Orol dengizidagi bugungi holat va muammolar




Download 26.33 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi26.33 Kb.
#95883
Bog'liq
AGROEKO
Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi

OROL DENGIZIDAGI BUGUNGI HOLAT VA MUAMMOLAR


REJA:


  1. OROL DENGIZIDAGI BUGUNGI HOLAT

  2. OROL DENGIZI SUVINING QURIB BORISHI

  3. OROL DENGIZIDAGI MUAMMOLAR

Orol va Orolbo‘yi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni miloddan avvalgi II asrda yashagan geograf Klavdiy Ptolemey yozib qoldirgan. U tuzgan „Dunyo xaritasi“da hozirgi Orol dengizi o‘rnida „Oks“ ko‘li tasvirlangan. IX asrda yashagan arab olimi Ibn Xurdodbex Amu-Sirdaryo „Kurdor“ ko‘liga quyilgan desa, X asrda yashagan Al-Mas’udiy hozirgi Orol ko‘lini „Jurjoniya“, Beruniy esa „Xorazm“ ko‘li deb atagan. Fransuz geografi Delil 1723- yili tuzgan xaritasida Orol botig‘ida joylashgan suv havzasini birinchi marta „Orol“ deb nomlagan. Orol dengizining tubi tektonik harakatlar ta’sirida cho‘kishi natijasida paydo bo‘lgan. Orol cho‘kmasining ilk Amudaryo va Sirdaryo suvi bilan to‘lishi eramizdan avvalgi 1- ming yillikning birinchi yarmida ro‘y bergan. So‘ngra tabiiy omillar ta’sirida (Amudaryo va Sirdaryo suvining ko‘payib, ozayib turishi ta’sirida) Orol dengizi suv sathi goh pasayib, goh ko‘- tarilib turgan. So‘nggi 200 yil (1961- yilga qadar) ichida Orol dengizining suv sathi uch marta ko‘tarilib, ikki marta pasaygan. Orol havzasida 1961- yildan boshlab sug‘oriladigan yerlar maydonining muttasil ravishda ortib borishi, suv omborlar barpo etilishi, shaharlar va sanoat obyektlarining ko‘payishi, aholi sonining o‘sishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo yil sayin Orolga kam suv quya boshladi, aksincha, ko‘l yuzasidan bug‘lanish miqdorining ortib borishi oqibatida ko‘l suv sathi pasayib, asosiy qismi quruqlikka aylandi. 2005- yildan so‘ng Orolga Amudaryo suvining yetib bormasligi oqibatida 50 ming km2 qismi quruqlikka aylanib, eol qum relyefi shakllanib, ko‘l qismida tiðik sho‘rxoklar mintaqasi vujudga keldi. Shunday qilib, sobiq dengizning qurigan qismida o‘ziga xos tabiiy komponentlarga ega bo‘lgan yangi „Orolqum“ cho‘li paydo bo‘ldi. Orolning qurigan qismida birbiridan ajralib qolgan uchta — Shimoliy, Sharqiy va G‘arbiy Orollar saqlanib qolgan edi. Lekin so‘nggi yillarda bug‘lanish tufayli Sharqiy Orol suv sathi pasayib, hozir qurib qolib, o‘rni sho‘rxok, sho‘rxok- botqoqqa aylanib qoldi. G‘arbiy qismidagi nisbatan chuqur ko‘l ma’lum vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin. Orol dengizining qurigan qismi tuz makoniga ayla


Orolbo‘yi hududlariga tuz yog‘ini yog‘moqda. Bu esa iqtisodiyotga, aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda. Orolning qurigan qismidan tuz aralash chang- to‘zon uzoq masofalarga, hatto, O‘rta Osiyo tog‘laridagi muzliklar yuzasiga tushib, uning erishini tezlashtirmoqda. Tuz yomg‘iri, ayniqsa, unga yaqin bo‘lgan hududlarga katta iqtisodiy va ekologik zarar keltirmoqda. Orol dardi bugun barcha Markaziy Osiyo xalqlarining dardi, alamidir, chunki shu hududdagi yagona suv havzasi, iqlimining muhim qo‘rg‘oni bo‘lmish dengiz yo‘q bo‘lib ketmoqda. Bunday katta fojeaga sabab insoniyatning o‘zidir, to‘xtovsiz ortib borayotgan odamlar soni, ular o‘zlari uchun yaratayotgan sanoat korxonalari va texnologik jarayonlar, odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun sarflanadigan suv tufayli, Orol dengizini halokatga qadamma - qadam eltmoqdamiz.
