|
O`quv-uslubiy majmua namangan 2022-2023 y Annotatsiya
|
bet | 149/189 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #260946 |
Bog'liq болалар нутқини ўстириш мажмуаHurmatli ota-onalar!
Hozir biz Sizning bolangiz maktabga chiqish arafasida hissiy tuyg‘ularingiz qay darajada ekanligini aniqlashga harakat qilamiz. Har bir stolda rangli kartochkalar qo‘yilgan. Sizning bolangizni maktab bo‘sag‘asiga qadam qo‘yishi munosabati bilan bog‘liq hayajo- ningiz darajasini ko‘rsatadigan rangni tanlang.
qora - kuchli;
ko‘k - me’yorida;
yashil - sezmayapman.
Maktabga baradigan va maktabga qatnayotgan bolalar ota-onala- rining hayajoni taqqoslanadi.
Qora rang ko‘targan bolaning ota-onasidan «Sizningcha, bu his- hayajon kimga yoki nimaga bog‘liq deb o‘ylaysiz?» deb so‘raladi.
Suhbatimiz aniq va ravshan bo'lishligi uchun har birimiz bu sabab kimga yoki nimaga bog‘liq ekanligini aniqlab olishimiz kerak.
Xulosa:
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishon:rli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan awal u qanday kiyinayotganini ko‘radilar va bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.
8-SEMINAR MASHG’ULOTI
Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o‘rni.Bolalarning nutq madaniyatini o‘sishida oilaning o‘rni.
Ta’limiy maqsad: Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o‘rni.Bolalarning nutq madaniyatini o‘sishida oilaning o‘rni qay darajada ekanligini o’rganish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o‘rni, bolalarning nutq madaniyatini o‘sishida oilaning o‘rni.
Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarning dunyoqarashi, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy qobilyatlarini va kasbiy qiziqishlarini o‘stirish.
Dars metodi: suhbat, “Aqliy hujum” metodi, savol-javob, muammoli vaziyat
Dars rejasi:
Bolalar nutq madaniyatining о ‘sishida oilaning о 'mi.
Ota-onalar va maktabgacha ta ’lim muassasalari hamkorlikda bolalarni tarbiyalash.
|
| |