|
Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash
|
bet | 13/14 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 338,74 Kb. | | #148028 |
Bog'liq 2.“OʻQUVCHILARGA DURADGORLIKDA ISHLATILADIGAN YELIMLAR ULARNI ISHGA TAYYORLASH” MAVZUSINI OʻQITISH METODIKASI.Dispersion yelimlar. Vinilatsetat polimerlari hamda ularning hosilalari, kauchuk latekslari asosli yelimlash dispersiyalari eng ko‘p tarqalgan. Polivinilatsegat dispersiyasi (polivinilatsetat emulsiyasi) vinilatsetatning suvda polivinil spirti ishtirokida polimerlanish mahsulidir. Polivinilatsetat dispersiyaning (ГОСТ 18992–93) past qovushoq (Н), o‘rtacha qovushoq (С) va yuqori qovushoq (В) xillari ishlab chiqariladi. Uni plastifikatsiyalanmagan va plastifikatsiyalangan dibutilftalat (ДБ) yoki dibutilsebatsianat (ДС) dan tayyorlanadi. Polivinilatsetat dispersiya shipli birikmalarni yelimlab yopishtirishda, qog‘oz asosli plyonkalar va dekorativ qog‘oz qatlamli plastiklar, matolardan iborat pardozlash qatlamlarini yopishtirishda, penoplastlarni yog‘och detallarga yopishtirishda ishlatiladi. ГИРК-141 yelimi (ТУ 6-05-251–92) S-135 markali dispersiya asosida tayyorlanadi (ТУ 6-10-1079–90). U vinilatsetatning dibutilmaleot bilan qo‘shma polimerlanishidan hosil bo‘ladi. Bu yelim panellarni ПВХ plyonkasi bilan pardozlashga mo‘ljallangan.
Suyuqlanuvchan yelimlar. Suyuqlanuvchan yelimlar (ТУ 13-117–92) termoplastik yelimlar bo‘lib, temperatura ko‘tarilgaida oquvchan va uy temperaturasida qattiq holatda bo‘ladi. Ulardan qirralarni, shponlarning shit elementlarini hamda qog‘oz qatlamli plastiklar bilan o‘tib yurish joylarini pardozlashda foydalaniladi. Suyuqlanuvchan yelim tarkibida eritgichlar bo‘lmaydi. Bu yelimlar yelimlanadigan sirtlarga qaynoq holatda surkaladi, 6u vaqtda uning temperaturasi 170–190°С bo‘lgani uchun sirt teshikchalariga yaxshi singib, juda yaxshi agdeziyalanib, tekis surkaladi.
Bu yelimning qotish muddati 3–5 sekund. Saqlash muddati 12 oya. Eruvchan yelim rangiga qarab ikki modifikatsiyada ishlab chiqariladi: A –mebelni och tusli qilib pardozlash uchun, B – mebelni to‘q tusli qilib pardozlash uchun. Etilen va vinilatsetat qo‘shma polimeri – suyuqlanuvchan yelimning asosi bo‘lib, unga agdeziya xossasini, isitilganda juda oquvchanlikni va soviganda mustahkamlikni ta’minlaydi. Kumaron smolasi bilaya kanifol modifikatorlar hisoblanadi. Ular suyuqlanuvchan yelimning ho‘llash xossasini oshirish bilan uning agdeziyasini kuchaytiradi, qovushoqligini kerakligicha kamaytiradi. To‘ldirtichlar yelim chokini qotiradi, suyuqlanuvchan yelimning issiqlikka chidamliligini yaxshilaydi, uning narxini kamaytiradi. КН-54 (ТУ В-215-75) yelim ip shponli polosalarni qovurg‘ali qilib yelimlashda hamda teksturali qog‘oz plyonkalarni to‘la formatli listlarga yopishtirishda ishlatiladi. Elim ip shisha ipga bir tekis qilib surkalgan termoplastik qoplamadan iborat. Qovurg‘alarni yelimlash jarayonida yelim ip poliamid smolasi bilan erish temperaturasigacha qizdiriladi. Ip maxsus qurilma bilan list sirtiga qo‘yiladi va ustidan sovuq rolik yurgiziladi. Bunda erigan yelim qotadi va yelim ip material polosasini mahkam qilib yopishtiradi.
