180
jixozlanadi, unga murojat qilish boshqa dasturiy modullardan ham mumkin bo‘ladi
(12.3-chizma).
12.3-chizma. Amaliy dasturiy ta’minot muloqatini tashkillashtirish
Beruvchi (o‘rnatuvchi) modullar boshqaruv ob’ektini berilgan o‘zini tutishini
qator dasturiy –ega bo‘lishli o‘zgaruvchilar to‘plami ko‘rinishida bayon qilish
vazifasini bajaradi. O‘rnatuvchi funksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan
axborotni (masalan, funksiya turini tanlash) beruvchi
operatordan olishi mumkin
yoki boshqarish ob’ekti haqidagi axborotga asosan mustaqil ravishda hosil qilishi
mumkin. Ob’ektni xohlangan tutishini beruvchi funksiya’ni matematik hisoblashlar
yo‘li bilan joriy etish mumkin yoki ushbu funksiya qiymatlar to‘plamini saqlovchi
hotira qismiga murojat qilish yo‘li bilan joriy etish mumkin. Usullardan birini
tanlash ko‘rsatgichi bo‘lib zarur bo‘lgan aniqlik va
hisoblashning talab etilgan
tezligi bo‘la oladi.
O‘lchov modullari boshqaruv ob’ekt datchiklar apparati bilan muloqatni
amalga oshiradi, boshqaruv ob’ektni hozirdagi holati haqidagi axborotlarni dasturiy
– ega bo‘lishli o‘zgaruvchilar to‘plami ko‘rinishida dasturlarga havola qiladi.
Boshqaruvchi modullar (rostlagich) boshqarish ob’ektini talab etilgan o‘zini
tutishi haqidagi axborot asosida va uning real o‘zini
tutishi haqidagi axborotga
asoslangan holda ob’ektga beriladigan ta’sirni qurish uchun mo‘ljallangan. Hozirgi
Фойдаланувчи
Масала
қўювчи
Ростлагич
Драйвер
Объект
Ўлчов
воситаси
181
vaqtda avtomatik boshqaruv nazariyasi doirasida yetarli darajada ko‘p sonli
boshqarish usullari yaratilgan.
Ob’ekt drayverlari boshqaruv ta’siri haqidagi axborotni boshqaruv ob’ektiga
mos bo‘lgan boshqarish ta’sir turiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Masalan,
chastota datchigi o‘rnida taxogeneratorli qadamli elektr yuritma aylanish
chastotasini
boshqarishni joriy etish uchun, beruvchi talab etilgan aylanish chastota
qiymatini hosil qiladi (sekundda aylanish), o‘lchov vositasi chastotani hozirdagi
qiymatini beruvchining o‘lchov birligida aniqlaydi, analog-raqam o‘zgartiruvchi
ko‘rsatgichini sekundiga aylanish soniga hisoblashni amalga oshirib, boshqaruvchi
rostlagich ob’ektga ta’sir darajasini anqlaydi (masalan, rostlagichning proporsional
funksiyalarini hisoblash yo‘li bilan), drayver esa olingan ta’sir
darajasini qadam
dvigatelning faza o‘ramlar kommutatsiya signaliga o‘zgartiradi, rostlagichdan
olingan aniqlovchi axborot chastota bilan keluvchidir.
Drayver va o‘lchov vositasi amaliy dasturiy ta’minotning ob’ektga-bog‘liq
komponentlariga taluqlidir, beruvchi va rostlagich esa – ob’ektga-bog‘liq bo‘lmagan
komponentlarga taluqlidir. Boshqaruv ob’ekti o‘zgarganda ob’ekt drayverini ham
shuningdek o‘zgartirish kerak bo‘ladi (bayon qilingan tizimda qadamli dvigatelni
o‘zgarmas tok generatoriga almashtirishda ob’ekt drayveridan boshqarishni joriy
etilishini
talab etadi, masalan, keng-impulsli modulyatsiya usuli bilan). Ob’ekt
datchiklarini o‘zgartirilganda esa o‘lchov vositasini ham o‘zgartirish kerak bo‘ladi.