etiladi. Platada sozlash jarayonlarini amalga oshirishda bir qancha dasturlash
muhitlari mavjuddir. Ushbu muhitlardan biri - AVR Studio 4 muhiti hisoblanadi.
AVR Studio 4 - bu ishlab chiqarish muhiti bo’lib, (IDE, Integrated Development
Environment), AVR-operatsion tizimlar uchun juda ham qulay muhit hisoblanadi.
Ushbu muhit 8 razryadli AVR RISC mikrokontrollerlari uchun dasturiy muhit
hisoblanadi. Muhitda assembler va S (si) dasturlash tillaridan foydalaniladi.
4.3-rasm
AVR Studio 4 muhiti oynasi
Hosil qilingan dastur .hex kengaytmali faylini mikrokontrollerga yuklab
boshqaruv qurilmalarini ishga tushiramiz. Uning uchun
maxsus dasturiy muhitlar
mavjud bo’lib, ulardan AVRDUDE muhitidir.
4.4-rasm AVRDUDE
oynasi
4. Drayver tushunchasi
Drayver bu - kompyuterdagi qurilmalarni (videkarta, wifi modul, bluetooth
modul vahakazo) operatsion tizim bilan bog’lab beruvchi maxsus dastur. Bu dastur
bo’lmasa, sizdagi qurilmalar umuman ishlamaydi. Misol uchun,
notebook sotib
oldingiz, undagi Wi-Fi modul ishlamayapti, yoki statsionar kompyuteringiz bor, lekin
undan ovoz chiqmayapti. Tanish holatmi). Demak, xulosa shuki, drayversiz sizning
qurilmangiz temirning o’zi. Drayver sizda mavjud bo’lishi kerak. Odatda, kompyuter
yoki notebook sotib olsangiz, sizga qo’shimcha disk beriladi, shu diskda sotib olgan
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 September 2021
www.openscience.uz
236
hisoblash mashinangizdagi barcha qurilmalarning drayverlari mavjud bo’ladi,
kompyuterni yoqasiz diskni tiqasiz va drayverlarni ketma-ket o’rnatib chiqasiz,
hammasi oddiy.
Men bilishimcha, hozirda ko’p kompyuter do’konlari,
notebook yoki statsionar
kompyuterlarga drayver yozilgan disk qo’shib berishmayotgan ekan.
Kompyuter sotib olayotganda, albatta, sotuvchidan drayver yozilgan disklarni
so’rang, uyalmang va qo’rqmang.Sotib olayotganda drayver diskini olmagan bo’lsa,
nima qilish kerak?
Sizga kerak bo’ladigan drayverlarni topishning ko’p usullari bor, shulardan
birini yozib o’taman.
Bu usul maxsus dastur-Driver Booster (https://t.me/planetaitsoft/100) orqali
drayverlarni qidirish.
1. Driver Booster dasturini o’rnatasiz. O»rnatish
jarayonida internet talab
qilinmaydi, faqat yandex brauzerlarni o’rnatish taklif qilinadi, belgilashlarni olib
tashlab, ularni o’rnatmang.
2. Dastur avtomat ishga tushadi, «Сканировать» bosiladi va dastur sizni
kompyuterni analiz qiladi va qaysi drayverlar
kerakligini aniqlaydi, bu holat uchun
kompyuter internetga ulangan bo’lishi lozim.
3.Sizga 3 xil ustun taklif qilinadi:
Drayver o’rnatilmagan qurilmalar.
Drayver o’rnatilgan, lekin eski versiyasi.
Drayverning oxirgi versiyasi o’rnatilgan.
4. O’rnatish kerak bo’lgan qurilmalarni belgilaysiz va «Обновить сейчас»
tugmasini bosasiz, albatta internetga ulangan holda.
5. Dastur o’z bazasida mavjud bo’lgan va sizga mos keladiganlarini o’rnatib
beradi.
6. Kompyuterni qayta yuklash so’raladi va barcha qurilmalaringiz ishga tushadi.
Windows 10 va Windows 7 tizimlarida tekshirildi. Windows 10 o’rnatilgan HP
notebook’ka dastur o’rnatilib, shu orqali 140MB’ga yaqin drayver ko’chirib
olingandan so’ng, ko’k ekran chiqib, qayta yuklandi va muammosiz ishladi.
Drayverlarni har doim Windows operatsion tizimi o’rnatilgandan so’ng, darhol
o’rnating, shunda muammolar bo’lmaydi. Hamma dasturlarni qo’yib, so’ng drayver
o’rnatsangiz, qandaydir muammo bo’lsa, yana qaytadan shu dasturlarni o’rnatish
kerak bo’lib qoladi.Drayverlani bitta-bitta o’rnating, shunda qaysidir bittasida
muammo bo’lsa, aynan qaysinda muammoligini bilib olasiz.
Xulosa
Men ushbu loyiha ishimni tayyorlash davomida o’rnatilgan
tizimlarning asosiy
tushunchalari va drayverlari to’g’risida ko’plab malumotlarga ega bo’ldim va bu
mavzuda bilimimni boyitib oldim. Misol uchun : o’rnatilgan tizim, shaxsiy
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 September 2021
www.openscience.uz
237
kompьyuterlar, elektronik qurilma, GPS (Global Positioning Satellite, PDA (Personal
digital assistant), raqamli televidinie, telefon kamera, router, xab, CPS (Cyber
physical system), o’rnatilgan taroq tizimlari, o’rnatilgan tizimlarin loyihalashtirish va
drayverlar o’rnatish to’grisida turli xil malumotlarga ega bo’ldim. Hamda o’rnatilgan
tizimlarni boshqarish dasturiy ta’minotini SN ATMega128A
platasida sozlash
afzalliklaridan tashqari, yaratilgan dasturiy ta’minotni qurilmalarga yuklab, ish
jarayonini vizual kuzatishda bir qancha muammolar kelib chiqadi. Ushbu
muammolarni bartaraf etish uchun SN ATMega128A platasida sozlash ishlari amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, keltirilgan dasturiy muhitlar
foydalanuvchi uchun
tushunarli va qulay bo’lishi bilan birga, murakkab o’rnatilgan tizimlar uchun dasturni
yaratish va jarayonining oddiyligi, mikrokontroller turlarining mavjudligi, ularning
qurilmalarini ish jarayonini tarkibiy qismini ishlash imkoniyatining mavjudligi va
boshqa imkoniyatlarga ega shuningdek O’rnatilgan
tizimlarda qurilmalarning
drayverlarining so’ngi versiyasini o’rnatish kerak ekanligi bildim.