Asrlar davomida shunday bo‘lib kelgan, yog‘ochga ishlov berish sanoatiga asosan otasining izidan o‘g‘illar kirib kelishgan. Hozirda bu qonuniyat avvalgiga qaraganda o‘z “kuch”ini yo‘qotgan, lekin o‘lmagan. To‘g‘ri, O‘zbekistonda yog‘ochsozlik sanoati hamma vaqt ham zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yosh kadrlarni talab qilib kelgan. YOg‘ochsozlik buyumlari qadimda ham, hozir ham xalqimiz kundalik turmushida muhim o‘rin tutgan, axir beshiksiz o‘zbek xonadonini tasavvur qilish mumkinmi? Bu soha vakillariga bo‘lgan talab ham bugun mehnat bozorida yuqori.
Bugun yog‘ochsozlar kam ishchi soni bilan yog‘och ishlab chiqarish imkonini beradigan yanada samaraliroq texnikani qo‘lga kiritib borishayapti. Bu yog‘ochsozlikning yangi mutaxassislariga ish o‘rnini topish qiyin bo‘ladi, degan ma’noni anglatmaydi. Lekin yog‘ochga ishlov berish sanoatining ayrim kasblari juda ham keng tarqalgan. Ular qatoriga, yog‘ochdan uylar qurish bo‘yicha mutaxassis, yog‘ochdan idish va asbob-anjomlar, uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlovchi usta kiradi. Bu sohada mos mutaxassislikni qo‘lga kiritgan talabalar mebel kombinatida mebelni loyihalash bo‘yicha konstruktor bo‘lishi yoki uy-joylar, dala-hovlilarni, shuningdek, yog‘ochdan ishlanadigan turli xildagi binolarni loyihalashtirish va qurishda ishtirok etishi mumkin.
Mebel ishlab chiqarish bizning mamlakatimizda etarlicha keng tarqalgan, hattoki bu sohada oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish imkoniyatlari ham katta, yog‘och karkasli uylar ham tez-tez qurilib turiladi.
Xalq hunarmandchiligini mustaqil ravishda yoki xalq hunarmandlik, ya’ni “usta-shogird” maktablarida o‘rganadigan hunarmandlar ham bor. Lekin bizning zamonimizda milliy hunarmandchilik kollejlarining faoliyati yosh hunarmandlarni tayyorlashda muhim rol o‘ynamoqda. YOg‘och bilan ishlash unga nisbatan o‘zgacha e’tiborni talab etadi, bunday mutaxassisliklarni katta usta-ustozlarning yordami bilan egallashadi, buning ustiga, yog‘ochsozlik bilan bog‘liq hunarlarni o‘rganish qancha barvaqt boshlansa, bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy shakllanishi shunchalik qiziqarli va tezroq amalga oshadi.
YOg‘ochga ishlov berish sanoati ham boshqa sanoat turlari singari o‘z texnologiyasi, texnikalari va o‘z mutaxassislariga ega. YOg‘ochga ishlov berish texnik-texnologi, avvalambor, yog‘och turiga va uning tabiiy xususiyatlariga e’tiborini qaratishi lozim. SHuningdek, yog‘ochning mustahkamligi, tashqi ta’sirlar(namlik, issiq, sovuq va shu kabilar)ga chidamliligi, qanday maqsadlarda ishlatilishini ham bilishlari zarur.
YOg‘ochni qayta ishlash dastgohlari dastgohchisi, arralovchi-dastgohchilar esa, birinchi navbatda, barcha texnik vositalarning ishga yaroqliligini va avrallarning bo‘lmasligini ta’minlab berishadi. Dastgohlarni boshqarish bilan birga ularning texnik holatini ham nazorat qilishadi. Ulardan texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Sozlovchi chilangarlar texnologik jarayonda ishtirok etuvchi dastgohlar, arralar va boshqa mashinalarni ta’mirlash, sozlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, zarur qismlarni almashtirish kabi ishlarni bajarishadi. Ularga smenali tartibda ishlashga ham to‘g‘ri keladi.
YAna bir mutaxassis – mebellarni qoplovchi pardozlovchi. Bu kasb vakillarining nimalarga qodirligini ixtiyoriy mebel do‘konlarida bejirim va betakror ko‘rinishlardagi yumshoq hamda qattiq mebellarni ko‘rganimizda bilib olish qiyin emas. Haqiqatda, ulardan ham jismoniy mehnat, ham dizaynerlik va rassomlik qobiliyatlari talab qilinadi. Qoplovchi pardozlovchilar turli xil materiallar va elimlardan foydalangan holda ishlashadi. SHu sababli ular kimyo, fizika, matematika chizmachilik, estetika fanlarini ham puxta o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak, chunki qoplash va pardozlashda ishlatiladigan materiallarning kimyoviy va fizik xususiyatlarini inobatga olish shart. Eng yaxshisi, bunday mutaxassislar o‘z mehnatlari natijasidan zavqlanish baxtiga muyassar bo‘lishadi.
