Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana18.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#241339
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
c-tilida-satrlar-bilan-ishlash (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(9), September, 2023 
589 
Dastur bajarilishi jarayonida o‘z qiymatini o‘zgartira oladigan kattaliklar 
o‘zgaruvchilar deyiladi. O‘zgaruvchilarning nomlari harfdan boshlanuvchi xarf va 
raqamlardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘zguruvchilarni belgilashda katta va kichik 
harflarning farqlari bor. (A va a harflari 2 ta o‘zgaruvchini bildiradi) Har bir 
o‘zgaruvchi o‘z nomiga, toifasiga, xotiradan egallagan joyiga va son qiymatiga ega 
bo‘lishi kerak. O‘zgaruvchiga murojaat qilish uning ismi orqali bo‘ladi. O‘zgaruvchi 
uchun xotiradan ajratilgan joyning tartib raqami uning adresi hisoblanadi. 
O‘zgaruvchi ishlatilishidan oldin u aniqlangan bo‘lishi lozim [1]. 
Butun toifali o‘nlik sanoq tizimida: ular faqat butun sondan iborat bo‘ladilar. 
Masalan- 5; 76; -674 va h.k. Sakkizlik sanoq tizimidagi sonlar: 0 (nol) dan boshlanib, 
0 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: x=0453217; s=077, 
O‘n oltilik sanoq tizimidagi sonlar- 0 (nol) dan boshlanadi va undan keyin x 
yoki X harfi keladi, so‘ngra 0-9 raqamlari va a-f yoki A-F harflaridan iborat ketma-
ketliklar bo‘ladi. Masalan- 10 s.s.dagi 22 soni 8 s.s. da 026, 16 s.s.da 0x16 shaklida 
bo‘ladi. 
Haqiqiy toifali sonlar: ular butun va kasr qismlardan iborat bo‘ladilar. Masalan- 
8,1, -12,59 va x.k. Haqiqiy toifali sonlarning bu ko‘rinishi oddiy ko‘rinish deyiladi. 
Juda katta yoki juda kichik haqiqiy toifali sonlarni darajali (eksponensional) formada 
yozish qulay. Masalan: 7,204-1012 yoki 3,567*10-11 kabi sonlar 7.204e+12 va 
3.567e-11 ko‘rinishda yoziladi. 
Simvolli konstantalar
Ular qatoriga dastur bajarilishi’’ ichida qabul qilinadigan 
simvollar kiradi. C/C++ tilida har qanday o‘zgaruvchi ishlatilishidan oldin e’lon 
qilinishi kerak. E’lon qilish degani ularning toifalarini aniqlab qo‘yish demakdir [2]. 
C++ tilida quyidagi toifali o‘zgaruvchilar ishlatiladi: Butun toifali kichik sonlar 
yoki simvollar uchun- char uning o‘zgarish intervali -128 dan +127 gacha yoki 
apostrof ichidagi ixtiyoriy 1ta simvol. Xotiradan 1 bayt joy oladi. Simvollar ASCII 
kodlariga mos keladi. ( ASCII – American Standart Code for Information 
Interchange ) 
Butun toifali o‘zgaruvchilar- int. Masalan: int a, i, j ; Bu yerda dasturda 
ishlatilayotgan a, i, j o‘zgaruvchilarining toifasi butun ekanligi ko‘rsatildi. Bu 
toifadagi o‘zgaruvchilar 2 bayt joy egallaydi. Ularning o‘zgarish intervali: -32768 
dan +32767 gacha; (Hozirgi 32 razryadli kompyuterlarda 4 bayt joy oladi va oralig‘i 
2 marta oshgan). 
Butun toifali katta (uzun) o‘zgaruvchilar: long. Masalan: long s, s2, aa34; Bu 
toifadagi o‘zgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi. Ular –2147483648 dan +2147483647 
oraliqdagi sonlarni qabul qilishi mumkin. 



Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish