• Bolalarning har xil faoliyat turlarida lug’at ishi
  • Bolalarning lug’atini aniqlash va mustahkamlash
  • Bolalarning lug’atini boyitish
  • Didaktika
  • Bolalar lug’atini faollashtirish




    Download 0,68 Mb.
    bet161/189
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #260946
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   189
    Bog'liq
    болалар нутқини ўстириш мажмуа

    Bolalar lug’atini faollashtirish. Tarbiyachi bolalarning lug’atini boyittiribgina qolmasdan, balki lug’atdagi so’zlardan o’rinli foydalanishga ham o’rgatib borishi, nutq orqali bayon etiladigan fikrlarini aniqroq ifoda olish ko’nikmasini hosil qildira olishi kerak. Bolalar lug’atini faollashtirish – bu bolalar tomonidan ma’nosini qniq tushungan holda foydalaniladigan so’zlar miqdorining ortib borishidir. Bolalarning kattalar bilan nutqiy muloqti ular lug’atini faollashtirishda qimmatli vosita bo’lib hisoblanadi.
    Bolalarning har xil faoliyat turlarida lug’at ishi - bolalarni tevarak-atrof va ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish, ularning lug’atini kengaytirish ta’lim jarayonidagina amalgam oshirilmay, balki bolalarning boshqa faoliyati turlarida ham amalgam oshiriladi. Bolalarning lug’atini boyitish va faollashtirishga maishiy faoliyatning (ovqatlanish, kiyinish hokazolar)imkoniyatlari ko’p.
    Bolalarning lug’atini aniqlash va mustahkamlash - bolalar lug’atidagi so’zlarni mustahkamlashga tarbiyachi alohida e’tibor berishi zarur. Bu vazifa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yosh individual xususiyatlarni hisobga olgan holda amalgam oshiriladi. Bog’cha yoshidagi bola lug’atida so’zlarning mustahkam o’rnashishi uchun uni ko’p marta takrorlash zarur. Bola xotirasida qiyinlik bilan mustahkamlanadigan murakkab so’zlarga quyidagilar kiradi: 1) umulashtiruvchi so’zlar: uy hayvonlari (ot, sigir, qo’y, echki, eshak); mebel (stul, stol, divan, xontaxta, javon); oyoq kiyimlar (tufli, patinka, shippak, kavush, kalish), idish-tovoqlar (likopcha, kosa va hokazolar; 2) mavhum so’zlar (jimjitlik, sarg’ish, tozalik, go’zallik); 3) sifatlarni bildiruvhci so’zlar (g’adir-budur, tip-tiniq, nordon, shaxarlik, temirdek) va hokazolar.
    Bolalarning lug’atini boyitish - bolalar lug’atini boyitish deganda, biz, ularni mustaqil o’zlashtirishlari uchun qiyin bo’lgan yangi so’zlar bilan muntazam tanishtirib borishni tushunamiz. Bolalar lug’atini boyitish ishi uch yo’nalishda olib borilishi mumkin: 1. Sekin-astalik bilan miqdori ortib boradigan buyumlar va hodisalar bilan tanishtirib boorish.2. Tevarak-atrofimizni o’rab turgan peredmetlar va hodisalarning nomini, sifatini, xususiyatlarini, ulaning o’zaro munosabatlarini bildiruvchi so’zlarni kiritish.3. Peredmetlarning belgilariga qarab farqlash va umumlashtirish asosida boshlang’ich tushunchalarni bildiruvchi so’zlarni kiritish. Lug’atni boyitish ishining uch yonalishi bo’yicha olib boriladigan ish hamma guruhlar uchun taaluqli bo’lib, farq mazmun jihatdan farq qiladi. Bola lug’atiga muomaladan chiqarilgan mahalliy shevaga oid so’zlarni kiritish yaramaydi.
    Davlat va jamiyat- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyor­lash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
    Didaktik tizim - (yunoncha «systema» - yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) - ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini bejgilash, ajratib ko‘rsatish.
    Didaktik o‘yin - o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlami modellashtirish asosida bolaning bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
    Didaktika – yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “o’rgatuvchi”, “ta’lim beruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Pedagogikaning tarmog’i hisoblanib, ta’lim nazariyasi bilan shug’ullanadi.

    Download 0,68 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   189




    Download 0,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar lug’atini faollashtirish

    Download 0,68 Mb.