Bir so‘z bilan aytganda, yog‘ochsozlik sanoatining barcha mutaxassislari yog‘ochga ishlov berishdan tortib, mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qilishadi. O‘z shaxsiyssexlari va fabrikalarini ochib, kattagina daromadni qo‘lga kiritish hamda oila a’zolarini ish bilan ta’minlash imkoniyatiga unutmasligimiz lozim.. Yogʻoch — 1) ksilema — suv va unda erigan tuzlarni daraxt ildizidan barg va boshqa organlarga oʻtkazuvchi yogʻochlangan devorli hujayralardan iborat oʻsimlik toʻqimasi.
Tana qismidaraxtning yog’och materiali yetkazib beradigan asosiy qismi bo’lib, ko’ndalang qismida quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi: ;a) Po’stloqning tashqi qatlami po’kki qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat bo’lib, uning asosiy vazifasi daraxt tanasini har xil tashqi ta’sirlardan saqlashdan iborat. Lekin uning ba’zi turlaridan po’kak va issiq to’suvchi materiallar ishlab chiqarishda (eman), terini dudlovchi moddalar olishda (eman, tol, oq qayin) va har qanday daraxt po’stlog’idan rang va sunhiy yog’och materiallari olishda xom-ashyo sifatida foydalanish mumkin;
b) Lub qatlami po’stloqning ichki qismi hisoblanadi. U xom ashyo (material) sifatida ahamiyatga ega bo’lsmasada daraxtning vena qon tomirlari hisoblanadi, ya’ni daraxt barglari fotosintez yordamida havodan olgan ozuqali moddalarni ildizlarigacha yetkazib berishga xizmat qiladi; 1
v) Kambiy — lub va yog’ochlik orasidagi mayin va shirali qatlam bo’lib, tirik xujayralar zavodi hisoblanadi. U lub va o’zak nurlari orqali oziqlanib po’stloq va yog’ochlikning o’sishi uchun zarur bo’lgan xujayralarni yetkazib beradi;
g) Po’stloq osti (zabolon) qismi yog’ochlikning hali o’sishdan to’xtamagan qismi bo’lib, har yili kambiy yetkazib bergan xujayralar hisobiga ma’lum miqdorga “semirib” yillik xalqa hosil qiladi. Yillik xalqa chegarasini bahordagi yirik va yoz — kuz davridagi mayda xujayralar rangidagi farq hosil qiladi;
d) Mag’iz (yadro) yog’ochlikning o’sishdan to’xtagan qismi bo’lib, yillik xalqalarning zichligi va qattiqligining ortib borishi natijasida hosil bo’ladi. Odatda uning rangi po’stloq osti qismidan to’qroq bo’ladi.
Bunday daraxtlarni mag’izlik deb atalib, ularga qarag’ay (sosna), tilog’och (listvennitsa), kedr kabi igna bargli va eman (dub), shumtol (yaseng’), elma (ilm), bujun (vyaz) qayrag’och, yong’oq, chinor (platan), terak, tol va olma kabi yirik bargli daraxtlar kiradi. Ba’zi daraxtlarda o’sishi to’xtagan xujayralar ya’ni mag’iz bo’lmaydi. Bunday daraxtlarni mag’izsiz yoki po’stloq osti qatlamlik deb atalalib, ularga qora qarag’ay (el), oq qarag’ay (pixta), oq qayin (beryoza), qora qayin (buk) jo’ka (lipa), qandag’och (olxa), grab, zarang (klen), nok, shamshod (samshit), xurmo daraxtlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Agar yog’ochlik mag’izi bilan po’stloq osti qatlami bir xil rangda bo’lsa, bunday yog’ochni pishgan (yetilgan) deb hisoblanadi. Bunday yog’ochlik daraxtlarga igna bargli qora qarag’ay (yel) va oq qarag’ay (pixta), yirik bargli tog’ teragi (osina) va qora qayin (buk) kiradi.
e) O’zak ko’ndalang qirqimning o’rtasida joylashgan to’q rangli doira shaklida bo’lib, odatda uning diametri 2-5mm bo’ladi. Asosiy vazifasi: lub qatlami keltirgan ozuqa moddalarni daraxt tanasiga bir tekisda tarqatib berish (o’zak nurlari yordamida).
