|
Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash
|
bet | 9/14 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 338,74 Kb. | | #148028 |
Bog'liq 2.“OʻQUVCHILARGA DURADGORLIKDA ISHLATILADIGAN YELIMLAR ULARNI ISHGA TAYYORLASH” MAVZUSINI OʻQITISH METODIKASI.Yelimlar – suyuqlangan yuqori molеkulalar anorganik va organik moddalar yoki ularning eritmalari bolib, turli matеriallarning bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Yelimlar tabiiy, sun’iy xamda rеzina Yelimlarga bulinadi.
Tabiiy Yelimlar – hayvonlar (suyaq sut, tеri, pay va boshqa) va o`simliklar (daraxtlar shiralari, kraxmal qipiklarni qayta ishlash natijasida) maxsulotlaridan olinadi. Namlikka ancha chidamsiz.
Sun’iy yelimlar – polimеrlar, shuningdеk erituvchi qo`shilgan kushilmagan smolalar birikmalaridan iboratdir. Turli matеriallar, shisha, plastmassa, mеtall, chinni, pеnoplast, suyaq qog`oz va boshqalarni b iriktirishda kеng ko`lamda ishlatiladi. Issiq, sovuq, namlik ishqalanish, egilish, bukulish va siljish kuchlanishlariga yaxshi chidaydi.Rеzina (kauchukli) Yelimlar – tabiiy va sintеtik yo`l bilan olinadi. Tabiyi kavchuk daraxti smolasidan, sun’iysi rеzinali birikmalarning erituvchilarda (bеnzin, kеrosin, spirtdagi) erigan ko`rinishidir. Turli matеriallar masalan, Yog’ochni sеmеntga, mеtallga, shishani, plastmassani gazlamaga biriktirishda ishlatiladi.
Yog’ochsozlikda, duradgorlikda, o’ymakorlikda ko’pincha xayvon elimlaridan kazеinli Yelimlar ishlatiladi. Namlikka chidamli kazеin murakkab oqsil bo`lib, kimyoda fosfoproldit tuzilishini namoyon kiladi. Sutning ivishi jarayonida, uning tarkibidagi kazеinogеndan xosil bo’ladi, Tuzli, ishqorli muqitda eriydi. Yog’och o’ymakorligida taxtalarni o’ymakorlikka tayyorlashda bir-biriga biriktirilib, o`yiladigan buyumning asosi tayyorlab olinadi. Taxtalarning uyiladigan yo’za qatlami silliklanib, Tobga kеltiriladi. Avvaliga mayda tishli arrada arralanadi, kеyin esa mayin burrada arralanadi.
II. BOB. HAYVONOT YELIMLARIVA SINTETIK YELIMNING TURLARI
2.1.Hayvonot yelimlari
Go‘shtparda yelimi (ГОСТ 3252–95) hayvonlarning go‘shtpardasidan, ya’ni Teri ostidagi to‘qimalardan, teri qiyqindilaridan hamda mo‘yna va teri sanoatining Chiqindilaridan olinadi.
Suyak yelimi (ГОСТ 2067–91) hayvonlarning yog‘i olingan suyagi, payi, Shoxi hamda tuyoqlari, suyak buyumlar ishlab chiqariladigan korxona chiqindilaridan Tayyorlanadi. So‘yak va go‘shtparda yelimlari (glyutin yelimlari) suvda juda bo‘kadi, qattiq Moddalar Yumshoq Yopishqoq Iviqsimon Massaga Aylanadi. 25–40°С Temperaturagacha isitilganda eriydi, go‘shtparda yelimi suyak yelimiga qaraganda Yuqoriroq temperaturada eriydi. Sovitilganda yelim qotadi va jelatinsimon massa Hosil qiladi. Qog‘oz asosli yelim lenta (ГОСТ 18251–92) pardasimon yelimning bir turidir. Lenta yelimlovchi qoplamaga ega, uning asosiy komponentlari (oliy va 1-sortli) Go‘shtparda va suyak yelimlaridir, Yelim lenta 12, 15, 18, 20, 25 mm kenglikda Ishlab chiqariladi. Ularning ishga yaroqlilik muddati tayyorlash momentidan Hisoblanganda 12 oyga cho‘zilishi mumkin. Mebelsozlik sanoatida «A», «A1» Markali lentalar shpon polosalarini yaxlitlash, shit elementlarini pardozlashda Ishlatiladi. Sanoatda suyak va go‘shtparda yelimlari 150–200 mm uzunlikda, 80–100 Mm kenglikda, 10–15 mm qalinlikda plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Ba’zan Yelim maydalangan holida, shuningdek, tangacha va kukun ko‘rinishida ishlab Chiqariladi. Bunday ko‘rinishda u tezroq quriydi, tayyorlashda esa tez bo‘kadi. Suyak yelimi iviqsimon galerta deb ataladigan ko‘rinishda keltiriladi. Galert Tarkibida kamida 50% quruq yelim bo‘lishi va bir jinsli jelatinasimon massadan, Quyqasiz va qora dog‘larsiz bo‘lishi kerak, chirik hidi kelmasligi kerak. Unga albatta Antiseptiklar qo‘shiladi. Elim plitalarining rangi och sariqdan to‘q jigar ranggacha bo‘lishi mumkin. Qoramtir rang faqat kuyik hidi kelib turganda yelimning sifati pasayganligini Ko‘rsatadi. Plitkalar bir tekis shaffof bo‘lishi kerak. Dog‘lar yelimning quyqalashganini, Xiraligi esa sifati pastligini ko‘rsatadi. Plitkalarning usti silliq yoki to‘lqinsimon bo‘lishi mumkin, biroq albatta Mog‘or va bakterialsiz yaltirab turishi kerak. Yelimdan chirik va sasigan hid Kelmasligi kerak. Normal yelim sindirilgandashishasimon o‘tkir qirralar hosil qiladi. Quruq yelimning namligi 17% dan, galertaniki 50–60% dan ortmasligi lozim. Namligi ortib ketganda (20% va undan ortiq bo‘lganda) mustahkamlik ko‘rsatkichlari Va yelimning chirishga qarshiligi pasayadi, namligi kamaysa (10% va undai past), Yelim mo‘rtligi ortadi. Glyutinli yelimlar sifati bo‘yicha sortlarga ajratiladi. . Mezdra (go‘shtparda) Yelimi besh sortda (ekstra, oliy, 1, 2 va 3- sort), suyak yelimi to‘rt sortda (dekstra Sorti ishlanmaydi) va galerta uch sortda (1, 2 va 3-sortda) ishlab chiqariladi.
Glyutinli yelimlar bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Namlanganda u Bo‘kadi, isitilganda yumshaydi va hatto suyuq holatga o‘tishi ham mumkin. Bu Turdagi yelimlar suv ta’siriga chidamsiz, ular faqat isitiladigan bino ichida Foydalaniladigan buyumlarni yelimlashda ishlatiladi. Glyutinli yelimlarning suv singdiruvchanligi juda katta. Go‘shtparda Yelimining o‘z massasiga nisbatan 6–10 hissa, suyak yelimi 3–7 hissa suv singdira Oladi. Suvda bo‘kkan glyutin yelimi isitilganda eriydi va eritmaga aylanadiYelimlarning bu xossalari. yelim eritmasi tayyorlashda hisobga olinadi. Galerta 22– 23°С da eriydi, yozda suyuq holatda bo‘ladi. Elimning qotish jarayonida yelim eritmasidan nam bug‘lanib chiqib ketadi, oqibatda yelim kichrayadi. Glyutin yelimlar dastlabki massasiga nisbatan ko‘p (50–80%) cho‘kadi. Yelimlashda yelim 0,08 dan 0,15 mm gacha qalinlikda surkaladi. Havoning temperaturasi 30°С va namligi 80% bo‘lganda yelimli birikmalardagi glyutin yelimlari yemiriladi.
Go‘shtparda yelimining yopishtirish qobiliyati (ajralishga mustahkamlik chegarasi): ekstra, oliy va 1-sortlar uchun 100, 2-sort uchun 70, 3-sort uchun 60 kgk/sm2 suyak yelimida: oliy sortlar uchun 90, 1-sort uchun 80, 2-sort uchun 65, 3-sort uchun 45 kgk/sm2. YElimlar plitka, maydalangan, tangasimon va kukun holatda og‘irligi 50 kg li bochka, yashik, qop yoki 35 kg li qog‘oz qoplarga joylanadi. Plitka holatadagi yelimni xohlagancha sindirish mumkin. Yelimni tashish vaqtida atmosfera yog‘inlaridan saqlash loeim. Yelim upakovka qilingan holatda taxta to‘shama ustida shamollatib turiladigan xonalarda saqlanadi. Sovitilgan yelim eritmasi temperaturasi (5–10°С) pasaytirilgan xonalarda ko‘pi bilan 2–3 sutka saqlanadi. Galerta bochkalarga joylanadi. Galertani uzoq vaqt saqlash mumkin emas. Yozda galerta havosining temperaturasi 15°С dan yuqori bo‘lmagan xonada saqlanishi mumkin. Yelim saqlanadigan omborlar albatta dezinfeksiyalanadi. Glyutin yelimi eritmasini tayyorlash. Plitka holatidagi yelimni bo‘ktirish uchun toza idishga solinadi va ustidan uy temperaturasidagi, yaxshisi qaynatilgan suv quyiladi. Bunda suv yelimni ko‘mib turishi kerak. Yelim 6 dan 12 soatgacha, yelim bir tekis va butunlay bo‘kkunga qadar ho‘llanadi. Go‘shtparda yelimi bo‘kkanida massasi bo‘yicha 600–1000% suv, suyak yelimi 300–700% suv shimadi. Quruq yelimning standart namligi 17%, galertaniki ko‘pi bilan 51%. Plitka holatidagi yelimlarni bo‘ktirishdan oldin maydalagan ma’qul. Maydalansa, yelimning bo‘knsh muddati qisqaradi.
Yelim eritmasi tayyorlanadigan va saqlanadigan idish qaynoq suv bilan yuviladi. Bo‘kkan yelim yelim nishirish qozoniga solinadi va 70–80°С gacha isitiladi, shu temperaturada yelim eritmaga aylanadi. Yelimni qaynatish va qizdirib yuborish yaramaydi. Ko‘p qayna-tish va ueoq vaqt qizdirish yelimning yopishtirish xossasiyai pasaytiradi.
Suyak yelimining ish temperaturasi 40–60°С, go‘shtparda yeliminiki esa 50–70°С bo‘lishi kerak. Yelimni ish joylariga yetkazib berishga mo‘ljallangan yelimdon ish temperaturasini saqlash uchun uning devorini ikki qavatli qilib, orasiga qaynoq suv quyiladi. Elektr bilan isitiladigan yelimdonlar ham ishlatiladi. Glyutinli yelim sifatini uni tayyorlash vaqtida aniqlasa ham bo‘ladi. Bo‘kkan yelimdan qo‘lansa hid kelishi, yelim plitkalarining bo‘kish vaqtida uvalanib ketishi va ularning chetlari uzilib tushishi, yelim eritilgan suvning ifloslanib ketishi, qizdirish va aralashtirganda juda ko‘p ko‘piklanishi yelimning sifati pastligini ko‘rsatadi. YElim eritmasidagi ko‘piklar yelimlash mustahkamligini pasaytiradi. Yelim qatlamidagi pufakda havo qoladi va shu joy yelimlanmaydi. Yelim eritmasidagi ko‘piklarni yo‘qotish uchun uni ishlatishdan oldin 5–10 min tindiryb qo‘yiladi. Ko‘pik juda ko‘p bo‘lganda yelim eritmasini ikki-uch minut qaynatib, ko‘pigini olib tashlashga ruxsat etiladi.YElim eritmasining sifati uning konsentratsiyasiga, qovushoqligiga hamda quyuqligiga bog‘liq. Go‘shtparda yelimiga, odatda, suyak yelimiga nisbatan ko‘p suv qo‘shiladi. Silliq fugani yelimlash uchun go‘shtparda yelimining 35–40% konsentratsiyali, suyak yelimining esa 45-55% konsentratsiyali eritmasini tayyorlash lozim. Shpon bilan pardozlashda go‘shtparda yelimining- 40–45% li, suyak yelimining esa 52–55% li eritmasi ishlatiladi. YElim eritmasining qovushoqligi yelimlar tayyorlangan xom ashyo xossasiga, uning konsentratsiyasi va temperaturasiga bog‘liqdir. Glyutin yelimining quyuqligi katta ahamiyatga ega.. Haddan tashqari quyuq yelimni yopishtiriladigan yuzaga surkash qiyin, u tezda qotib qoladi, presslash vaqtida juda katta bosim .talab qiladi.
Quyuq yelim eritma bilan yelimlashda press bosimi yetarli bo‘lmaganda yelim qatlami (0,15 mm dan ortiq) hosil bo‘ladi, bu esa yelimlab yopishtirish sifatini pasaytiradi. Haddan tashqari suyuq yelim eritmasi ishlatilganida esa aksincha, juda yupqa (0,08 mm) uzlukli yelim qatlami hosil bo‘lib, yelimlash mustahkam chiqmaydi.Yelim eritmasining quyuqligi amalda uning cho‘tkadan oqib tushishiga qarab aniqlanadi: normal quyuqlikdagi eritma cho‘tkadan bir tekis uzluksiz (quyqasiz) tiniq oqim shaklida tushadi, suyuq yelim ingichka oqim ko‘rinishida tez oqib tushadi, juda quyuq yelim uzilib-uzilib quyqa bilan tushadi. Quyuqlashib qolgan yelim eritmasi qaynoq suv qo‘shib, yaxshilab aralashtirib, suyuqlantiriladi. Ma'lumki, Yog’och o’ymakorligida yog`ochlarning ishlov bеrishga tayyorlashda turli Yelimlardan foydalaniladi.Yelim – bu ikki xil elementni bir-biriga bog’lash uchun kamtarona maqsadga muvofiq, turli xil moddalardan tayyorlangan yopishtiruvchi tur.
|
| |