|
O`quv-uslubiy majmua namangan 2022-2023 y Annotatsiya
|
bet | 147/189 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #260946 |
Bog'liq болалар нутқини ўстириш мажмуаJadvalni to‘ldiring
Savol
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ota-onalar bilan hamkorlikdagi ish mazmuni nimalardan iborat?
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
|
|
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashtiring
|
|
2-topshiriq. «Insert» usulidan foydalanib ishlash qoidasi
1. Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:
V – bilaman.
+ - men uchun yangi ma’lumot.
- men bilgan ma’lumotni inkor qiladi.
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot.
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
Mavzu savollari
|
V
|
-
|
+
|
?
|
Ota-onalar bilan о‘tkaziladidan pedagogik kengashning vazifalarini aytib bering?
|
|
|
|
|
Ota-onalar bilan ishlashda qanday ish shakllaridan foydalaniladi?
|
|
|
|
|
Ota-onalar burchagi va kо‘rgazma nima uchun tashkil etiladi?
|
|
|
|
|
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
Jo‘rayev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
Shodiyeva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
Shodiyeva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish. -T., 2012.
Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlar olib borilishi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:
bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni hi- moya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlaming mazmuni bilan tanishtirib borish;
ota-onalarga o‘z farzandlarining 'tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
ota-onalami bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka- lardan xabardor qilish (bolalaming yosh, anatomik-fiziologik va mhiy xususiyatlari, ulami oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbi- yalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi na- munalarini o‘rganish va ommalashtirish.
Bola maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan eng yaxshi fazilatlami oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlami esa maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llansa, istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlami ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quwatlash va shu asosida ota- onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qara- tishlari lozim.
Yuqoridagi ishlami rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlami o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar reja- sida aks etadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlami tarbiyachi - pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlami hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida ko‘proq nimalarga e’tibor berish kerakligi, ulami maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovcati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyal&r berib boradi.
Maktabgacha ta’lim .nuassasasining ota- onalar bilan ham- korlikdagi ishlar mazmuni.
Ta’lim muassasalari va oila o‘rtasida hamkorlik o‘matishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar biigalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foy- dalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalami maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish.
Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan ta- nishish, shuningdek, ota-onalami bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalami o‘rganib, ommalashtirishdir.
Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan awal o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini ol- dindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak.
Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-bir- larini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘matilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to:g‘risida (ota- onalaming fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida ma’lum tasawurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun awal ota-onalar- ning bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‘qib, hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan isl-ida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarb yachi har bir bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak. .
Ota-onalar bilan olib.boriladigan ishlaming mazmun? rang-barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qiunishi taqozo etiladi. Masalan: ,
bolalami tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming vazifasi, bolalami maktabga tayyorlash to‘g‘risidagi qonunlar;
maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to‘g‘risida;
ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.
Bu masalalami jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalar- ning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota- onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.
Ota-onalar majlisi. Ota-onalar majlisiga maktabgacha ta’lim muas- sasasidagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota- onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Umumiy majlisda ota-onalami maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalami har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yil- gi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist- tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapi- rishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklami aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalaming o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda maktabgacha ta’lim muassasasiga qiziqish uyg‘onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota- onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.
Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya be- rishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta guruhda o‘tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda ta’lim muassasalari va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash» va hokazo bo‘iishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani, bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘risidagi misollardan foydalan- ganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak. salbiy faktlami gapi- rishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qi- linuvchilaming nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazili- shi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklami bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida o‘tkaziladigan gumh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisobot beradilar va faollaming yangi tarkibi saylanadi.
Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar bur- chagi ulami tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jumallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaming uyidagi va oila- dagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlami targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, kon- sultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagram- malar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalaming ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ish- ning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalami qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi.
Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kunining tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kur larda ota-onalarga bolalaming mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin . faoliyatlari, sayrlar va bolalaming jamoada o‘zlarini qanday tutush- lari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.
Ota-onalar qo‘mitasi. Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim muassat asining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun tuziladi, U ota-onalaming umumiy majlisida bir yil muddatga sayla- nadi. Bi qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil sayla- nadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lii muas- sasasining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalami tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.
Ota-onalar qo‘mitasi bolalaming ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi o‘zlarini qiziqtimvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hiso- botni eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasasida saqlanadi.
Munozara shaklidagi ota-onalar bilan o‘tkaziladigan pedagogik kengash.
Maqsad: Ota-onalarga bolalarining maktabning ilk bosqichiga moslashuvini silliqlik bilan o‘tishida yordam berish. Bolalami maktabga tayyorlashda ota-onalaming vaziyatlarini aniqlash.
Ishtirokchilar:
maktabgacha ta’lim muassasasi metodisti;
katta guruh tarbiyachilari;
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ota-onaiari;
1-sinf o‘quvchilarining ota-onalari.
|
| |