (rasmlar, matnlar, tovushlar) va ularni qayta ishlash usullari. Axborot tashuvchi vositalar. Axborotni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlash. Axborotni kodlash.
Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur:
-
axborot tushunchasi, turlarini bilish;
-
axborot tashuvchi vositalarni bilish;
-
axborotli jaroyonlarni (internet tizimida yoki lokal tarmoq yordamida axborotni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashlarni-maktab yoki maktablar aro telekonferensiya misolida namoyish qilish) bilish;
-
axborot va axborotli jaroyonlarga misollar keltira olish;
-
axborot tashuvchi vositalarga misollar keltira olish.
Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim: Axborotlarni kodlash malakasiga ega bo‘lish.
Kompyuter bilan tanishuv(21 soat)
Mazmun. Kompyuter xonasi uchun Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterning ba’zi qo‘shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang‘ich saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko‘nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi sifatida. Grafik muharrir yordamida kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan kompyuter o‘yinlari bilan tanishish.
Maqsad. O‘quvchilarga kompyuter haqida ma’lumot berish. Klaviatura va sichqoncha bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish. Sichqoncha bilan ishlash jarayonida Windows muhitiga ilk qadam qo‘yish: Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish, siljitish, o‘lchamlarini o‘zgartirish…) bajarish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan kompyuter o‘yinlari orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: kompyuterda ishlashda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish. Kompyuterning asosiy qurilmalarini va ularning vazifalarini bilish. Klaviaturadan foydalana olish ( katta va kichik harflarni, sonlarni, maxsus belgilarni kirita olish). Sichqonchadan foydalana olish. Kompyuterdagi kalkulyator dasturidan foydalana olish. Grafik muharrirda sodda rasmlar hosil qila olish. O‘quv pedagogik dastur vositalaridan foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish. O‘yin dasturlaridan foydalana olish.
Tahminiy o‘quv soatlari taqsimoti
-
5- sinflar uchun yillik taqvimiy reja (34 soat)
|
1.
| Kirish |
1
|
2.
|
Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablar (ko‘rgazmalar yordamida).
|
1
|
3.
|
Axborot tushunchasi, turlari va ko‘rinishlari haqida:
-
yoshlarning yuda va mahallada oladigan ma’lumotlari;
-
maktabda oladigan axborotlari;
-
tabiatni kuzatish jarayonida olinadigan axborotlar;
matbuot manbalari orqali olinadigan axborotlar
|
1
|
4.
|
Axborot bizning hayotimizda (misollar asosida)
-
sezgi organlarimiz orqali olingan ma’lumotlar;
-
matbuot orqali olgan ma’lumotlar;
-
tabiatni kuzatish orqali olingan ma’lumotlarning ahamiyati haqida mavzular yoritiladi
|
1
|
5.
|
Atrofimizdagi axborot (hayotiy misollar).
Axborotni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish, saqlash. Misollar,
- internet tizimi yordamida yoki ko‘rgazmalar orqali
|
1
|
6.
|
Axborotning turli ko‘rinishlari (rasmlar, matnlar, tovushlar)
|
2
|
7.
|
Axborot tashuvchi vositalar (rasmlar chizdirish)
|
1
|
8.
|
Axborotli jarayonlar: qabul qilish va saqlash. Misollar
|
1
|
9.
|
Axborotli jarayonlar: qayta ishlash va uzatish
|
1
|
10.
|
Axborot bizgacha qanday saqlangan . Misollar
|
1
|
11.
|
Kompyuter – bu nima?
|
1
|
12.
|
Kompyuter axborot bilan ishlash vositasi
|
1
|
13.
|
Kompyuter qurilmalari haqida dastlabki tushunchalar.
|
2
|
14.
|
Klaviatura bilan dastlabki tanishuv
|
2
|
15.
|
Windows muhitida ishlash:
- Sichqoncha bilan ishlash jarayonida Windows muhitiga ilk qadam qo‘yish
- Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish, siljitish, o‘lchamlarini o‘zgartirish…) bajarish.
|
3
|
16
|
Klaviatura trenajerida mashqlar
|
2
|
17.
|
Kompyuterda so‘z yasash o‘yinlari
|
2
|
18.
|
Kompyuterdagi kalkulyatorda foydalanib arifmetik amallar bajarish
|
2
|
19.
|
Paint grafik muharriri
- Grafik muharrirning vazifasi va imkoniyatlari
- Paint grafik muharriri yordamida sodda matematik shakllar tayyorlash
- Frafik muharrir yordamida turli rasm hosil qilish va tahrirlash:
- Rasm hosil qilishda “rang”lardan foydalanish
tabiyat manzarasini chizish;
|
5
1
1
1
1
1
|
20.
