• Windows operatsion sistemasi 9-sinf
  • Matin holatida ekran bilan ishlash Chiziqli dasturlar tuzish
  • O’tish va tarmoqlanish operatorlari.
  • Fayl - biror nomga ega bo‘lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan baytlar majmuidir.
  • Masalalar paneli ( Панел задач )
  • O’quv yillarining II chorakida informatika fanidan 8-9 sinflarda aniqlangan bo’shliqlar bo’yicha mavzular




    Download 0,84 Mb.
    bet1/2
    Sana07.04.2020
    Hajmi0,84 Mb.
    #10206
      1   2

    Chirchiq shahar XTMFMT va TEB ga qarashli 11-sonli umumta’lim maktabining informatika fan o’qituchisi Sadirdinov A.B.

    II-chorakda INFORMATIKA fanidan aniqlangangan bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha METODIK TAVSIYA



    2016-2017 o’quv yillarining II chorakida informatika fanidan 8-9 sinflarda aniqlangan bo’shliqlar bo’yicha mavzular.

    Sinf

    O’quvchilarbilimida aniqlangan bo’shliqlar mavzulari

    8-sinf

    Operatsion sistema tushunchasi




    Fayl va kataloglar




    Windows operatsion sistemasi

    9-sinf

    O’zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarishoperatorlari




    Matin holatida ekran bilan ishlash




    Chiziqli dasturlar tuzish




    O’tish va tarmoqlanish operatorlari.







    Operatsion sistema tushunchasi. Ko’pincha operatsion sistemaga ikki xil ta’rif berishadi: “kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar majmui” va “kompyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlar majmui”. Lekin, dasturiy ta’minotni asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadigan operatsion sistema tushunchasiga to’liq ta’rif berish qiyin. Chunki, bir tomondan, sistema so‘zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo‘llaniladi va turlicha talqin qilinadi; operatsiya so‘zi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimada “amal” degan ma’noni anglatsa-da, uning tub mohiyatini bu birgina so‘z bilan aniq tavsiflab bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, operatsion sistema faqatgina kompyuter qurilmalari va dasturlarini boshqaruvchi dasturlar majmui emas, balki unga boshqa talablar ham qo’yilishi mumkin.

    U holda foydalanuvchi operatsion sistemani qanday tushunishi kerak?

    Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuv­chi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta’minlaydi va u operatsion sistema (qisqacha OS) deb yuritiladi.

    Odatda, operatsion sistema tashqi xotira – diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi.

    Operatsion sistemani qiyosiy misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Kompyuter operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim imtiyozlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, televizor ko’rmoqchi bo‘lsangiz, quvvat tugmasini bosishingiz, suv tarmog‘idan suv olmoqchi bo‘lsangiz esa jo‘mrakni burashingiz yetarli. Odatda, elektr qanday hosil qilindi yoki nima uchun televizordan qo’shiq taralmoqda, toza suv qayerdan va qanday oqib kelmoqda kabi savollar bilan boshingizni qotirib o’tirmaysiz. Agar keng ko‘lamdagi xizmat ko‘rsatish tarmoqlari majmui, qurilmalari va xizmatchilari bo’lmaganda edi, sizga bu resurslarni (mi­solimizda suv, elektr toki va televizion texnologiya) olish uchun ko‘pdan-ko‘p ishlarni bajarish lozim bo‘lar edi. Masalan, katta orolda yolg‘iz qolgan kishi suv olishi uchun o‘zi quduq qazishi; o‘tin yoki qurilish uchun lozim bo‘lgan yog‘och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo‘nishi; oziq-ovqat uchun o‘zi bug‘doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo‘ladi.

    Dastlabki EHMlar ishlab chiqarilgan davrda oddiy arifmetik amalni bajarish uchun ham katta hajmdagi ishlar bajarilar edi (ifodada ishtirok etgan har bir ma’lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan hamda natija yoziladigan barcha adreslarni ko’rsatish, javobni qanday olishni aniqlashtirish va boshqalar talab etilar edi, chunki ular dasturda ko‘rsatilishi zarur edi-da). Bu kabi ishlarni osonroq hal etish uchun turli xil yordamchi dasturlar ishlab chiqildi, ishlab chiqilgan dasturlarni tartib bilan bajarishni ko’rsatish uchun yana qo’shimcha dasturlar ishlab chiqildi. Keyinchalik turli foydalanuvchiga kerakli turli dasturlarni tanlash va boshqarish uchun yana yordamchi dasturlar ishlab chiqildi. Shu kabi yillar davomida ishlab dasturchilar yagona nom bilan birlashtrilgan, ya’ni operatsion sistema deb atalgan, dasturlar majmuini ishlab chiqishdi.



    Fayl - biror nomga ega bo‘lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan baytlar majmuidir. Fayl sistemasi esa biror axborot saqlovchi vositada ma’lumotlarni joylashtirishni tashkil etish vositasidir. Bundan kelib chiqadiki, fayl sistemasi ma’lumotlarni tashqi xotiraning qaysi joyiga va qanday usulda yozilishini belgilar ekan. Fayl sistemalariga misol qilib FAT32 yoki NTFS ni aytish mumkin.

    Operatsion sistema nuqtai-nazaridan axborot saqlovchi vosita klasterlardan iboratdir. Klaster – fayl sistemasi bilan bog’liq bo’lgan mantiqiy tushuncha bo’lib, u axborot saqlovchi vositaning axborot saqlash mumkin bo’lgan eng kichik bo’lagidir (masalan, 1 klaster=512 bayt). Fayl sistemasi dasturlari faylni klasterlar to’plami sifatida tashkillashtiradi. Bu dasturlar qaysi klaster bandligini, qaysi klaster bo’shligini va qaysi klasterlar “xato” nishoni bilan belgilanganini nazorat qilib turadi. Faraz qilaylik, Navro’z.doc MS Word dasturida tayyorlangan hujjat bo’lib, Hujjat katalogi-ning Nafosat katalogida joylashgan bo’lsin. Agar fayl C diskda bo’lsa, u holda mazkur Navro’z.doc fayli quyidagicha topiladi:

    C: - C diskning bosh katalogi;

    Hujjat – bosh katalogning katalog osti;



    Nafosat – Hujjat katalog ostining katalog osti;

    Navro’z.doc – izlangan fayl.

    Izlangan faylga borish uchun yozilgan katologlar ketma-ketligi faylga borish yo’li deyiladi. Yo’lni ko’rsatishda “\” (slesh) belgisidan foydalaniladi.

    Demak, yuqoridagi faylga borish yo’li: C:\Hujjat\Nafosat kabi bo’ladi. Faylning to’liq nomi deganda, faylga borish yo’li va uning nomini birgalikda yozish, ya’ni misolda C:\HUJJAT\NAFOSAT\NAVRO’Z.DOC tushuniladi.

    Har bir diskda albatta bosh katalog bo‘ladi. Unda fayllar va kataloglar (1-pog‘ona kataloglari) joylashadi. 1-pog‘ona kataloglarida fayllar va 2-pog‘ona kataloglari joylashadi; 2-pog‘ona katalogida fayllar va 3-pog‘ona katalogi joylashadi va h.k. Shu tariqa diskda kataloglarning pog‘onali (iyerarxik, ya’ni shajaraviy) tu­zilmasi hosil bo‘ladi:


    Ayni vaqtda, ish olib borilayotgan katalog joriy katalog deyiladi. Biror faylga operatsion sistema buyrug‘i qo‘llanilsa, sistema bu faylni joriy katalogdan izlaydi.
    WINDOWS operatsion sistemasi bilan ishlaganda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

    piktogramma – obyektni aniqlovchi tasviri, uning yordamida obyektlar bilan ishlanadi;

    fayl belgisi – faylni ko’rsatuvchi fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi;

    yorliq – istalgan katalogga joylashtirish mumkin bo’lgan fayl va papkaga tez murojaat qilish uchun foydalaniladigan belgi turi bo’lib, ular biror obyektni ishga tushiradi va qanday obyekt ekanligini ifodalaydi;

    papka (katalog) - WINDOWS obyektlarini birlashtiruvchi element bo’lib, unda fayllar va yana ichki joylashtirilgan papkalar bo’lishi mumkin.

    papka oynasi - ochilgan papkani ko’rinishi.

    Мой компьютер (Mening kompyuterim) sistema katalogi.

    savatcha - o‘chirilgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun xizmat qiladi.

    sichqoncha - grafik operatsion sistemadagi obyektlarni boshqarish qurilmasi. Sichqoncha chap va o’ng tugmachalari, qo’shimcha tugma yoki g’ildirakchadan iborat bo’lishi mumkin. Agar sichqonchani maxsus gilamchada harakatlantirilsa, u holda elektr signallari monitor oynasidagi sichqoncha ko’rsatkichini harakatga keltiradi va natijada bir joydan boshqa joyga o’tkaziladi. Sichqoncha ko’rsatkichi ham obyekt bo’lib, u shakli bilan aniqlanadi. Ko’rsatkich shakli yo’naltirilgan obyektga qarab o’zgaradi. Uning bu xususiyatiga kontekstli sezuvchanlik deyiladi. Biror bir obyekt yoki operatsion sistema elementidan foydalanish uchun ko’rsatkichni shu obyektga yo’naltiriladi va sichqoncha tugmachasini (odatda, asosiy hisoblangan chap tugmachani) bir yoki qisqa vaqt ichida ikki marta bosiladi. Natijada mo’ljallangan obyekt ishga tushiriladi. Ko’rsatkichni obyekt ustiga keltirilib biroz kutilsa, obyekt haqida qisqa xabar paydo bo’ladi.

