|
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784Bog'liq c-tilida-satrlar-bilan-ishlash (1)Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
590
Ishorasiz butun o‘zgaruvchilar: unsigned short – 2 bayt joy oladi, o‘zgarish
intervali 0 dan 65535 gacha; unsigned long – 4 bayt joy oladi, o‘zgarish intervali: 0
dan 4294967295 gacha; unsigned char – 1 bayt joy oladi, o‘zgarish chegarasi 0 dan
255 gacha. Haqiqiy toifadagi o‘zgaruvchilar, float. Masalan: float a, b: Bu yerda
dasturda ishlatilayotgan a, b o‘zgaruvchilarining toifasi haqiqiy ekanligi ko‘rsatilgan.
Bu toifadagi o‘zgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi va qabul qilish chegarasi 10-38 dan
10+38 gacha. Katta yoki kichik qiymatli o‘zgaruvchilarni ifoda etishda double toifasi
ishlatiladi. Ular uchun 8 bayt joy ajratiladi va qabul qilish chegarasi 10-304 dan
10+304 gacha. Juda katta yoki juda kichik qiymatli o‘zgaruvchilar uchun long
double toifasi ishlatiladi, u 10 bayt joy oladi va qabul qilish chegarasi 3.4*10-4932
dan 1.1*10-4932 gacha [3].
Qator toifasidagi o‘zgaruvchilar uchun ham char toifasi belgilangan. Ular ham 1
bayt joy oladi va 0 dan 256 tagacha bo‘lgan simvollar ketma-ketligidan iborat
bo‘lishi mumkin. Satr toifasidagi o‘zgaruvchilar qo‘shtirnoq (“) ichida yoziladi. C++
tilida o‘zgaruvchilarni inisializasiya qilish degan tushuncha ham mavjud.
Inisializasiya qilish degani o‘zgaruvchini e’lon qilish barobarida unga boshlang‘ich
qiymatini ham berish demakdir. Masalan: int a=5, b, s=-100; - a, b, s o‘zgaruvchilari
butun toifali ekanligi ko‘rsatildi va a o‘zgaruvchisiga 5 (a=5), s o‘zgaruvchisiga esa –
100 (s=-100) boshlang‘ich qiymatlar berildi. Dastur bajarilishi jarayonida o‘z
qiymatini o‘zgartira olmaydigan kattaliklar o‘zgarmaslar deyiladi. Masalan: x=1;
bo‘lsa keyinchalik x=x+5 deb yozib bo‘lmaydi. O‘zgarmaslarni const so‘zi bilan
ko‘rsatiladi. Maslan: const int x=95; float y=9.17; ( const lar simvol yoki nol (NULL)
bo‘lishi xam mumkin.) C++ tilida standart funksiyalarning yozilishi:
Direktivalar
– #include direktiva – instruksiya degan ma’noni beradi.
C++ tilida dasturning tuzilishiga, ya’ni ehtiyojiga qarab, kerakli direktivalar
ishlatiladi. Ular < > belgisi orasida keltiriladi. Umuman olganda quyidagi direktivalar
mavjud (jami 32 ta):
#include - C da oddiy kiritish/chiqarish dasturi uchun. Bu yerda std -
standart, i – input, o - output degani.
#include - C++ da kiritish/chiqarish uchun, oddiy amallar
bajarilsa.
#include - standart funksiyalarni ishlatish uchun.
#include - dasturning tashqi ko‘rinishini shakllantirish uchun.
#include - satr toifasidagi o‘zgaruvchilar ustida amallar bajarish
uchun.
#include - standart kutubxona fayllarini chaqirish uchun.
#include - kompyuter ichidagi soat qiymatlaridan foydalanish uchun.
|
| |