|
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784Bog'liq o-zbek-tilining-sohada-qo-llanishiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
621
uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, erkin,
ijodkor va mustaqil fikr egasini tarbiyalab voyaga yetkazish hozirgi kunning muhim
vazifalaridan hisoblanadi. Respublikamizda eng avvalo, ta’limga alohida e’tibor
qaratildi. Chunki muhtaram Prezidentimizning:“Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan
e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona
Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga
aylantirishimiz kerak”
1
degan fikrlari barchamizdan ona tilimizga, urf-odat va
qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga bo‘lgan mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon
etishimizni talab etadi.
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi va kelajak
avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini e’tiborga olganda, birinchidan, til
ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy
xarakterga ega bo‘lgan til muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida
moddiylashadi. Uchinchidan, til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. Til fikrni,
shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur muayyan
shaklni o‘zida namoyon etadi. To‘rtinchidan, til uzluksiz rivojlanib, takomillashib
boruvchi hodisadir. Kishilar odatda bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi.
Demak, til va tafakkur chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalab
bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr tilda
voqelashadi, tilda mavjud bo‘ladi. Ongingizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini,
mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar
vositasi orqali voqe bo‘ladi. Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham
kishilarga xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan
bog‘liqdir. Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o‘xshash narsa deb
tushunish xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks
etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni so‘zlar, so‘z birikmalari va
jumlalar orqali ifodalaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng
kelmaydi. Shuning uchun ham til grammatikaning o‘rganish obyekti hisoblansa,
tafakkur mantiq ilmining o‘rganish obyektidir.
|
| |