• Multimedia mazmunidan kelib chiqqan holda multimedia tu- shunchasining quyidagi ta’rifini keltirish mumkin
  • Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi




    Download 0,68 Mb.
    bet157/189
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #260946
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   189
    Bog'liq
    болалар нутқини ўстириш мажмуа

    Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
    Multimedia atamasining lug‘viy ma’nosi (multim-mediur yoki multi-media) ikkita so‘z yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, multi- ko‘p, media-muhit ma’nosini anglatadi. Atama ilmiy va o‘quv adabi- yotlarida «ko‘p vositalilik», «multimediya muhiti» «ko‘p qatlamli muhit», «ma’lumot tashuvchi vosita» kabi talqin qilinib kelinmoqda7.
    Hozirgi davrda multimedia atamasi ko‘p qirrali bo‘lib, turli xil tu- shunchalami ifodalashga tatbiq etib kelinmoqda. Masalan, multime­dia texnologiyasi; multimedia mahsuloti; multimediali kompyuter; multimedia dasturi va boshqalar shular jumlasidandir.
    «Multimedia» tushunchasining adabiyotlarda yoritilgan bir nech- ta ta’rifini keltiramiz: «Multimedia - deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi»8, «Multimedia - bir vaqtning o‘zida turli ko‘rinishdagi axborotlardan: matn, grafika, tovush va boshqalardan foydalanishni ko‘zda tutgan foydalanuvehi interfeysining konsepsiyasi», «Multimedia bu infor- matikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida о ‘quv materiallarini о ‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir».
    Multimedia bu maxsus texnologiya bo‘lib, dasturiy va texnik moddiy ta’minot asosida kompyuterda bir vaqtning o‘zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyati- dir. Multimedia - tasvirli ma’lumot bilan ishlashga qodir bo‘lgan vosita hisoblanadi. Odatda, multimedia deganda. turli shakldagi ma’lumotlami qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Mul­timedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir va turli ani- matsiyalami mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy ax- borotlar texnologiyasidir.
    Multimedia mazmunidan kelib chiqqan holda multimedia tu- shunchasining quyidagi ta’rifini keltirish mumkin:
    Multimedia - bir nechta axborot turlarning kompyuterda ishlov berish natijasida hosl qilingan va bitta diskka jamlangan axborot yig‘indisidir. Multimedianing shakllanish bosqicblari uning asosiy texnik ta’minoti bo‘lgan kompyuterning rivojlanishi bilan bog‘liq. Multimediani tashkil etuvchi va ulaming rivojlanish bosqiehlari quyidagilardir:
    Mata shaklidagi tashkil etuvchisi. Dastlab odamlar yozuvlami toshga o‘yib yozganlar, qog‘oz ixtiro qilingach parranda pati, qalam va ruchkalardan foydalanib yozuv ishlarini amalga oshirganlar. Keyin- chalik yozuv mashinasi ixtiro etilgach, uzoq yillar mobaynida ular- dan foydalanib kelindi. Nihoyat, kompyuterlarda «Matn muharriri» dasturi o‘matilgaeh, yozuv ishlari kompyuterda bajariladigan bo‘ldi.
    1980-yildan boshlab esa kompakt disklarga yozish va undan foy­dalanish yo‘lga qo‘yildi, jumladan, 1982-yilda Polygram kompani- yasi Audio CD ni ishlab ehiqdi, SONY kompaniyasi esa, o‘sha yili standart yozuvlami CD disklarga yozishni tavsiya etdi. Natijada, SD disklarda yozish texnologiyasi rivojlanib ketdi. Ayni bir paytda mik- rofon yordamida nutq va musiqa yozish ham shakllandi.
    Video shaklidagi tashkil etuvchilarga videotasvirlar, grafikli tasvir- lar, ma’lumot grafiklari va hokazolar kiradi. Videotasvirlar dastlab mag- nit lentalarida yozilib, videomagnitofonlarda namoyish etila boshlandi, so‘ngra videotasvirlami yozish kompakt disklarda amalga oshirildi.
    Multimedianing animatsiya samarasi. Multimediani tashkil etuchi axborot turlaridan biri - axborotlarga animatsiya samarasini berishdir. Bu multiplikatsion filmlarda rassomning chizgan qator chizmalari va rasmlarini tez (bir daqiqada 24 kadr tezlikda) namoyish etilishi aso­sida sodir bo‘Iadi. hozirgi kunda multiplikatsion filmlar kompyuterda 3D. Flash dasturi asosida yaratilmoqda. Multimediada esa maxsus dasturlar (Power Point, Makromedia Flash, Swish, Adobe Prmiere, Media Player, CD Player) orqali amalga oshiriladi.
    1986-yilda Amida kompyuterida birinchi marta maxsus rolikda to­vush bilan birgalikdagi animatsiya effekti namoyish qilinib, multime­dianing shakllanishi nihoyasiga yetkazildi va bu yig‘ilishda to‘laqonli multimedia texnologiyasi yaratilgani e’tirof etildi. Shunday qilib, multimedia 1986-yil rasn iy ravishda yaratilgan deb hisoblanadi.
    Multimedia texnologiyisi. Dastlab ma’lum bir sohadagi texnologik jarayon mazmunini ko‘rib chiqamiz. Texnologik jarayon deganda biror bir xomashyo, material yoki axborotni ma’lum bir asbob-uskuna, vosita, qurilmalardan foydalanib, ularga ishlov berish, xossalami o‘zgartirish va qayta ishlash natijasida yaagi, sifatli mahsulot olish jarayoni tushuniladi.
    Demak, axborot texnologiyasi moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘xshash ma’lumotlar yoki boshlang‘ich axborotni yig‘ish, maTumotlami qayta ishlash, axborot olish, bu axborot asosida qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchiga uzatish jarayonidan iborat.
    Yakka tartibdagi axborotlar - nutq, matn, tasvir, grafika, musiqa va animatsiya samarali kompyuterda ishlov berilishi natijasida bitta diska joylashtiriladi va ushbu texnologik jarayon natijasida multime­diali axborot texnologiyasi shakllanadi.
    Multimedia texnologiyasining bir nechta ta’riflari mavjud. Jum- ladan, multimedia texnologiyasi - informatikaning dasturiy va texnika- viy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya sama­rali asosida o‘quv materiallami tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish- ning mujassamlashgan ko‘rinishidagi texnolgiyasidir. to‘la multimedia

