Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
622
O‘zbek tili turkiy tillar guruhiga mansub bo‘lib, u mustaqil til sifatida XI asrdan
boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko‘plab
ilmiy va
badiiy asarlar yaratildi. Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan
tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z
navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham, tafakkur ham
mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida shakllangan.
Til –
millаtning аsоsiy bеlgilаridаn, dаvlаt mustаqilligining аsоsiy rаmzlаridаn
biri. O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi. Bu tilning
kеng imkоniyatlаri qаdimgi tоshbitiklаrdа, Mаhmud Qоshg‘аriyning “Dеvоnu
lug‘аtit-turk”, Аhmаd Yugnаkiyning “Hibаtul hаqоyiq”,
Yusuf Xоs Hоjibning
“Qutаdg‘u bilig” аsаrlаri, Аhmаd Yassаviy hikmаtlаri, Аlishеr Nаvоiyning “Xаzоyin
ul-mаоniy”, “Xаmsа”, Bоburning “Bоburnоmа” аsаrlаridа, Bоbоrаhim Mаshrаb,
Оgаhiy, Uvаysiy, Nоdirа kаbi mumtоz shоirlаrimiz vа XX аsrdаgi аdiblаrimiz
ijоdidа jilоlаnib turibdi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, davlat ishlarining, taʼlim-tarbiya,
targ‘ibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi
uchun juda katta imkoniyat
yaratdi. Tilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi, uning barcha imkoniyatlarini
o‘rganish ishlari keng ko‘lamda olib borilyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 21
dekabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatini, nufuzi
va mavqeini tubdan oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni, O‘zbekiston Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi “Davlat tilini rivojlantirish departamenti
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 984-sonli Qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 2 dekabrdagi 87-06-
52 sonli xatida “2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish
hamda til siyosatini
takomillashtirish Konseptsiyasi” va ”Yo‘l xaritasi” loyihasida davlat tilini
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari sohaga oid dasturlar va kompleks
chora-tadbirlarni ishlab chiqish o‘z ifodasini topgan.
Bu hujjatlar davlat tilini
o‘rgatish va uni bilish darajasini yanada takomillashtirish uchun oliy taʼlim
muassasalarida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab "O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi"
asosiy fan sifatida o‘quv rejasiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori, Davlat dasturi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining
buyrug‘i asosida o‘quv jarayoniga tatbiq etib kelinayotgan mazkur kurs “Davlat tili
haqida”gi qonunning quyidagi moddalariga tayanadi:
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining
amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.