152
ARINC-658 standarti (Avionics Application Software Standarface) ARINC
kompaniyasi tomonidan 1997 yili loyihalashtirilgan. Bu standart aviatsiya
kompyuterining operatsion tizimi va amaliy dasturiy ta’minot o‘rtasidagi universal
dasturiy interfeys ekanligini aniqlab bergan APEX (Application/Executive). Amaliy
dasturiy ta’minoi va operatsion tizim servislari o‘rtasidagi interfeysiga bo‘lgan
talablar shundek aniqlanadiki, amaliy dasturiy ta’minotga dispetcherlashtirishni
nazorat qilish, aloqa va ichki ishlov beruvchi elementlar holatini hal qilishi kerak
bo‘ladi.
OSEK standarti
OSEK /VDX standarti – standartlar kombinatsiyasi, ular azaltdan alohida ikki
avtomobil konsorsiumlarida
loyihalashtirilgan, keyinchalik ular qo‘shilib ketgan.
Dastlab OSEK /VDX loyiha operatsion tizimning ochiq arxitekturasi uchun standart
va avtomobil sanoatida ishlatiladigan tizimlar uchun API standartini yaratishga
mo‘ljallangan. Biroq loyihalashtirilgan standart ancha abstrakt bo‘lib chiqdi va
ishlatilishi faqat avtomobil sanoati bilan cheklanib qolmada.
Standartni qabul qilgan konsorsiumning
oxirgi tarkibiga yetakchi
Germaniyalik avtomobil ishlab chiqaruvchilari ham kirdi – BMW, Bosch, Daimler
Benz (xozir Daimler Chrysler), Opel, Siemens va Volkswagen, shuningdek
Karlerue (Germaniya) universiteti.