• Kalit so’zlar
  • Организация применения дистанционных образовательных технологий в инклюзивном образовании




    Download 133,9 Kb.
    bet1/7
    Sana02.08.2024
    Hajmi133,9 Kb.
    #269059
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Inklyuziv ta’limda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish algoritmlari va metodlari



    Inklyuziv ta’limda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish algoritmlari va metodlari.
    Isomaddinov Usmonali Mamurjonovich
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti
    uisomaddinov@gmail.com
    +998931935599
    Annotatsiya. Maqolada nogironligi bo’lgan bolalarni inklyuziv talimda masofaviy o’qitish texnologiyalari orqali ta’lim berishni tashkil etish masalalari ko’rib chiqiladi. Quyida ishlab chiqilgan inklyuziv elektron ta’lim modelining batafsil tavsifini taqdim etiladi. Uning doirasida tizim modelining asosiy tarkibiy qismlari aniqlanadi, uning quyi tizimlarga bo’linishi, keyinchalik bloklarda ko’rsatiladi. Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda nogironligi bo’lgan bolalarni o’qitishni amalga oshirish usullarining tavsifi keltirilgan: moslashuvchan-ekspert bog’lanish usuli, variativ dual ta’lim usuli, evolyutsion-ekspert rivojlanish metodi, inklyuziv guruhli virtual o’qitish metodi, shuningdek o’quv jarayonini tashkiliy, texnik, dasturiy-axborot va pedagogik qo’llab-quvvatlash metodlari ishlab chiqilgan. Tarkiblari soha mutahassilari tomonidan ishlab chiqilgan algoritmlar asosida tuzilgan elektron o’quv kurslari foydalanuvchilarning jismoniy xususiyatlaridan qat’i nazar, ta’lim olishdan teng foydalanishni imkoniyatini yaratadi. Neyrotexnologiyalarning inklyuziv elektron muhitga integratsiyalashuvi gumanitar, tabiiy va texnik fanlarni o’rganishning elektron ta’lim tizimiga moslashish imkoniyatini asoslashga va yangi darajada materiallarning mazmunli murakkabligini hisobga olgan holda o’rganishni o’quvchilarning xususiyatlariga moslashtirishga imkon berdi. Maqolada inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning mumkin bo’lgan tendentsiyalari va sifatini oshirish metodlari ko’rsatilgan.
    Kalit so’zlar: inklyuziv ta’lim, masofaviy ta’lim, ta’lim modeli, LMS Moodle, neyrotexnologiya.
    Abstract. The article examines the issues of organizing the education of children with disabilities through distance learning technologies in inclusive education. Below is a detailed description of the developed inclusive e-learning model. Within its framework, the main components of the system model are determined, its division into subsystems, which are then displayed in blocks. A description of the methods for carrying out the training of children with disabilities using distance Technologies is given: the method of flexible-expert communication, the method of variative dual education, the method of evolutionary-expert development, the method of inclusive group virtual Learning, as well as methods of organizational, technical, Software-Information and pedagogical support of the educational process have been developed. Electronic training courses, the content of which is based on algorithms developed by industry officials, make it possible to equally use education, regardless of the physical characteristics of users. The integration of neurotechnologies into the inclusive electronic environment made it possible to justify the possibility of adaptation to the e-learning system of the study of the humanities, natural and technical sciences and to adapt learning to the characteristics of students, taking into account the meaningful complexity of materials at a new level. The article shows possible trends and methods for improving the quality of the development of an inclusive education system.

    Download 133,9 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 133,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Организация применения дистанционных образовательных технологий в инклюзивном образовании

    Download 133,9 Kb.