|
O‘quvchilar uchun adobe photoshop dasturini o‘rgatuvchi video darslar yaratish texnologiyasi
|
bet | 5/13 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 5,46 Mb. | | #153054 |
Weeny Free Video Recorder
|
Weeny Software
|
English
|
Windows XP va yangi verdiyalari
|
PremierPro
|
Adobe
|
Ko‘p tilli, va. русский
|
Windows XP va yangi verdiyalari
|
Camtasia Studio
|
TechSmith Corporation
|
English
|
Windows XP va yangi verdiyalari
|
Movavi Screen Capture Studio
|
MOVAVI
|
Ko‘p tilli, va. русский
|
Windows XP va yangi verdiyalari
|
Bandicam
|
Bandisoft
|
Ko‘p tilli, va. русский
|
Windows XP va yangi verdiyalari
|
CamtasiaStudio video darslar tayyorlash uchun qulay dasturiy vosita
Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni yozib olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, vebkameralar orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar berish, to‘g‘rilash, ravshanlik, ularning o‘lchamlarini almashtirish, kerakli formatlarda saqlash va boshqalar. Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va boshqa shunga o‘xshash kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar yaratish uchun mo‘ljallangan. Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud.
CamtasiaStudio video darslar tayyorlash uchun qulay dasturiy vosita
1. Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni, mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish. Bu jarayonni mikrafon hamda quloqchin bir juftligida foydalansangiz yanada qulayroq ekan.
2. Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish. Bu jarayon ekranni video tasvirga olib bo‘lganimizdan so‘ng yanada samarali ekan.
3. Videoyo‘laklarni kesib olish, birlashtirish, o‘chirish va qo‘shish. Bunga esa so‘z bo‘lishi mumkin emas. Dastur shu darajada qulayki buni foydalanmay turib aytib berish juda qiyin.
4. Audio yozuvlar qo‘yish va tahrirlash. Bunda siz videoga olish jarayonida yozilgan ovozning o‘rniga boshqa yangi ovoz qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
|
| |