    Masalalar paneli (Панел задач) – ish stolining quyi qismida joylashgan panel bo’lib, u asosan joriy vaqtda ishlayotgan dasturlar haqida ma’lumot berish va ularni boshqarish uchun xizmat qiladi.. Bu panelning chap tomonida Пуск tugmasi, keyin esa tezda ishga tushiriladigan dasturlarning piktogrammalari joylashadi. O’ng tomonida esa kompyuter ishga tushganidan boshlab ishlay boshlaydigan va, asosan, turli xizmat ko’rsatuvchi dasturlarning piktogrammalari joylashgan bo’ladi.

    (Start, ya’ni Boshlash) tugmasi - bosilganda ekranda Bosh menyu aks etadi. Bosh menyuda Windowsda ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha imkoniyatlar mujassamlangan.

    yo’lboshlovchi (проводник) - operatsion sistemaning fayl tuzilishini ko’rib chiqish, fayllar, disklar va tarmoqlar ulanishini boshqarish vositasi.



    Windowsga kirish. Kompyuterni Power tugmasi ishga tushirilishi bilanoq Windows operatsion sistemasi tezkor xotiraga yuklanadi va ekranda Windowsning ish stoli aks etadi.

    Windowsdan chiqish. Windowsdan chiqish uchun sichqonchaning ko’rsatkichi Boshlash tugmasi ustiga keltirilib chap tugmasi bosiladi. Ochilgan Bosh menyudan buyrug’i ustiga olib kelib, chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada ekranga:

    Kutish holati, O’chirish, Qayta yuklanish takliflari turli ko’rinishlarda ifodalangan oyna chiqadi. Ushbu takliflardan keraklisiga sichqonchaning ko’rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosiladi. Sichqonchadan foydalanish o’rniga ALT+F4 tezkor klavishlarini bosib ekranga yuqoridagi oynani chaqarish mumkin. Yo’nalish klavishlari orqali ulardan keraklisi tanlanadi va ENTER klavishi bosiladi.

    Paskal dasturlash tili, odatda, tavsiflangan o’zgaruvchilar uchun xotiradan joy ajratib, turiga mos boshlang’ich qiymatlarni yozib qo’yadi:



    O’zgaruvchi turi

    Boshlang’ich qiymat

    O’zgaruvchi turi

    Boshlang’ich qiymat

    barcha butun sonli

    0

    barcha haqiqiy sonli

    0.0000000000e+00

    char

    ‘ ‘ (probel)

    boolean

    FALSE

    string

    ‘‘ (bo’sh satr)

    string[7]

    ‘‘ (bo’sh satr)

    O‘zlashtirish operatori. O‘zlashtirish operatori o‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun ishlatiladi. U := belgi orqali ifodalanadi. O‘zlashtirish operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

    := <algebraik ifoda>;

    Bu operator bajarilganda quyidagicha ishlar bajariladi:

    1) algebraik ifoda qiymati hisoblanadi;

    2) algebraik ifodaning qiymati o‘zgaruvchiga o’zlashtiriladi, ya’ni xotiraning o‘zgaruvchi uchun ajratilgan qismiga (o‘zgaruvchining “eski” qiymati o’chib ketadi) ifodaning qiymati yoziladi.



    1–misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida a nomli o‘zgaruvchining qiymati 22 soniga teng bo‘ladi.

    var a: integer;

    begin

    a := 22;


    end.




    2–misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida meva nomli satrli o‘zgaruvchining qiymati “olma” so‘ziga teng bo‘ladi.

    var


    meva : string;

    begin


    meva := ‘olma‘;

    end.


    3–misol. Bu misolda a va b o’zgaruvchilarning qiymati qanday o’zgarishi yaqqol ko’rinadi.

    var a,b,m: integer;

    begin

    a := 8; {a ning qiymati 8 ga teng bo‘ldi}



    b := a*5; {b ning qiymati a*5=8*5= 40 ga teng bo‘ldi}

    b := b+10; {endi b ning qiymati b+10= 40+10= 50 ga teng bo‘ladi}

    m:=m*b; {m ning boshlang’ich qiymati berilmagani uchun 0 deb olinadi, demak, m ning qiymati 0*50=0 ga teng bo‘ladi}

    end.


    Yuqoridagi misollarda o‘zgaruvchilar turli qiymatlarni o’zlashtirdi. Ammo biz ularning natijasini ko‘rmadik. Chunki ular kompyuter xotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydi. Ma’limotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operatori quyidagi ikki xil ko‘rinishga ega:

    Write(chiqarish ro‘yxati)


    va

    WriteLn(chiqarish ro‘yxati)


    Download 0,84 Mb.
      1   2




    Download 0,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv yillarining II chorakida informatika fanidan 8-9 sinflarda aniqlangan bo’shliqlar bo’yicha mavzular

    Download 0,84 Mb.