    • atn, audio, video, tasvir, grafika, jadvallar va boshqa turlaming yig‘indisidan iborat. Shuni ta’kidlash kerakki, multimediali axborot shakllantirilishi uchun uning kamida uchta elementi qatnashishi shart. (nutq, tasvir va animatsiya). Masalan, radio eshittirishida beriladigan axborot yoki teleko‘rsatuvlarda ko‘rsatiladigan ovozsiz tasvirlar yoki tarbiyachi tomonidan an’anaviy metod (izohli-ko‘rgazmali, bo‘r-doska usuli) dan foydalanib o‘rganiladigan materiallaming bayon etilishi multimedia texnologiyasidan foydalanish bo‘la olmaydi9.

    Maktabgacha ta’lim muassasalarida kompyuterli o‘yin dasturlaridan foydalanish tarbiyalanuvchilarda bir qator ijobiy sifatlaming shakli mishi va mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi:

    • o‘z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish imkonini beradi;

    • mustaqil harakat qilishga zamin yaratadi;

    • muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi;

    • insonlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi;

    • o‘z-o‘zini nazorat qilishni shakllantiradi;

    • tarbiyalanuvchilarda obrazli tasawur va obrazli fikrlash

    rivojlanadi;

    • nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlar rivojlanadi.