Markaziy Osiyo yagona ekotizim hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikdagi maqsadga yo‘naltirilgan ekologik siyosat va o‘zaro hamkorlikning yagona ilmiy, huquqiy, moliyaviy va texnologik bazasini mukammal rivojlantirish evazigagina ushbu ekotizimni muayyan holda saqlab qolish mumkin. Mutaxassislarning bashorati bo‘yicha global temperaturaning oshishi hisobiga Markaziy Osiyodagi mavjud muzliklar zahirasining 40-50 foizga kamayishi kutilmoqda, bu esa suv ta’minotining 20-30 foiz qisqarishiga olib keladi. 1960-1965-yillarga qaraganda, Orol dengizining suv sathi 22 metrga pastlashdi, egallab turgan suv maydoni 3,8 martaga kichraydi. 1960-yillarda Orol dengizidagi suv hajmi 1064 km3 bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda suv hajmi bor-yo‘g‘i 115 km3 ga teng. Suvdagi tuz miqdori ko‘payib, bir metrida 72 grammgacha etdi. Bir paytlar katta hudud suv bilan to‘la bo‘lganda, g‘arbi-shimoliy tomonlardan kelayotgan sovuq havoni o‘z maydonida isitib, respublikaga o‘tkazar edi. Bugun ana shunday shimol maydonidan mahrum bo‘lindi. Qish paytlari Orol dengizi hududidan chiqadigan bug‘lar shimol va g‘arbdan keladigan sovuq havo bilan aralashib, haroratni bir necha gradusga isitar edi. Ekologiya va tabiatni qo‘riqlash qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang va tuz uchib chiqib, dunyo bo‘ylab tarqalib ketmoqda. Yilning hamma faslida bunday bo‘ronli kunlarni, bir necha hafta mobaynida to‘xtovsiz havoda chang va qum bo‘ronlari aylanganini ko‘rish mumkin. Osmonga ko‘tarilayotgan chang va tuzli bo‘ronlar yaqin va uzoqdagi yerlarga yog‘ilib, ularni ifloslantirmoqda. O‘zbekistonda o‘simlik o‘stirish mumkin bo‘lgan yer yuzasi juda kam, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi barcha yerlar sho‘rlanib bo‘ldi. Orol dengizidan uchgan qum, chang va tuzlar faqatgina atmosfera emas, tuproq suvini ham baravariga ifloslantirib bormoqda. Bu hududlarda yashayotgan aholi ichimlik suvlarini faqatgina suv quvurlaridan ichishi lozim, shundagina ular iste’mol qiladigan suv biroz toza bo‘lishi mumkin. Chunki ochiq havzalardan suv iste’mol qilinganda, havoga ko‘tarilayotgan chang va tuzlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv ustiga kelib tushadi. Yer ustida yashab hayot kechirayotgan biologik turlar ham insonlar ta’siri ostida qurib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, har soatda dunyoda mavjud biologik turdan bittasi yo‘qolib bormoqda. Tabiatga munosabat shu tarzda davom etaversa, XXI asrda insoniyatni nimalarga olib kelishini aytish qiyin. Osiyo mintaqasida qurilgan irrigatsiya inshootlaridan eng katta talafot ko’rgani Orol dengizidir. Unga quyilgan Sirdaryo va Amudaryo suvining yangi o’zlashtirilgan yerlarga, suv omborlariga, sanoat korxonalariga olinaverishi bu daryolarning quyi oqimida suvni juda kamaytirib yubordi. Sirdaryo suvi 1974-yildan beri Orolga yetib bormayapti, Amudaryodan borayotgan suv ham juda kam. Oqibatda Orol dengizining hajmi keskin kamayib bormoqda. Suvning sho’rligi bir litrda 9,9 grammdan 22 grammgacha ko’tarilgan. Suvning minerallashuvi davom etib, har litrida tuz miqdori 60—100 grammga yetishi mumkin. Bunday sho’r suvda na baliq, na boshqa hayvon yashay oladi. Orol atrofida sho’rxoklar vujudga kelib, bunday tuproqda hatto sho’rga chidamli o’simlik ham o’sa olmasdan qurib qolmoqda. Bu yerdagi 800 ming gektar qamishzor va o’tloqlarning ishdan chiqishi tufayli 5 million tonna qimmatbaho mol oziqasi qurib bitdi. Aniqlanishicha, shamol