|
Kompyuter o‘yinlari haqida
|
1
|
21
|
Oraliq va yakuniy sinov
|
2
|
6-SINF
(Bir haftada 1 soatdan, jami 34 soat, bundan 3 soati nazorat uchun)
1. Kompyuter – axborotni qayta ishlovchi vosita
(10 soat, 1 soat nazorat)
Mazmun: Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablar. Grafik axborotni kompyuterda qayta ishlash. Grafik muharrir. Grafik muharrir menyusi. Rasm hosil qilish va tahrirlashning asosiy imkoniyatlari. Rasmlarni saqlash va o‘qish.
Maqsad: kompyuterdan amaliy faoliyatda foydalanish. Zamonaviy texnologiyadan foydalanib tadqiqotchilik va yaratuvchilik qobiliyatni shakllantirish.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar:
-
grafik muharrirning asosiy imkoniyatlari va vazifasini bilish;
-
matn muharrirning asosiy imkoniyatlari va vazifasini bilish;
-
rasmlarni istalgan qismini “qirqish” , “ulash”, “o‘chirish” amallaridan foydalana olish;
-
rasm hosil qilishda “rang”lardan foydalana olish;
-
rasmlarni kattalashtirish va kichiklashtirish;
-
rasmga matn kirita olish;
-
rasmlarni saqlash va o‘qish.
2. Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari (21 soat, 2 soat nazorat).
Mazmun: Matn muharriri va uning vazifalari. Matn ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so‘z, satr, abzas, matn, blok va hujjat haqida tushuncha. Hujjatlarni vujudga keltirish. Hujjatlarni tahrirlash. Hujjatlarda rasm va jadvallar. Hujjatlarga diagramma va grafiklarni joylashtirish. Hujjatda gipermurojaat. Matematik formulalar. Hujjatni chop etish.
Maqsad: O‘quvchilarga matn muharriri va uning vazifalari haqida ma’lumot berish. O‘quvchilarni matnlarni qayta ishlash texnologiyasi bilan tanishtirish.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: Matn muharriri va uning vazifalarini bilish. Matn muharriridan foydalana olish, belgi, so‘z, satr, abzas, matn, blok va hujjat haqida tushunchaga ega bo‘lish, hujjatlarni vujudga keltira olishlari, matnni terish, tahrirlash va bosib chiqarish, tayyor matnli faylni yozib qo‘yish yoki o‘qib olishni, matn ichiga zarur ob’yektlarni joylashtirishni uddalash. Matndagi belgilarning shrifti, rangi va ko‘rinishini o‘zgartira olish. Hujjatga matematik formulalarni joylashtira olish. Hujjatni chop etish usullarini bilish.
Tahminiy o‘quv soatlari taqsimoti
-
| Kirish |
|
1
|
Xavfsizlik texnikasi qoidalari va gigiyenik talablar (ko‘rgazmalar yordamida).
|
1
|
2
|
Grafik muharrirning vazifasi va imkoniyatlari
|
1
|
3
|
Paint grafik muharriri yordamida matematik shakllar tayyorlash
|
1
|
4
|
Grafik muharrir yordamida turli rasm hosil qilish va tahrirlash:
-
tabiyat manzarasini chizish;
-
rasmga matn kiritish;
-
matnni tahrirlash.
|
2
|
5
|
“Rang”lardan foydalanib turli rasm hosil qilish
|
2
|
6
|
Rasmlarni istalgan qismini “qirqish” , “ulash”, “o‘chirish” kabi amallarini bajarish va maktublar tayyorlash.
|
2
|
|
Oraliq nazorat
|
1
|
|
Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari
|
21
|
1
|
Matn muharriri.
|
1
|
2
|
Word matn protsessori
|
2
|
3
|
Hujjatlarning asosiy parametrlari
|
2
|
4
|
Hujjatlarni hosil qilish.
|
2
|
5
|
Hujjatlarni tahrir qilish
|
2
|
|
Nazorat ishi
|
1
|
6
|
Hujjatlarda rasmlar va jadvallar bilan ishlash.
|
3
|
7
|
Hujjatlarda diagramma va grafiklarni joylashtirish
|
2
|
8
|
Word Art dan foydalanish
|
2
|
9
|
Wordda gipermurojaat
|
2
|
10
|
Matnga matematik formulalarni yozish
|
2
|
11
|
Hujjatni turli shaklda chop etish
|
1
|
|
Nazorat ishi
|
1
|
|