|
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
|
bet | 153/189 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #260946 |
Bog'liq болалар нутқини ўстириш мажмуаTavsiya etiladigan adabiyotlar:
F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
Jo‘rayev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
Shodiyeva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
Shodiyeva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish. -T., 2012.
Ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligida bolalarni tarbiyalash. Bugungi kunda farzandlarining ehtiyoj va intilish- lari asosida yuksak darajada ta’lim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko‘p.
Bola har qadamda, har daqiqada kattalardan ta’sirlanadi, o'rganadi, eshitgan ko‘rganlarini takrorlaydilar. Ota-onalaridan muloqotga kirish madaniyatini o‘rganadilar, bu narga keyinchalik ulaming hayoti mazmunini begilaydi. Ota-onalar bolalariga nutq madaniyatiga muvofiq nimani qanday gapirish mumkin, nimani aytmaslik kerakligini yaxshi biladilar.
Nutq madaniyati inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir.
Ota-onalar awalambor bolalarining nutq madaniyatini nazorat qilib borishlari, bolalari nutqiga jiddiy e’tibor berishlari, muloqotda nutq etiket qoidalariga rioya qilishlari, bola nutqini takomillashtirish- ni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari kerak.
Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jami- yat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalar- ning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik dara- jasiga bevosita bog‘liqdir.
Oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhitda shaxs kamolotida eng muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi.
Oilaviy munosabatlar farzandlaming aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlabgina qolmasdan, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yu- zaga keltiradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlaming yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishishlari uchun be- qiyos ahamiyatga egadir.
Ota-onalar o‘z ijtimoiy burchini bajarar ekanlar, farzandlaming mehnatga, uni tashkil etuvch larga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ulami ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, turli ko‘rinishdagi munosabatlarini me’yorlarga og‘ishmay rioya etish, sog‘lom turmush tarzin, yaratish, ko‘zda tutiladi.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma’naviy barkamol, ijtimoiy mehnat hamda oilaviy hayotga tayyor, nutq madaniyati shakl- langan, so‘zga boy shaxsni o‘sib ulg‘aytirib beradi. Ota-onalar bolalarining yetuk, barkamol va sog‘lom o‘sishlarida ulaming kundalik hayotiy rejimiga amal qilishlari nihoyatda muhimdir.
Oilada uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovor- dir. Odob-axloq mavzusida uyushtirilgan muloqotlar farzandlaming til vositalarini mustaqil tarzda qo‘llashlariga erishish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar farzandlaming kundalik faoliyatida, saym sayohatlarda samarali natija berishi shubhasizdir.
Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy talaffuz me’yorlariga binoan barcha tovush va so‘zlami aniq va tiniq talaffuz etib, so‘z boyligini rivojlantirmog‘i lozim. Bolalar shaxsini shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kam- chiliklar hali-hanuz oilalarda yetarli darajada emas. Ota-onalaming bolalarga beparvoliklari, so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat bermasliklari oilada bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalarning nutq madaniyatini shakllantirishda oiladagi katta-kichik- lar, tengdoshlari bilan qilinadigan muomalalari ko‘proq rol o‘ynaydi.
Farzandlaming o‘z harakatlari va xulqini boshqara bilishi diqqat, fikr va xotira sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Oila va oilada bola tarbiyasi doimo dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi. Tarbiya ishi qanchalik erta boshlansa, hosil ham shuncha erta ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda pedagoglaming vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Sog‘lom bola avvalo sog‘lom va mustahkam oilada dunyoga kelishi, muqaddas dargohda o‘sib, ulg‘ayib, tarbiyalanib voyaga yetishi hammaga ma’lum. i Oilada farzand tarbiyasida qo‘yilgan har bir xato va kamchilik insonning kela.agiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi va aksincha to‘g‘ri va • sogiom bola tarbiyasi kelajak poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
Bola tarbiyasi bilan shug'ullangan oilalaming bolalari ta’lim muas- * sasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan ko‘rsata oladilar. Oila va ta’lim muassasaslarining uzluksizligi bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivoj lantiradi, balki uni ma’naviy shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila va ta’lim muassasalari tomonidan bolalarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pandu nasihatlari ha- qiqat yo‘lida xizmat qilishga da’vat etishidan iborat bo‘lishi lozimdir.
Oila va maktabgacha ta’lim muassasalarining eng dolzarb vazifalari- dan biri sog‘lom bola tarbiyasi ekan, demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida hozirgi zamon talablariga mos ravishda, har tomonlama mu- kammal tarzda singdirilgan bilim, tarbiya yosh go‘dak qalbida, ongida muhrlanib qoladi. Bolalami jismonan barkamol etib tarbiyalash, yetuk, yuqori axloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasiga xos bo‘lsa, oilada ota-onalarimizning zimmasida sog‘lom nasi, sog‘lom
bola tarbiyasi mas’uliyati, bolalami sharqona uslubda tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni kundalik hayotga tatbiq etish, yoshlar qalbida Vatan- ga muhabbat ruhida tarbiyalash, imonu e’tiqod, insofu diyonat haqida ma’lumotlami to‘liq bilish bilan birga bolalardagi mehr oqibat, kattalarga bo‘lgan hurmat kabi xislatlami shakllantirish vazifalari turibdi.
Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, test- lar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlar vaqti- vaqti bilan o‘tkazilib turilsa, ayniqsa, maktab yoshidagi 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalaming ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‘ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekanligini anglab olishlariga yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshardi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozaralar bolalami maktabning ilk bosqichiga qadam qo‘yishlarini silliqlik bilan o‘tishida yordam beradi hamda sog'lom bola va mustahkam sog‘lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruh tarb yachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ulaming ota-onalari, boshlang'ich sinif o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
|
| |