ta‘sirida dengiz atrofidagi sho’rxoklikdan bir yilda 100 million tonna tuz to’zoni
ko’tariladi. Hozirga qadar Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi va Turkmanistonning shimoliy tumaniga yog’ilgan tuz-chang to’zoni 1 milliard tonnani tashkil etadi. O’zbekiston xalq xo’jaligi bundan juda katta zarar ko’rmoqda. Bundan tashqari, Orolning quriy boshlashi iqlimga ham ta‘sir ko’rsatib, yozda havo harorati ko’tarilishiga, quruqligi oshishiga va qishda sovuq sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Bu hol aholining sog’lig’iga ham salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Ichimlik suvi sifatining buzilishi Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisi o’rtasida turli yuqumli va oshqozon-ichak kasalliklari, onkologik xastaliklar, bolalar o’limining ko’payishiga olib keldi. Bunday holatga tushgan qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston Respublikasi hukumati har tomonlama yordam bermoqda. Orolning qurigan o’rnida qum va tuzlarning shamol bilan uchirilishiga qarshi chora ko’rish uchun sun‘iy o’rmonlar bunyod qilish katta ahamiyatga egadir. 1981yildan boshlab dengizning qurigan qismida daraxt va butalar oq va qora saksovul, kandim, cherkez va boshqa o’simliklar o’stirilishi boshlandi, yaxshi natijalar berdi va hozirda har yili
25 ming gektar o’rmonlar tashkil qilinmoqda. Dengizning yangi ochilayotgan tubi tuz bilan qoplanib qolayapti va o’simliklar mutlaqo o’smasligi mumkin. Orol va Orolbo’yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Banki va turli davlat hamda nodavlat xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o’z hissalarini qo’shmoqdalar.
Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. So'ngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi. Suv zahiralaridan nooʻrin
foydalanish — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi. Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.
Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan. Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi. Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi.
Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari
(oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20-marta oshganligi kuzatilgan. Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan. Sivilizasiya shu holda kechsa, 3000-yilgacha hayot bo‘lishi dargumon bo‘lib qoladi. Moddiy zahiralarni o‘zlashtirish hozirgidek ketsa, yana 100-yildan so‘ng barcha yoqilg‘i zahiralari tugaydi, insoniyat energiyaga beradigan zahiralar va xomashyoning 80% ini o‘z manfaati yo‘lida o‘zlashtirib oladi. Bu ishlarni tashkillashtirish va nazorat qilish uchun tartibga rioya qilish zarur. Kuzatishlar bir tizimda va yaxshi holda bo‘lishi, ularni o‘tkazishda gidrologik vaziyatlardan kelib chiqib, kuzatish muddatini belgilash, suvning sifatini belgilangan usul bilan aniqlash lozim. O‘zbekiston Respublikasining yer osti suvlari umumiy suv resurslarining ajralmas qismi bo‘lib, iqtisodiyotning rivojlanishida, shaharlar va qishloqlar aholisining xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning asosiy suv ta’minoti manbai hisoblanadi. Respublika hududidagi 6 ta daryoning (Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo, Qoradaryo va Norin) suvni muhofaza qilish maydonlari jami 73,12 ming gektarni, qirg‘oq bo‘yi polosalari esa 9,85 ming gektarni tashkil etadi.
