• 21.4-rasm. Elektron sug‘urta polisini tuzish jarayonlari
  • -rasm. Takomillashtirilgan sug‘urta kompaniyasi axborot tizimining tarkibiy tuzilishi




    Download 0.72 Mb.
    bet5/6
    Sana19.05.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #62121
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    21-mavzu
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    21.4-rasm. Takomillashtirilgan sug‘urta kompaniyasi axborot tizimining tarkibiy tuzilishi

    Milliy sug‘urta bozoriga elektron polislarning joriy etilishidagi afzalliklar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


     sug‘urta shartnomalarini tuzishda hujjat aylanishining soddalashishi va sug‘urta mahsulotlarini sotish xarajatlarining qisqarishiga olib keladi, chunki elektron polislar sug‘urta kompaniyasi tomonidan bir marta beriladi va polisning muddati uzaytirilganda faqat ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar o‘zgaradi, elektron polisni ishlab chiqish xarajati qayta talab etilmaydi;
     sug‘urta vositachi va sotuvchilari ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish osonlashadi, ya’ni elektron ko‘rinishda shartnomaning tuzilganlik faktini nazorat qilish osonroq bo‘ladi va sug‘urta polislariga sarflanuvchi xarajatlarini tejab qolish imkonini beradi;
     sug‘urta shartnomasining tuzilganligi to‘g‘risida tezkor axborotlar olish mumkin. Bugungi kunda ba’zan tuzilgan sug‘urta shartnomasi to‘g‘risidagi axborotlar sug‘urta kompaniyasigacha etib kelishi yarim yil va hatto undan ko‘p vaqt o‘tgach amalga oshishi mumkin. Elektron polislarning joriy etilishi sug‘urta kompaniyasiga tuzilgan har bir polis haqida tezkor ma’lumotlar olish, muddati o‘tgan polislarni nazorat qilish imkonini beradi;
     sug‘urta qilinuvchi tomonidan polis uchun to‘lovning o‘z vaqtidaligini nazorat qilish va sug‘urta vositachisi tomonidan sug‘urta kompaniyasiga pullarning o‘tkazilishini tezlashtiradi;
     asosiy sotuvlar kanali sifatidagi internet-sotuvlardan foydalanish sug‘urta polislarini sotish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga olib keladi.


    21.4-rasm. Elektron sug‘urta polisini tuzish jarayonlari

    Bugungi kunda eng ommaviy va rivojlangan jamoaviy foydalanishning global aloqa tizimi Internet bo‘lib, 2017 yilda Internet dunyoning 150dan ortiq mamlakatida 3,5 mlrd.dan ortiq foydalanuvchiga ega. Har oyda tarmoqning ko‘lami 7-10 %ga oshmoqda. Internet butun dunyodagi turli muassasalarga tegishli turli axborot tarmoqlarining o‘zaro aloqasini ta’minlovchi yadroni tashkil etib, avval tarmoq faqat fayllar va elektron pochta xabarlarini uzatish muhiti sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugungi kunda resurslarga taqsimlangan kirishning yanada murakkab masalalarini hal etmoqda. Shu bilan birga tarmoqda qidirish funksiyalari va taqsimlangan axborot resurslari, elektron arxivlarni qo‘llab-quvvatlovchi qobiqlar ham yaratilgan.


    Sug‘urta kompaniyalarida axborot tizimiga sarflanuvchi xarajatlarni AKTga egalik qilishning birgalikdagi qiymat konsepsiyasi (BQK) yordamida baholash mumkin. BQK ko‘rsatkichi deganda sug‘urta kompaniyasining sug‘urta axborot tizimlarini tatbiq qilish yo‘lidagi bevosita va bilvosita xarajatlari tushuniladi.
    Sug‘urta kompaniyasi axborot tizimiga ajratiladigan bevosita xarajatlar quyidagilardan iborat:
    kapital xarajatlar, ya’ni apparatli va dasturiy ta’minot xarajatlari; sug‘urta axborot tizimini boshqarish bo‘yicha xarajatlar; apparatli va dasturiy ta’minotni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xarajatlar; autsorsing xarajatlari; xizmat safarlari xarajatlari;
    aloqa xizmatining xarajatlari; xarajatlarning boshqa guruhlari.


    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Takomillashtirilgan sug‘urta kompaniyasi axborot tizimining tarkibiy tuzilishi

    Download 0.72 Mb.