|
O’quv uslubiy majmua
|
bet | 5/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaUmumiy qoidalar.
Ta’lim tizimi va turlari.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish.
Ta’lim tizimini boshqarish.
Yakunlovchi qoidalar.
Umumiy qoidalar: Bu bo‘limda mazkur qonunning maqsadi, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomaga amal qilish yo‘llari, davlat siyosatining ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillari prinsiplari), ma’lumot olish huquqlari, pedagogik faoliyat yuritish huquqi, ta’limiy muassasalarning huquqiy maqomlari, davlatning ta’lim to‘g‘risidagi standartlari va ta’limni qanday tilda olish kabi holatlar ko‘rsatilgan.
2. Ta’lim tizimi va turlari: O‘zbekistonda ta’lim tizimi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi. Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, ilmiy pedagogik muassasalar va boshqarish tashkilotlari hamda ularning joylardagi bo‘linmalaridan iborat bo‘ladi.
- O‘zbekistonda ta’lim tizimi yaxlit va uzluksizdir.
- Ta’limning quyidagi turlari mavjud:
- maktabgacha ta’lim: (6-7 yoshgacha);
- umumiy o‘rta ta’lim: (boshlang‘ich 1-4,o‘rta umumiy1-9 sinf);
- o‘rta maxsus kasb ta’limi: (3 yillik akademik litsey, kasb hunar kolleji);
- oliy ta’lim (bakalavr 4 yil, magistratura-2 yil );
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura, doktarantura, ad’yunktura, ilmiy tadqiqotchi);
-kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta’lim.( yoshlar ijodiy saroylari, uylari, klublar, markazlar, jismoniy tarbiya va sport maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish oromgohlari); Bulardan tashqari oila ta’limi va mustaqil ta’lim shakllari ham davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarini bitirganlar uchun davlat tartibidagi hujjatlar beriladi. (guvohnoma, diplom, sertifikat, yorliq)
3. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoyalash:
O‘quvchilarni ijtimoiy himoyalash maqsadida imtiyozlarini belgilovchi maxsus qonuniy hujjatlar bilan bir qatorda, nafaqa, yotoqxonalar berish mo‘ljallangan.
Ta’lim sohasidagi xizmatchilar quyidagicha himoyalanadi:
Qisqartirilgan ish vaqti, o‘quv yili so‘ngida uzaytirilgan mehnat ta’tili, qonun asosidagi imtiyozlar (yenergiya vositalariga 50% haq to‘lash, turar joylarni xususiylashtirish va h.k.) xizmatchini rag‘batlantirish uchun imkoniyat darajasida qo‘shimcha ish haqi to‘lash mumkin.
Yetim va qarovsiz qolgan bolalar to‘la davlat hisobidan ta’lim tarbiya olish huquqiga egadirlar.
Jismoniy va ruhiy kamoloti izdan chiqqan yoshlarni tarbiyalash uchun maxsus o‘quv muassasalari tashkil yetiladi. Ularga qabul qilish va qaytarish maxsus ruhiy tibbiy pedagogik komissiya tomonidan yo‘lga qo‘yiladi. Maxsus o‘quv muassasalari qisman yoki to‘la davlat ta’minotida bo‘ladi.
4.Ta’lim tizimini boshqarish: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi ta’lim sohasidagi yaxlit davlat siyosatini amalga oshiradi. Ta’limga rahbarlik qiluvchi davlat tashkilotlarini boshqaradi. Ta’limni rivojlantirishning dasturlarini ishlab chiqadi va amalga tatbiq etadi. Ta’lim muassasalarini ochish, o‘zgartirish va yopishning tartibini ishlab chiqadi va bajaradi.
5.Yakuniy qoidalar: Ota-onalar yoki qonun bo‘yicha vakillarining vazifalari ta’limni mablag‘ bilan ta’minlash respublika va mahalliy budjet (sarmoya) hamda budjetdan tashqari jamg‘armalar asosida bo‘ladi. Ta’limni taraqqiy ettirish fondi ixtiyoriy to‘lovlar aro (yuridik va jismoniy shaxslarning) asosida bo‘ladi. Ta’lim muassasalari xalqaro hamkorlik imkoniyatlariga ega bo‘lib, to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’limiy muammolarni hal etish bo‘yicha aloqalar o‘rnatish mumkin. Qonunga mos holda birgalikda muassasalar ochish huquqi berilgan. Ta’lim qonunini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.
|
| |