Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana18.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#241339
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
c-tilida-satrlar-bilan-ishlash (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(9), September, 2023 
591 
#include  - C++ tilining grafik imkoniyatlaridan foydalanish uchun. 
Bu fayllar maxsus kutubxona e’lon fayllari hisoblanadilar va ular alohida 
INCLUDE deb nomlanadigan papkada saqlanadi. Hozirda C++ kutubxonasini 
yangilandi va undagi fayllarning nomlaridan .h (head – bosh ma’nosida) kengaytmasi 
olib tashlandi va oldiga c harfi qo‘shildi (C dan qolgan 18 tasiga). Bu fayllarda 
funksiya prototoifalari, toifalari, o‘zgaruvchilar, o‘zgarmaslar ta’riflari yozilgan 
bo‘ladi [4]. 
Direktivalar dasturni uni kompilyasiya qilinishidan oldin tekshirib chiqadi. 
Makroslar - # define makro qiymati. Masalan: 
#define y sin(x+25) – u = sin(x+25) qiymati berildi
#define pi 3.1415 - pi = 3.1415 
#define s(x) x*x - s(x) = x*x (; belgisi qo‘yilmaydi) 
Global o‘zgaruvchilarni e’lon qilish. Asosiy funksiya ichida e’lon qilingan 
o‘zgaruvchilar lokal, funksiyadan tashqarida e’lon qilinganlari esa global 
o‘zgaruvchilar deyiladi. Global o‘zgaruvchilar dastur davomida ishlaydi va xotiradan 
ma’lum joyni egallaydi. O‘zgaruvchini bevosita ishlatishdan oldin e’lon qilsa ham 
bo‘ladi, u holda o‘z lokal bo‘ladi. Global o‘zgaruvchilar nomi lokal o‘zgaruvchilar 
nomi bilan bir xil bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatda lokal o‘zgaruvchining 
qiymati joriy funksiya ichidagini qiymatini o‘zgartiradi, funksiyadan chiqishi bilan 
global o‘zgaruvchilar ishlaydi [5]. 
Asosiy funksiya - main ( ) hisoblanadi. Bu funksiya dasturda bo‘lishi shart. 
Umuman olganda C++ dagi dastur funksiyalardan iborat deb qaraladi. main ( ) 
funksiyasi { boshlanadi va dastur oxirida berkitilishi shart } . main – asosiy degan 
ma’noni beradi. Bu funksiya oldida uning toifasi ko‘rsatiladi. Agar main ( ) 
funksiyasi beradigan (qaytaradigan) javob oddiy so‘z yoki gaplardan iborat bo‘lsa, 
hech qanday natija qaytarmasa, void so‘zi keltiriladi. main ( ) funksiyasi dastur 
tomonidan emas, balki OS tomonidan chaqiriladi. OSga qiymat qaytarish shart emas, 
chunki u bu qiymatdan foydalanmaydi. Shuning uchun main ( ) funksiyasining turini 
void deb ko‘rsatganimiz ma’qul. Har bir funksiyaning o‘z argumenti bo‘ladi, shuning 
uchun main funksiya ( ) lari ichiga uning parametri keltiriladi. Ba’zan u bo‘sh 
bo‘lishi ham mumkin. Bu funksiyadan chiqish uchun odatda return operatori 
ishlatiladi. 0 (nol) qiymatining qaytarilishi operasion tizimga ushbu dastur normal 
bajarilib turganini bildiradi. return orqali qaytadigan qiymat toifasi funksiya 
e’lonidagi qaytish toifasi bilan bir xil bo‘lishi kerak [5].
Masalan int main ( ) va 0 (nol) qiymat butun toifalidir. Bu funksiyadan so‘ng 
lokal o‘zgaruvchilar, qism dasturlar, ularning haqiqiy parametrlar e’lon qilinadi. 
So‘ngra dasturning asosiy operatorlari (kiritish/chiqarish, hisoblash va h.k.) yoziladi. 



Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish