|
Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash
|
bet | 6/14 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 338,74 Kb. | | #148028 |
Bog'liq 2.“OʻQUVCHILARGA DURADGORLIKDA ISHLATILADIGAN YELIMLAR ULARNI ISHGA TAYYORLASH” MAVZUSINI OʻQITISH METODIKASI.Karbinolli yelim (МПФ-1, БК -2, JI-4 va b.) tashqi ko‘rinish
Jihatidan rangli glitseringa o ‘xshash xushbo‘y, och sariq rangli, tiniq Suyuqlikdir. Material ustiga yupqa qilib surtilgan bu yelim tezda qotib, Benzinda, moylarda erimaydigan, suv va kislota ta’siriga chidamli Parda hosil qiladi. Karbinolli yelim bilan yog‘ochni metallga, metallni shisha, charm, Marmarga yopishtirib, mustahkam, ajralmas birikmalar hosil qilinadi.
Glyutinli yelim. Hozirgi vaqtda bu yelimlar o‘zlarining ko‘pgina Ijobiy xususiyatlari (yuqori mustahkamlikka ega boigan birikmalar Hosil qilishi, tayyorlanishining oddiyligi, kimyoviy inertligi, zararsizligi, tayyor yelimni saqlash juda osonligi va b.) tufayli sanoat miqyosida sintetik yelimlami deyarli siqib chiqarmoqda. Lekin, bunday yelimli birikmalarning uzoq qotishi yelimlaming kamchiligi hisoblanadi.
Glyutinli yelimlar tarkibidagi boshlangich moddalarga qarab Go‘shtparda, suyak va baliq yelimlariga boʼlinadi.
Polivinilatsetatli yelimlar turli charm, qog‘oz, yog‘och, mato, Shisha va metallami biriktirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, abraziv Sanoati tarmoqlarida juda keng ishlatiladi. Polivinilatsetatli yelimlar Polimerlar eritmasi (yelimi); tarkibida uchuvchi (bugianuvchi) Moddalar boim agan yelimlar; emulsion tarkibli yelimlar kabi Guruhlarga boʼlinadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘quv ustaxonalarida, Turmushda, ko‘pincha suv-emulsion yelimlar keng ishlatiladi, chunki Bunday yelimlaming tannarxi arzon, zararsiz, yonmaydi, yelimli Choklar bilinmaydi (ko‘rinmaydi).
Rezinali yelimlar, asosan, eritmalarga kauchuk yoki rezinali Aralashmalarni qo‘shib eritish orqali hosil qilinadi. Bunday yelimlar Vulkanizatsiyalovchi (tabiiy kauchukning organik eritma bilan Aralashmasi), issiqda vulkanizatsiyalovchi (140-150 °C harorat Ta ’sirida) va o‘zi vulkanizatsiyalovchi (xona haroratida) yelimlar Olingan birikmalarga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi.
88 Va 88H Markali rezinali yelimlardan eng ko‘p foydalaniladi. Ular, asosan, Rezinali Aralashmalami Va Butilfenolformaldegidli SmolalarniEtilatsetat va benzinda eritish orqali hosil qilinadi. Rezinali yelimlar yordamida rezinani rezina bilan, metallar, Shishalar va boshqalar bilan birlashtirib, yelimli birikmalar olinadi.Bundan tashqari, texnikaning turli sohalarida metallami o ‘zaro va Nometall konstruksion materiallar bilan yelimlab birikma hosil qilish Uchun tarkibi sintetik smolalar va sintetik kauchukdan iborat boʼlmagan Yelimlar (БФ-2, БОМ , ВС-Ю Т B K -32-200, BK-3, BK-4, K-153) Va epoksidli yelimlar (П ВК-1, BK-7, ПУ-2, BK -5) ham keng Ishlatiladi.
|
| |