Yog’och olishda ishlatiladigan daraxtlar qattiqligiga ko’ra 3 turga bo’linadi:
1. yumshoq(qarag’ay-sosna, oq qarag’ay-pixta, qora qarag’ay-yel, kedr, terak-topol, tog’ teragi-osina, jo’ka-lipa);
2. qattiq(oq qayin-beryeza, qora qayin-buk, tilog’och-listvennitsa);
3. o’ta qattiq(nok-grusha, qayrag’och, yong’oq-orex, oq akatsiya, shamshod-samshit, grab, pista).
Igna bargli daraxtlar, turlari, yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi
Igna bargli daraxtlarga qarag’ay (sosna), qora qarag’ay (yel), oq qarag’ay (pixta), tilog’och (listvennitsa) va kedr daraxtlari kiradi. Qarag’ay — yillik xalqalari yaqqol ko’rinadi, chunki kechki (yozgi-kuzgi) yog’ochlik qizg’ish-qo’ng’ir tusda, ertangisi (bahorgi) esa oqish (och) rangda bo’ladi. Po’stlog’i pastda qalin va yorilgan bo’lib, to’q qo’ng’ir rangda, yuqori qismida esa silliq tillorang bo’ladi. Po’stloq osti qatlami sarg’ish-oq rangda bo’lib qalinligi 20-80 yillik qatlamga teng bo’ladi. Yadrosi esa pushtidan qizil-qo’ng’ir ranggacha bo’ladi. Fizik-mexanik xossalari juda yuqori, qurilishda, ko’priksozlikda, kemasozlikda, vagonsozlikda, mashinasozlikda va samolyotsozlikda hamda mebel sanoatida keng ishlatiladi.
Metallar — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektromagnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi.Davriy sistemadagi 118 ta elementdan 97 tasi metal hisoblanadi. Ularga 1,2,3-guruhdagi barcha elementlar (vodorod va bordan tashqari), 4-guruh bosh guruhchasida (uglerod va kremniydan tashqari) gi barcha elementlar, 5-guruhda ikkita metal – surma va vismut, 6-guruhda bitta metal – polloniy kiradi, 4-7guruhning yonaki guruhchalarida barcha elementlar metal hisoblanadi.Atom tuzilishi. Odatdagi sharoitda metallarning simobdan, boshqa hammasi qattiq moddalardir. Metallar kristall moddalardir. Metall kristallardagi panjara tugunlarining bir qismida atomlar, bir qismida esa ionlar turadi. Metallarning sirtqi elektronlari atom yadrosi bilan kuchsiz bogʻlanganligi uchun oson uziladi. Insonlar kamida 7ta metaldan: oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgoshin, simobdan foydalanib kelishgan. Меtallarni tabiatda uchrashiga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:
Faol metallar tuzlаr holida uchraydi: sulfatlar, xloridlar, karbonatlar, fosfatlar, nitratlar.
Oʻrtаcha faol metallar оksidlar va sulfatlar holida uchraydi: oksidlar, sulfatlat, sulfidlar.
Passiv metallar erkin holda uchraydi: mis, simob, kumush, oltin, platina.
XULOSA.
Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam ke- ngayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi, ular bilan turli xil materiallami biriktirish mumkin, bunda buyum kon- struksiyasining massasi kamayadi. Bundan tashqari, yelimlarni biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab chiqariladigan yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-keramika, plastmas- sa, yog’och va boshqa ko’pgina materiallami biriktirish mumkin.
Yelimli birikmalardan foydalanilganida mablag’ va mehnat sarfi ancha kamayadi, konstruksiyaning korroziyaga chidamliligi ortadi, birikmalardagi zo’riqish kamayadi Avtomobilsozlikdayelimlardan dastlab shovqinni izolatsiyalov- chi va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina foydala- nilgan. Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60- yillarida esa tormoz kolodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila bosh- landi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi natijasida avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sezilarli darajada ortdi. Avtomobil sanoati uchun maxsus 15 nomdagi yelimlar va 10 nomdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi kunga kelib, yelim va germetiklaming assortimenti yana-da kengaydi. So‘nggi yangiliklardan biri avtomobillarning saloniga o‘rnatiladigan orqani ko‘rish ko‘zgusini avtomobilning old oynasi- ga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir.
Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:
Xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin;
Juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);
Boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan murakkab shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;
Konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig‘ish imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda, konstruksiyaning bir necha elementlarini biriktirish mumkin;
Yelim asosida hosil qilingan birikmalaming mustahkamligi bir qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalaming mus- tahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;
yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taqsim lanadi,
yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi; boltli va parchin mixli birikmalar o‘miga yelimli birikmalardan foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi
Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni tezlatgichlar, plastifikatorlar, to‘ldirgichlar, erituvchilar (ishlatish oson bo‘lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori haroratda qotir- gichlar ta’sirida qattiq holatga o‘tadi.
Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas, kamdan kam holda 350°C dan ortadi. Bu ularning asosiy kamchiligidir. Lekin 500°C va undan yuqori haroratda ham ishlay oladigan yelim-se- mentlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi erituvchilar yelim qotganida bug‘lanadi. Buning natijasida yelim kirishib, birikmalarning mustahkamligi pasayadi. Shuning uchun bug‘lanmaydigan, balki parda bilan reaksiyaga kirishadigan erituvchi qo‘shilgan yelimning xossalari yaxshilanadi. To‘ldirgichlar (kvars changi, chinni changi, metall oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va, ayni vaqtda, pardaning mustahkamligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganida yelimli birikmalarga xos kamchiliklar bo‘lmaydi hamda ular ishlatiladigan sohalar ko‘payadi.
Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra barcha yelimlar tabiiy va sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein, albumin, glyutin yelimlari) va o‘simlik yelimlari (kraxmal, dekkstrin, tabiiy kauchuk, guttapercha asosida tayyorlangan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam ishlatiladi.
Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan birikmalar- da ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv yelimlar (fenol- formaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa yelimlar) issiq holda va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi. Sovuqlayin qotadigan yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish oldidan qo‘shiladi. Qaynoq holda yelimlaganida, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo‘ladi, yopishish jarayoni tezlashadi.
Qaynoq holda qotadigan yelimlar ishlatiladigan joyning o‘zida 90-93 foiz epoksid smolaga 7-10 foiz qotirgich qo‘shib tayyorlanadi. Tayyorlangan yelimni 1-2 soat ichida ishlatib yuborish zarur, aks holda ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yelimli birikmalar uchun ruxsat etilgan haroratlar chegarasi 60- 150°C. Xona haroratida qotadigan yelimlar yordamida mustahkam birikma hosil qilish uchun taxminan bir sutka kerak bo‘ladi. Biriktirilgan detallarni bir-biriga bosmasa ham bo‘ladi (ularning o‘z massasi yetarli).
Birikmalarning mexanik xossalarini yaxshilash uchun qotirgich qo‘shishdan oldin epoksid smolaga ko‘pincha to‘ldirgichlar (metall kukunlar, grafit, maydalangan sluda, talk va boshqalar) qo‘shiladi. Qo‘shiladigan to‘ldirgichning miqdori uzelning turi va ishlash sharoitiga bog‘liq. To‘ldirgichli va qotirgichli, qaynoq holda qotadigan epoksid smolalar asosida olingan birikmalarning mustahkamligi ancha yuqori bo‘ladi. Qotish jarayoni 120-200°C haroratda 0,5- 4,0 soat mobaynida kechadi.
Poliuretan smola asosidagi yelimlar. Poliuretan smola asosidagi yelimlarning adgezion xususiyati yaxshi bo‘lib, xona haroratida va qaynoq holda ishlatish mumkin. Yelim tayyorlashda poliefir va poliizotsianatlaming gidroksidlaridan foydalaniladi. Poliuretan smoialar asosidagi yelimlar metall va metallmas materiallarni yelimlashda ishlatiladi. Hosil qilingan birikmalar quyidagi xususi- yatlarga ega bo‘ladi: neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, titrash va zarb ta’siriga mustahkamligi yuqori, haroratning tezlik bilan o‘zga- rishiga chidamli.
Poliuretan smola asosidagi yelimlar Вилад 11K-1, Вилад 13- 2M, ГПК 24-11, KJIM-l, РУ-2, BK-5, BK-11 kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar- ning siljishdagi mustahkamligi 3-20 MPa oralig‘ida bo‘ladi. Ularni minus 60 dan 200°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 6 oygacha (ba’zi bir markalari 12 oygacha) muddatda saqlash mumkin. Poliefirakrilatli yelimlar. Poliefirakrilatli yelimlar (masalan, siakrin)ning yopishtirish xossalari juda yuqori bo‘lib, u bilan istal- gan materialni biriktirish mumkin. Xona haroratida bir daqiqada qotadi. Uning suvga chidamliligi past bo‘lganligidan kam ishlatiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda qotadigan yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130-200°C haroratda va 0,5-1,2 MPa (5-12 kgk/sm2) bosim ostida 1-4 soat mobaynida qotadi. Xona haroratida 24 soat, qizdirilganida esa 4 soat mobaynida qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan yelimlar zaharliligi tufayli kam ishlatiladi.
|
| |