Ushbu 6 ta daryoning suvni muhofaza qilish mintaqasida joylashgan 126 ta ekologik potensial xavfli obyektlar mazkur mintaqalardan chiqarildi. Suv resurslarini chegaralanganligini inobatga olib, suvdan samarali foydalanish va joylarda tuzilayotgan Suvdan foydalanuvchilar uyushma (SFU) lari faoliyatini yanada jonlantirish, ulardan unumli foydalanish, suv o‘ta tanqis bo‘lgan-yillarda sug‘orma suvlarga minerallashgan zovur suvlarini zarur nisbatda aralashtirgan holda hamda tashlanma suvlari bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda ishlatiladigan uslub kelajakda keng qo‘llanilishini hozirda vujudga kelgan vaziyat taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining asosiy suv oqimlari manbalari bo‘lib, Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari hisoblanadi, ularning ko‘p yillik o‘rtacha umumiy oqimi 115,6 km3 ni tashkil qiladi, shu jumladan, Amudaryo
havzasida, 78,46 km3 va Sirdaryo havzasida 37,14 km3 atrofida suv hosil bo‘ladi.

Orolning qurish sabablari va uning hozirgi holati



Orol dengizi Markaziy Osiyoning yopiq suv havzalaridan biridir. Uning chor atrofi bepoyon cho’l zonasi bilan o‘ralgan. Orol dengizini suv bilan toidirib turadigan manba bu Amudaryo va Sirdaryolardir. Bu daryolar har yili Orol dengiziga 56 km3 suv quyadilar. Mahalliy yoginlar hisobida esa 5 km3 suv Orol dengiziga qo‘shilib turadi. Bu ikki daryo (qadimda Oqsuv va Yaksart deb atalgan) Tyanshan va Pomir togiaridan boshlanib oqib Orol dengiziga quyiladilar. Tog‘dan boshlangan joylarida bu daryolarda 100 km3 dan ortiq suv bo‘lib, Orol dengiziga quyilganga qadar 2500 km masofani choi zonasi bo'ylab o‘tganda suvning yarmidan ko‘prog‘i bugianib va boshqa sabablar natijasida Orolga yetib bormaydi.
Bu ikki buyuk daryolaming suvlari 2000 yildan ham ko'proq vaqtdan
buyon Markaziy Osiyo xalqlarining chuchuk suvga va qishloq xo'jaligiga
boigan talabini qondirib kelmoqda, bu mintaqaning muhitiga ko'rsatgan ta’siri sezilarli darajada emas edi. Biroq XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu mintaqada vaziyat keskin o‘zgara boshladi. Bu o'zgarish sobiq Ittifoq hukumatining yangi yerlami o'zlashtirish asosida paxta yetishtirishni keskin ko'paytirishga qaratilgan qaroridan keyin boshlangan edi. 1938-yilga kelib sobiq Sovet Ittifoqi paxta bilan birgina o‘z ehtiyojlarinigina qondirib qolmay, balki chetga paxtani eksport qilish imkoniyatiga ega boidi, biroq Ittifoq iqtisodiyoti paxta yetishtirishni yanada ko'paytirish, yangi sug‘oriladigan yerlarni ochish hamda irrigatsiya sistemasini kuchaytirishni talab qilar edi. Yana yigirma yildan so‘ng, ya’ni 1960-yilda sug'oriladigan yerlar soni 4,5 mln gektarga yetdi, keyingi 25 yilda yana qo‘shimcha 2,6 mln gektar yerga suv chiqarildi va suvni ishlatish bir yilda 105 km3 yetdi. Shundan 60 km3 Amudaryo va 45 km3 Sirdaryo hisobiga to‘g‘ri kelar edi. Shunday holat bu daryolar suv oqimining Orol dengiziga qo'yilishini keskin qisqartirib yubordi. Masalan, agar 1960-yilda Orol dengizi suvining darajasi 53— 54 m. tashkil etgan boisa, keyingi yillarda u keskin pasayib borib, suv darajasi 