O‘rinboyev Shoxruh




Download 95,4 Kb.
bet3/5
Sana16.02.2024
Hajmi95,4 Kb.
#157882
1   2   3   4   5
Bog'liq
Virtual tutqunlikka qarshi kurash

Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi. Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas.

Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan. Internetdagi vertual video o‘yinlar yoshlariga o‘z ta’sirini o‘tkazyati. Ularning ma’naviy ongiga va ruhiyatiga futur еtkazyapti. Bu vertual o‘yinlarni Amerika tibbiyot uyushmasi videoo‘yinlarga berilib ketishni rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish niyatida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli. Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. 


Download 95,4 Kb.
1   2   3   4   5




Download 95,4 Kb.