• O‘smirning o‘yinda o‘tkazayotgan vaqti miqdorining oshib borishi
  • O‘rinboyev Shoxruh




    Download 95,4 Kb.
    bet2/5
    Sana16.02.2024
    Hajmi95,4 Kb.
    #157882
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Virtual tutqunlikka qarshi kurash

    Bu esa yoshlarda tarixiy voqelikka ob’ektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. Ayni davrda yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli xil vayronkor g‘oyalarning kirib kelishi ayniqsa, internet tarmog‘i orqali ko‘proq ko‘zga tashlanyapti. Bu jarayon farzandlarimizning kompyuter texnologiyalari, turli kompyuter o‘yinlariga qiziqishining ortishi bilan ham bog‘liq. Ularning bu qiziqishlaridan buzg‘unchi g‘oya targ‘ibotchilari o‘z maqsadlari yo‘lida samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Boshqacha aytganda, «o‘yinbozlik» jamiyatning ma’lum bir qismiga tahdid ekanligini yaxshi biladigan ekstremistlar o‘smirlar, yoshlar ongini shu yo‘l bilan egallashga harakat qilmoqda. «Olimlar I. P. Korolenko va T. A. Donskix o‘yinbozlik alomatlarini shunday tasniflashgan:

    O‘smirning o‘yinda o‘tkazayotgan vaqti miqdorining oshib borishi

    • O‘smirning o‘yinda o‘tkazayotgan vaqti miqdorining oshib borishi
    • Oldingi odatlar, qiziqishlar doirasi torayib, o‘yin haqida ko‘proq o‘ylashi;
    • Yutsa ham, yutqizsa ham o‘yindan chiqa olmasligi;
    • O‘yin boshlanishini orziqib kutish, o‘yinsiz qolganda bezovta bo‘lib, asabiylashish;
    • Tobora ko‘proq o‘ynash istagi, o‘yinga tobora ko‘proq narsa tika borish

    O‘yindan o‘zini to‘xtata olmay qolishi. «Bo‘ldi, o‘yinni tashladim», – deydi, biroq oldin birga o‘ynagan sheriklarini ko‘rsa, o‘yin haqida gap ochilsa, o‘yingohning yonidan o‘tayotganda qaroridan tez aynib qoladi;

    • O‘yindan o‘zini to‘xtata olmay qolishi. «Bo‘ldi, o‘yinni tashladim», – deydi, biroq oldin birga o‘ynagan sheriklarini ko‘rsa, o‘yin haqida gap ochilsa, o‘yingohning yonidan o‘tayotganda qaroridan tez aynib qoladi;
    • Ota-onasidan o‘yinga pul olish uchun yolg‘on gapirishi, o‘g‘irlik qilishi;
    • Oila a’zolaridan, shifokorlardan va boshqalardan o‘zining o‘ta o‘yinparastligini yashirib, yolg‘on gapirishi kabilar o‘smirning o‘yinparastligidan dalolat beradi».

    Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi. Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas.


    Download 95,4 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 95,4 Kb.