|
Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash
|
bet | 3/14 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 338,74 Kb. | | #148028 |
Bog'liq 2.“OʻQUVCHILARGA DURADGORLIKDA ISHLATILADIGAN YELIMLAR ULARNI ISHGA TAYYORLASH” MAVZUSINI OʻQITISH METODIKASI.Eritgichlar Asosiy yelim Moddasini. Eritish Hamda Uni Ma’lum Konsentratsiyaga yetkazishga xizmat qiladi. Eritgichlarga suv, spirt, ishqorning Suvdagi eritmasi, organik erituvchilar misol bo‘la oladi. Yordamchi moddalar yelim hosil qiluvchilar, to‘ldirgichlar, katalizatorlar, Qotirgichlar, stabilizatorlar, oshlovchilar, antiseptiklar, plastifikatorlar Va Ko‘piklantiruvchi moddalarga ajratiladi. Elim hosil qiluvchilar asosiy yelim moddasining eritma holatiga o‘tishiga Yordam beradi: ularga suyuq shisha, o‘yuvchi natriy, ohak, ammiak kiradi. To‘ldirgichlar deb asosiy yelim moddasi sarfini kamaytirish va yuza sirtiga Shimilishini kamaytirish uchun ishlatiladigan moddaga aytiladi. U yelimli chokdagi Cho‘kishni kamaytiradi. To‘ldirgich sifatida yog‘och uni, gips va boshqa moddalar Ishlatiladi.
Katalizatorlar – sintetik smolalar ishlab chiqarishda smola hosil bo‘lish Jarayonini tezlashtirish uchun ishlatiladigan modda. Katalizatorlarga misol qilib Anorganik va organik kislotalar, bu kislotalarning tuzlari, sulfonaftenli kislotalar, Ishqorlarni ko‘rsatish mumkin.
Qotirgichlar Deb, Smolali yelimlarning Erimaydigan Qattiq Va Suyuqlanmaydigan holatga o‘tishini tezlashtirish uchun ishlatiladigan moddalarga Aytiladi. Sovuq holatda qotadigan fenol-formaldegidli smolalar uchun qotirgichlar Sifatida kerosin kontakti yoki sulfonaftenli kislotalar, karbamid-formaldegidlismolalar uchun ammoniy xlorid va kuchsiz (shavel, sut, chumoli) kislotalari qo‘llaniladi.
Stabilizatorlar yelimlarning yopishtirish xossasini, ularning konsentratsiyasini ma’lum vaqt davomida saqlab turishga yordam beradigan moddalar. Stabilizatorlar sifatida atseton, etil spirti, organik eritgichlardan foydalaniladi.
Oshlagichlar yelimlarga suvga chidamlilik xossasini beradi. Ularga urotropin, formalin, mis tuzlari misol bo‘-ladi.
Antiseptiklar – mikroorganizmlarni o‘ldiradigan va yelim moddalariga biologik chidamlilik xossasini beradigan zaharli moddadir. Bunday moddalar sifatida fenol, krezol, formalin, sulfonaftenli kislotalar, natriy ftoritdan foydalaniladi.
|
| |