Oriental universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-1 guruh talabasi odiljonova zahroning boshlang’ich sinfda tabiiy fan fanidan eritmalarning xossalari mavzusida tayyorlagan




Download 1.02 Mb.
Sana16.04.2024
Hajmi1.02 Mb.
#197882
Bog'liq
ERITMALAR ZAHRO
axborot tizimlari, 6-informatika-12-dars, Axborot, 3-labaratoriya ishi, file (20), Simsiz aloqa tizimlari ma’lumotlarni uzatish tizimlaridan qaysi , china, Oriental University Philology Faculty 3-group student Murotova Go’zal’s

ORIENTAL UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 3-1 GURUH TALABASI ODILJONOVA ZAHRONING BOSHLANG’ICH SINFDA TABIIY FAN FANIDAN ERITMALARNING XOSSALARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

TAQDIMOTI


Eritmalar
nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan ikki va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat, undagi molekula yoki ionlar baravar tarqalgan boʻladi. Eritmalarda erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur.
Odatda, erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda olinadi. Masalan, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar ikki modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi. Eritmalar tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi (ekzoderma) yoki yutilishi (endoderma) ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. Eritmalar tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini koʻrsatadi. 
Bundan tashqari, eritmalar tarkibidagi alohida komponentlarning xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab boʻlmaydi. Eritmalar tarkibining oʻzgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farqlantiradi. Shu bois ham eritmalar mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oraligʻidagi moddalar deb qabul qilinadi.
Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil boʻlishi individual modda molekulalarining oʻzaro taʼsiri buzilib, eritma komponentlari orasida yangi molekulalararo bogʻlanish vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Kristall yuzasidan ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli erituvchining butun hajmi boʻylab baravar tarqaladi.
Download 1.02 Mb.




Download 1.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oriental universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-1 guruh talabasi odiljonova zahroning boshlang’ich sinfda tabiiy fan fanidan eritmalarning xossalari mavzusida tayyorlagan

Download 1.02 Mb.