1990-yilda 1960-yilga nisbatan 14 m. pastga tushgan. Bu degan so‘z Orol dengizining — 40 % qurigan va suv hajmi 60 %gacha qisqaigan demakdir. Keyingi yillarda ham Orolning qurishi to‘xtagani yo‘q va kuzatishlarga ko‘ra o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rilmasa uning qurishi kelgusida ham davom etaveadi. Shunday holat davom etaversa Orol dengizi kichrayib, qurib umimiy maydoni 4— 5 ming km2 keladigan sho'r ko‘lga aylanish ehtim oli bor. Orol dengizi suvining sho‘rligi 22—23 % ko‘tarildi. Dengizning sayoz Sharqiy Janubiy va Shimoliy qirg'oqlaridan dengiz suvi 60—120 km chekinb, sho'rhok yerlarga aylanib qoldi. Keyinchalik suvning sho'rlanish darajasi 41—42 %ga yetib borishi mumkin. Oqibatda ekologik sharoit buzilib balitar o‘lib ketadi. Hozirda Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryoning suvi (zovur — qaytarma, sizot suvlarini hisobga olmaganda) deyarli qo‘yilmayapti. Aksincha, dengiz yuzasidan yiliga 40,0 km3 atrofida suv bug‘lanib ketmcqda. Demak, suv kirimi uning saifiga qaraganda kamroq va tez orada Orol dengiziga qo'shimcha suv tashlanmasa yana 15—20 yildan so‘ng suv sathi hozirgiga nisbatan 12—13 m. 1961 -yildagi holatga nisbatan esa 19-20 metr pasayib ketadi. Suvning sho'rligi esa 77 % boradi. Hozirgi kunda dengiz sathi 16,5 m.ga pasaydi (1997). Natijada, Orol dengizi ikki katta va kicliik Orolga bo‘lindi. Dengiz suv sathining pasayishi tufayli uning atrofida 4 mingga yaqin sho'rxokka aylanib kuchli shamol u yerdagi tuz qum va changlarni ko'chirib, 300 km masofagacha olib borib tarqatmoqda. Changlar bilan birga xloristovodorod va oltingugurt kislotalarini ham tarqatmoqda. Natijada, atrofdagi obikor yerlarga zarar keltirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra quyi Amudaryodagi yerlarning har gektariga 0,8 — 1,0 t tuz kelib tushmoqda. Bu esa yerlami sho‘rlatib, meliorativ holatini yomonlashtirib paxta va boshqa ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Dengiz suv sathining pasayishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi to‘qayzorlar, yaylovlar, o'tloqlar qurib qayta cho'llashmoqda. Dengiz atrofidagi tumanlarda yer osti suv sathi pasayib chorvachilik uchun ozuqa bo‘ladigan o'simliklar qurib, ko‘chma qumlar maydoni ko'payib bormoqda.
Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga quyilgan. Orol dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan. Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan qizil baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi asosida Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965- yilgacha Aralsk, Moʻynoq, Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toʻxtatilgan. Orol dengizining yuz km dan koʻproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, oʻsimliklarning 1200 turi aniqlangan. Amudaryo qirgʻoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra moʻynasi tayyorlangan. Oʻtgan asrning 90-yillarga kelib, moʻyna tayyorlash butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shoʻrlanishi oqibatida qishloq xoʻjalik mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan.
Orol dengizi qurigunga qadar 200 km atrofidagi hududning iqlimi yaxshi holatda saqlanib turgan. Qishda sovuqni yozda o‘ta issiqni kamaytirib turgan. 1980-yilga kelib, yanvar oyi bilan iyul oylarining o‘rtacha oylik harorat farqi 2°C ga ko'paygan. Bahor va kuz oylarida tez-tez sovuqlar bo‘lib turadigan bo‘lib qoldi, issiq kunlar 170 kungacha pasaydi. Yozning baland harorati, kuchli shamollarning bo‘lib turishini kuchaytirdi, kuchli bu shamollar odam salomatligi uchun yomon ta’sir etuvchi zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlangan chang to‘fonlami tarqatadi hamda tuproq yuzidan suvning parlanishini tezlashtirib qishloq xo'jaligi ekinlarining rivojlanishiga va hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Suvning kam kelishi daryo deltalarini qurishiga o'simliklar turlarining kamayishiga va biologik turü-tuman oiganizmlaming kamayib ketisliiga va xullas insonning yashash sharoitining keskinlashuviga olib keladi. Bu ikki daryo suvidan to‘g‘ri ratsional foydalanmaslik natijasida, ortiqcha suvlar ko'pgina ko‘l va botqoqliklaming paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Xuddi shunday suv havzalari Amudaryoning quyi qismida 40 ga yaqin bo‘lib, bularda har yili 6—7 km3 ga yaqin suv bug‘lanib yo‘qolib ketmoqda. Ana shunday ko'llardan eng kattasi Nukus shahrining g'arbida joylashgan Sariqamish chuqurligida joylashgan ko‘l bo'lib, har yili 3— 4 km3 suv oladi va tarkibida 30 km3 dan ortiq suv bor. Orol dengizidagi sug‘oriladigan yerlardan yetarli foydalanmaslik ortiqcha suv miqdori va uning ortiqcha taqsimlanishi botqoqliklar va yer osti sizot suvlarining ko'tarilishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida yerlami sho'rlantiradi. Bunday sho'rlangan yerlaming sho'rini yuvmasdan turib, madaniy ekinlarni ekib bo‘lmaydi. Sho‘r yuvishga ba’zan juda ko‘p, gektariga 36 m3 suv sarflanadi yoki ekinlarni sug'orishga qaraganda bu ko'rsatkich ikki barobar ortiqdir. Hozirgi kunda sho‘rlanish natijasida Orol atrofidagi yerlaming unumdorligi 2,5 barobargacha pasayib ketgan. Bu yerlaming holati kelajakda qanday bo'lkhi hali noma’lum. Orol atrofidagi muhit kishilar salomatligiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda ayniqsa, Amudaryo deltasi atrofida yashovchi aholi orasida qorin tifi bilan kasallanish 30 barobar oshgan, bolalar o‘limi ko‘paygan, odamlarning o‘rtacha bo‘yi va yashash darajasi pasaygan. Ko‘rinib turibdiki, agar Orol taqdiri tezda hal qilinmasa kelajakda uning o‘rnida Orol cho‘li vujudga keladi. Buning uchun kelajak avlod bizning noshudligimizdan tabiatni muhofaza qilishdagi savodsizligimizdan, ekologik tarbiyamizning pastligidan nafratlanadi. Shu sababli tabiatning bizga in’om etgan ajoyib obyekti Orolni eng kamida hozirgi holatda saqlash uchun kurashish har bir sof vijdonli insonning muqaddas burchidir. Buning uchun esa dengizga qo‘shimcha yiliga 40 km3 suv keltirish lozim. Hozirgi real imkoniyat Orol havzasi atrofida yig'ilgan zovur (qaytarma) suvlami to'plab, dengizga yo'llashdir. Agar bu vazifa amalga oshirilsa yiliga qo'shimcha 20 km3 suv Orol dengiziga kelib qo‘shilishi mumkin. Lekin bu bilan Orol dengizi suv sathining pasayishidan saqlab qolish mumkin emas. Orol dengizi suv sathini optimal balandlikda saqlash uchun xalq xo‘jaligida daryo suvlaridan tejab foydalanishga erishish lozim. Buning uchun birinchidan, sug'orish shahobchalarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish (kanallar tubini betonlash, har xil metallar bilan qoplab, filtratsiya va samarasiz bug'lanishni kamaytirish orqali); ikkinchidan, sug‘orishning eng ilg‘or usullarini (yomg‘irlatib, tomchilatib, tamoblar yordamida sug'orish) qo'llab, ekinlaming sug‘orish me’yorini pasaytirib suvni iqtisod qilish; uchinchidan, mavjud sug‘oriladigan maydonlarda ilg‘or agrotexnikani qo'llab, hosildorlikni oshirish hisobiga ekin maydonini kengaytirmaslikka erishish kerak.
