|
O‘rnatilgan tizimlari fanidan 1-topshiriq mavzu
|
bet | 1/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 481,88 Kb. | | #232137 |
Bog'liq 1-topshiriq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter injiniringi fakulteti
Sun’iy intellekt kafedrasi
O‘rnatilgan tizimlari fanidan
1-TOPSHIRIQ
Mavzu: Arduino IDE muhiti o‘rnatish, led diod va tugma yordamida loyiha ishlab chiqish
Bajardi: 214-21 guruh talabasi
Abdibayev Nursultan.
Tekshirdi: Xoldorov Sh.I.
TOSHKENT – 2024
1-Topshiriq
Ishdan maqsad: Talabalarga Arduino mikrokontrolleri va uning datchiklar haqida ma’lumot berish. Ular bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish
Kerakli komponentlar:
Quyida keltirilgan kerakl komponentlar va elementlar virtual platformada mavjud va ulardan foydalaniladi.
➢ Tinkercad.com
➢ Arduino UNO ning kontrolleri;
➢ sxemani yig‘ish uchun plata;
➢ o‘chirib yoqish tugmasi; (2 dona)
➢ yorug‘lik diodi; (qizil-4, sariq-2, yashil-4 dona)
➢ 10 kOm qiymatli qarshilik; (2 dona)
➢ 25 Om qiymatli qarshilik; (6 dona)
➢ aloqa simlari.
Nazariy ma’lumot:
Yorug‘lik diodi – bu elektr tokini bevosita yorug‘lik nuriga o‘zgartiruvchi. Inglizchasiga yorug‘lik diodini lighte mitting diode deb ataladi yoki LED. Yorug‘lik diodini yorug‘lik ko‘rsatgichlari unda ishlatilgan yarimo‘tkazgichning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Yorug‘lik diodi spektorning tor qismda nurlanadi, uning yorug‘ligi tiniq. Yorug‘lik diodi mexanik jihatdan puxta va nixoyatda ishonchli, uning ishlash muddati 100 ming soatgacha yetishi mumkin, lyuminessent lampaga nisbatan 5-10 marotaba ko‘p. Yorug‘lik diodi past voltli element bo‘lganligi uchun u xavsiz.
Yorug‘lik diodlari qutbli, ularni qaysi yo‘nalishda ulashning ahamiyati bor. Yorug‘lik diodining musbat oyoqchasida (ozroq uzun) anod deb ataladi, manfiy oyoqchasi – katod. Barcha diodlar kabi yorug‘lik diodlari ham tokni bir tarafga oqishini ta’minlaydi – anoddan katodga. Tok musbatdan manfiyga qarab oqqani uchun yorug‘lik diodining anodiga raqamli 5 V signal ulanishi kerak, katodi esa yerga ulanishi kerak.
|
| |