|
Организация применения дистанционных образовательных технологий в инклюзивном образовании
|
bet | 2/7 | Sana | 02.08.2024 | Hajmi | 133,9 Kb. | | #269059 |
Bog'liq Inklyuziv ta’limda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish algoritmlari va metodlariKeywords: inclusive education; e-learning learning model; LMS Moodle; neurotechnologies.
So’nggi o’n yillikda nogironligi bo’lgan bolalarni o’qitish muammosining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Muammoning hal etilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.10.2020 yildagi PQ-4860-sonli qarori keskin burilish bo’lib xizmat qildi. Prezident qarori ijrosi yuzasidan 2020-2025 - yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” shakllantirildi [1]. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) muvofiq ravishda tasdiqlandi. Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Qaror O’zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash tamoyilini belgilab beradi. Qaror nogironligi mavjud bo’lgan bolalarni nafaqat hududiy, balki texnologik va o’quv-uslubiy ma’noda ham ta’lim olish imkoniyatini anglatadi, bu esa o’z navbatida elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishning inklyuziv modellarini loyihalash zaruriyatini qo’ydi. Imkoniyati cheklangan o’quvchilar uchun yo’lga qo’yilgan elektron ta’lim muhiti axborot tizimlaridan foydalanish darajasi oson va qulay bo’lishi hamda eng foydalanuvchilarning keng doiradagi ehtiyojlarini qondirilishini ta’minlashi zarur. Ushbu tadqiqotning maqsadi inklyuziv paradigma asosida nogironligi bo’lgan shaxslar uchun mintaqaviy masofaviy ta’lim tizimini yaratishdir. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun bir qator muammolarni hal qilish lozim, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
nogironligi bo’lgan shaxslarni masofadan o’qitish mintaqaviy tizimining kompleks modelini loyihalash.;
nogironligi bo’lgan shaxslarni o’qitish jarayonini tashkiliy, texnik va pedagogik qo’llab-quvvatlashni rivojlantirish;
nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ishlab chiqilgan masofaviy ta’lim tizimini sinovdan o’tkazish;
ishlab chiqilgan tizimning ishlash mexanizmlarini aniqlash va uning samaradorligini baholash.
Pedagogik amaliyotda modellashtirish juda keng tarqalgan usul bo’lib, texnik fanlardan olingan bo’lsa-da, u o’qituvchilarga ushbu uslubning tavsiflovchi, prognostik va me’yoriy funktsiyalarini amalga oshirish orqali faoliyat natijalarini oldindan tahlil qilish imkoniyatini beradi [2].
Tizimni tashkil etuvchi omil sifatida nogironligi mavjud bo’lgan bolalarni masofadan o’qitishning mintaqaviy inklyuziv tizimining kompleks modeli ishlab chiqilgan bo’lib, undan ta’limning barcha bosqichlarida foydalanish imkoniyati mavjud. Tizim modelining tarkibiy qismlari, uning quyi tizimlar va bloklarga bo’linishi quyida tavsiflangan (1-rasm).
|
| |