Amudaryoning quyi qismidagi o‘simlik dunyosi siyraklashdi, ba’zi
o‘simlik turlari umuman yo‘qolib ketdi yoki yo‘q bo‘lish arafasiga
kelib qoldi. Daryo qirg‘oqbo‘yi to‘qayzorlari qisqarib ketdi, bu esa o‘z navbatida, hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Noyob va kamayib borayotgan hayvon va o‘simlik turlarini saqlash maqsadida 2006-yilda nashr etilgan “Qizil kitob”ga o‘simliklarning 305 turi (1983-yilda 163 tur, 2003-yilgi nashrda 301 tur) va hayvonlarning 184 turi (1984-yil 63 tur, 2003-yilgi nashrda 184 tur) kiritilgan edi.
Orolbo‘yi mintaqasi endemik turlaridan kamyoblik darajasi 2 bo‘lgan turlardan: Qoldiqtog‘ astragali (Astragel remanens Nabiyev), Oqtog‘ chalovi (Stipa aktauensis Roshev), Mayda moviygul (Lappula parvula Nabiyev et Zak), Yuraksimon torol (Lepidium subcordatum Botsch. Et Vved), Buze lolasi (Tulipa buhseana Boiss), Sug‘d lolasi (Tulipa sogdiana Bunge), Qadahsimon sutlama (Euphorbia sclerocyathium Korov. et M.Pop.), Vvedenskiy oligoxetasi (Olitgohaetavvedenskyi Tscherneva), Bunge takasoqoli (Scorzonera bungle Krash. Et Lipsh.), kamyoblik darajasi 3 bo‘lgan O‘zbekistonning shimolidagi relikt tur Xiva sho‘ragi (Salsola chiwensis V.Pop.) O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan. Agar 1970-yil Xorazm viloyatida sho‘rlanmagan va kam sho‘rlangan erlar 86 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1990-yilga kelib bu ko‘rsatkich 69 foizga tushdi. Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumiy sho‘rlangan yer maydoni 90 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda. Respublikamizda Orol dengizi havzasining ekologik holatini sog‘- lomlashtirishning bir necha yilga mo‘ljallangan aniq harakat dasturiga asosan, Qoraqalpog‘iston shaharlari, ko‘pgina tuman markazlari, shuningdek, yirik qishloqlar ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlandi. Qolaversa, respublikada o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, ko‘chma qumlarni mustahkamlash choralarini ko‘rish, Orolning qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish uchun katta ahamiyat
berilmoqda.
2004-yil 3-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 162- sonli “Orol bo‘yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg‘armasini tuzish haqida”gi Qarori qabul qilindi. Unda Orolbo‘yi atrof-muhitini va aholi sog‘lig‘ini
mustahkamlash hamda ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab
berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi bilan BMT ning Taraqqiyot Dasturi hamda Global Ekologik Jamg‘armasining ko‘magi bilan “Amudaryoning quyi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qay o‘rmonlarini saqlab qolish va muhofaza qilinadigan hududlar tizimini mustahkamlash” bo‘yicha o‘rta miqyosli loyihasi ish olib bormoqda. Jumladan, BMT ning Taraqqiyot Dasturi (PROON) bilan hamkorlikda va GEF ishtirokida bioxilma-xillikni muhofaza qilish va suvlibotqoq joylarda ularni qo‘llash maqsadida aniqlash ishlari olib borilmoqda. Undan tashqari, respublikamizda noyob jonivorlarni saqlab qolish bo‘yicha katta loyihalar (xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari ishtirokida) amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan Germaniyaning O‘zbekistondagi Texnik hamkorlik jamiyatining loyihasi asosida Orolning qurigan tubida 2000-2006-yillarda 8000 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish ishlari 30450 ga qilib bajarildi. Orol dengizi mintaqasida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida Global ekologik fondi loyihasining 2006- 2008-yillarga mo‘ljallangan loyihasi asosida 10000 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu loyiha asosida 17211 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish ishlari amalga oshirildi.
Download 26.33 Kb.




Download 26.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Orol dengizidagi bugungi holat va muammolar

Download 26.33 Kb.