• Bajardi
  • O‘rnatilgan tizimlari fanidan 1-mustaqil ish mavzu




    Download 151.69 Kb.
    bet1/2
    Sana14.04.2024
    Hajmi151.69 Kb.
    #195534
      1   2
    Bog'liq
    ornatilgan tizimlar mustaqil ish
    BIRLIK, 61e54be6345e45.35724858, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR, 8-SINF Informatika va AT, А.А. Nizametdinov (2)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Kompyuter injiniringi fakulteti
    Sun’iy intellekt kafedrasi


    O‘rnatilgan tizimlari fanidan

    1-MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Analog-raqam, raqam – analog o‘zgartiruvchi qurilmalar.

    Bajardi: 413-21-guruh talabasi
    Shermahamedov Samandar
    Tekshirdi: Abdug’aniyev Muxriddin

    TOSHKENT – 2024
    Reja:
    1.Asosiy tushunchalar
    2.Impuls kodli modulyatsiya
    3.Differensial impuls kodli modulyatsiya
    4.Delta modulyatsiya
    Uzluksiz xabarlarni raqamli aloqa kanallari orqali uzatish mumkin. Uzluksiz xabarlar dastlab uzluksiz signallarga aylantiriladi. Ushbu uzluksiz signallar spektri kengligi 𝐹𝑠 va davomiyligi 𝑇𝑠 ga teng bo‘lsa, Kotelnikov teoremasiga asosan o‘zining ∆𝑡 ≤ 1/2𝐹𝑠 oralig‘ida aniqlangan 𝑛 = 𝑇/∆𝑡 ta oniy qiymatlari yordamida uzatilishi va qayta tiklanishi mumkin. Agar ∆𝑡 ≤ 1/2𝐹𝑠 qilib tanlansa, signalni yuqori aniqlikda uzatishni va qayta tiklashni ta’minlash mumkin. Uzluksiz signalning ∆𝑡 oraliqda olingan qiymatlarini kodlab, kodlar ketmaketligi raqamli aloqa kanallari orqali uzatilishi mumkin. Raqamli signallar uzluksiz (analog) signallarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Bulardan biri ularning yuqori darajada xalaqitbardoshligidir. Uzluksiz signalga kuchsiz xalaqit ta’sir etgan bo‘lsa ham uni asl holida aniq tiklash mumkin emas. Chunki uzluksiz signal va unga ta’sir etayotgan xalaqit bir-biridan shaklan farqlanmaydi. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Raqamli signal ma’lum diskret sathlarga ega bo‘lganligi uchun, xalaqitning ta’siri faqatgina signalning asl sathi biridan ikkinchisiga o‘tgandagina hosil bo‘ladi. Buning uchun xalaqitning qiymati – sathi ancha katta bo‘lishi kerak. Raqamli signallarning ikkinchi afzalligi ularning aloqa kanali orqali uzatishda xalaqitbardosh kodlardan foydalanish mumkinligidadir. Uchinchi afzalligi, raqamli signallarga ishlov berishda murakkab algoritmlarni (jarayonlarni) amalga oshirish mumkin. Yuqoridagi bir qator afzalliklari asosida va zamonaviy mikroradioelektronikaning yutuqlari asosida signallarni raqamli shaklda uzatish kelajakda xabarlarni uzatishning asosiy yagona usuli bo‘lishi ehtimolidan holi emas.

    Download 151.69 Kb.
      1   2




    Download 151.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rnatilgan tizimlari fanidan 1-mustaqil ish mavzu

    Download 151.69 Kb.