    Kompyuterli o‘yin dasturlaridan tashqari, maktabgacha ta’lim muas­sasalari uchun kompyuterli nashrlar, shu jumladan ijodiy ishlanmalar, xayoliy sayohatlar va boshqa elektron axborot resurslari yaratilmoqdaki, ulardan foydalanish bugungi kunda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
    Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda ham axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanilmoqda. Buning uchun esa maktabgacha ta’lim muassasalarida elektron axborot resurslaridan samarali foydalangan holda elektron hujjat almashuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
    Bu faoliyatning samaradorligi tarbiyachi-pedagoglaming ta’lim- tarbiya jarayoniga shu texnologiyalami qo‘llashga doir bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi va amaliy ish tajribalariga ham bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida axborot - kommunikatsion texnologiyalaridanmukammal foydalanish uchun asosiy e’tibor, eng avvalo, talab qilinadigan sharoitni yara­tish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy elektron axborot va uslubiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilishi lozim. Bugun mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlami ijodiy o‘rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Mil­liy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi». Eng muhimi, bu ta’lim o‘z nohi- yatiga ko‘ra, o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘kqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Buning natijasida shaxs o‘z «men»ini anglay boshlaydi va boyitadi, tashqi dunyo bilan bo‘lgan aloe asida esa o‘zining ijtimoiy rolini topa oladi, yaratuvchilik qobiliyati shakllanadi. Zero, o‘z-o‘zini rivojlantirish ustida doimo ish olib boraoigan, yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash zamonaviy pedagogikaning ustuvor vazifalaridandir.
    Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayo­nida foydalanish bir vaqtning o‘zida bolalarning kompyuter savod- xonligi shakllanishiga ham olib keladi. Animatsiyali ma’lumotlaming insonga ta’siri katta bo‘lib, undan. MTTlari ta’lim-tarbiya jarayo­nida foydalanish bolalar diqqatini ko‘proq jalb qilish xususiyatiga ega. Multimediali ta’lim bir vaqtning o‘zida ham ko‘rish, ham eshi­tish orqali bilim olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada al- laqachon isbotlangan. MTT tarbiyalanuvchilari monitor ekranida namoyish etiladigan materiallami o‘rgana borsalar va kompyuterdan foydalanish bo‘yicha yetarlicha ko‘nikma hosil qilsalar, maktabda boshlang‘ich sinfda informatika fanini o‘rganishga, kelajakda esa akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtida kompyuterdan foydalana olish malakasiga to‘liq ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilaming kompyuterdan foydalanish jara­yonida mantiqiy tafakkurlari rivojlanadi, bilim olishga havaslari va ishtiyoqlari ortadi, dunyoqarashlari shakllanadi. Kompyuterli didak­tik o‘yinlaming pedagogik jihatlaridan biri ulaming ta’limiyligidir. Tarbiyalanuvchi o‘yin davomida bir vaqtning o‘zida ham o‘yinda ishtirok etadi, ham ma’lum bir darajada ta’lim oladi. Ayrim o‘yinlarda bilimlar mashqlar orqali namoyish qilinadi.
    Masalan: shakllami ustma-ust qo‘yish o‘yinida, birinchidan, o‘yin vazifasi bo‘yicha bola shakllami ustma-ust qo‘yish natijasida qanday shakl hosil bo‘lishini topsa, ikkinchidan, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha shakllar sonini sanab berishni, shakllar qanday ko‘rinishda ekanligini va ulaming nomlarini aytishni, ranglami ajratib berish vazifalarini bajaradi (ta’limiy jihati). Bundan tashqari, tarbiyalanuv­chi «sichqoncha»dan foydalanib kompyuterda ishlash malakasini ho­sil qiladi va kompyuter savodxonligini oshiradi.
    Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar tex- nologiyasidir. Uning ajra ib turavchi belgilariga quyidagilar kiradi:
    . Axborotning xilma-x 1 turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezak- lar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsu- lotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt-disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
    Multimedia vositalari asosida ta’lim-tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini maktabgacha yoshdagi bolalarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir10.
    Multimedia vositalari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish quyidagi afzalliklarga ega:

    1. berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;

    2. ta’lim-tarbiya olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;

    V) ta’lim-tarbiya olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni te- jash imkoniyaiiga erishish;
    G) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
    Demak, kompyuterli didaktik o'yinlar ta’lim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam qiladi. Kompyu­ter va uning ;otirasidagi ta’limiy o‘yinlar birgalikda, multimedia texnologiyasi ( compyuterli ta’lim)ning o‘yinlar bo‘yicha asosiy didak­tik vositasi hisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi o‘yinlardan tashqari, qo‘shimcha didaktik o‘yinlar tayyorlash mumkin.
    Media ta’limning asosiy mazmuni. Respublikamizning pedagogic olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda О‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ulami ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.
    Bu yerda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalami ilmiy-nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug‘ildi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qancha- dan-qancha bilimli kadrlami va yuqori malakali olimlami yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudki, ulaming eskirib, talabga ja­vob bermay qolgan joylarini o‘zgartirib, milliy tus berib, foydalana- versa bo‘lmaydimi? - degan mulohazalar ham kam emas. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati, aynan mana shu yo‘ldan bormoqda. Bu yo‘l ilojsizlikdan izlab topilgan bo‘lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki:

    • ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotdan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

    • an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so'zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «Axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;

    • fan-texnika taraqqiyotininig o‘rta rivojlanganligi natijasida ax- borotlaming keskin ko‘payib borayotganligi va ulami yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;

    • kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bolgan, aniq yakunga asoslang m texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;

    • yoshlami hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa majmuaviy yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qili hidadir11.

    Keyingi 10-yillar ichida yaratilgan, pedigogikaga bag‘ishlangan adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg'or pedagogik texnologiya». «Progressiv pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar ko‘p uchrab turgani bilan, ulaming o‘zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi hali tuzilmagan.

    Download 0,68 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   189




    Download 0,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi

    Download 0,68 Mb.