|
Diologik nutqo’stirishning asosiymetodi bu ….?
|
bet | 189/189 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #260946 |
Bog'liq болалар нутқини ўстириш мажмуа65. Diologik nutqo’stirishning asosiymetodi bu ….?
A) Suxbat metodi
B) O’yin metodi
C) Amaliy metodi
D) Ko’rsatmali metodi
66. Ohang bu ….
A) Nutqning ritmik ohangdorligi, nutq talaffuzidagi ovozning yuqori, past o’rtacha bo’lishidir.?
B) Ovoz tempi
C) Diktsiya
D) Intonatsiya
67. Monologik nutqqaysiguruhdan boshlabo’rgatiladi?
A) O’rta guruhdan
B) Kichik guruhdan
C) Katta guruhdan
D) Tayyorlovdan
68. Tayyorlov guruhida mashxur sarkardalardan kimlarni bilish kerak?
A) A.Temur, J.Mangubedi, Z.M.Bobur
B) CHinizxon, Mo’g’ulxon
C) Kuntug’mish
D) Z.M.Bobur
69. Juda to’g’ri talaffuz qilish qoidasi …..?
A) Orfoepiya
B) Nutq
C) Sur’at
D) Temp
70. Bolani o’z tajribasidan hikoya tuzish qaysi guruhda boshlanadi?
A) O’rta
B) Katta
C) Kichik
D) Tayyorlov
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
“Tasdiqlayman”
Maktabgacha ta`lim metodikasi
kafedrasi mudiri N.Abdusamatova
_________“___”_____ 2022-yil
“BOLALARNI NUTQINI O’STIRISH”
fanidan
(60110200-bakalavr yo`nalishi talabalari uchun)
BAHOLASH MEZONLARINI QO’LLASH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR
Namangan – 2022
KREDITLARNI OLISH UCHUN TALABALAR
Fanga ajratilgan kreditlar talabalarga har bir semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat har semestrda bir marta yozma ish shaklida o’tkaziladi.
Talabalar semestrlar davomida fanga ajratilgan amaliy (seminar) mashg’ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy (seminar) mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Shuningdek, amaliy (seminar) mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestrlar yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha yozma ish shaklida o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
|
| |