1
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion
texnologiyalar va tizimlar fanidan
Mustaqil ish
Guruh: MBDA-76
Bajardi: Eshmuminov N
Qabul qildi: Bekmurodov U
Toshkent – 2023
2
KATTA MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH
TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1. Katta hajmli maʼlumot va katta maʼlumotlarning tasnifi.
2. Big data va
tahlil qilishning asosiy usullari
.
3. “Deep learning” va Sunniy neyron tarmoqlari.
3
Katta hajmli maʼlumot va katta maʼlumotlarning tasnifi
Katta hajmli maʼlumot (inglizcha:
Big data) —
katta hajmdagi
ma´lumotlarga nisbatan qo´llanadigan termin hisoblanadi(odatda terabayt,
ekzabayt va petabaytlar darajasida). Ushbu ma´lumotlarni
amaldagi va yangi
yaratilayotgan texnologiyalar yordamida to´plash,
taqsimlash
, o´zgartirishlar
kiritish,
tahlil qilish
, saqlash va vizual shaklda tasvirlash imkoni bo´lishi kerak.
Ma´lumotlar miqdorining tez o´sishiga so´nggi yillarda kuzatilayotgan texnologik
taraqqiyot va buning natijasi hisoblanmish mashina tomonidan yaratilayotgan
ma´lumotlarning ko´payib borishi sababchidir.
RFID-texnologiyasining keng
tarqalishi, elektron transaksiyalarning moliya sohasida keng qo´llanilishi, ilmiy-
tadqiqot muassasalarining to´plagan
natijalari
, web-texnologiyalarining keng
tarqalishi, telekommunikasion tizimlardagi protokollar shular jumlasidandir. Big
Data aslida ilmiy-tadqiqotga aloqador sohalarda avvaldan ham mavjud bo´lgan
bo´lsa-da, lekin so´nggi yillardagina ushbu fenomen ko´proq tilga olinadigan
bo´ldi.
Buning sababi shundaki
, katta miqdordagi ma´lumotlarni tahlil qilish endi
iqtisodiy tashkilotlar tomonidan ham keng qo´llanila
boshlanishi va buning
oqibatida ma´lumotlar tahlilining raqobatbardoshlikni oshirish va samaradorlikni
kuchaytirish kabi muhim masalasarda asosiy o´rinni egallaganidir.
Big Data
odatiy Bosh Informasion Mutaxassis (Chief Information Officer - CIO) uchun
qo´shimcha vazifalar va
talablar yaratishdan tashqari, yangi Ma´lumot
Boshqaruvchisi (Data Steward) va Ma´lumot bo´yicha mutaxassis (Data Scientist)
kabi
kasblarning
paydo
bo´lishiga
olib
keldi.
Dunyoda raqamlangan ma'lumotlar hajmi #ekponent bo'yicha o'sib bormoqda.
IBS kompaniyasining ma'lumotlariga
qaraganda
, 2003-yilda 5 eksabayt(1
eksabayt - 1 milliard gigabayt) ma'lumot yig'ilgan ekan. 2008-yilda u 0.18
zettabayt(1 zettabayt = 1024 eksabayt) gacha, 2011-yilga kelib 1.76 zettabayt,
2013-yilda 4.4 zettabaytgacha yetibdi. 2015-yilning mayida dunyoda yig'ilgan
raqamlanga ma'lumotlar hajmi 6.5 zettabaytdan oshib ketibdi. 2020-yilga
kelib
insoniyat
40-44
zettabayt
raqamli
ma'lumot
hosil
qilar
ekan.