|
O’quv uslubiy majmua
|
bet | 4/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogikaDasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish , rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Ya’ni:
- O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish ;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet yel investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ;
kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1 - chaqiriq 9 sessiyasida 1997 yil 29 avgustida tasdiqlangan qonun 5 bo‘lim, 34 moddadan iborat.
|
| |