• Davlat budjetining hisoblangan daromadlari.
  • Davlat budjetining kassa daromadlari.
  • Davlat budjetining kassa xarajatlari.
  • O’roqov muhammadi fan: "1C. Buxgalteriya" mavzu: Budjet hisobining predmeti va uslubi




    Download 56,5 Kb.
    bet2/4
    Sana16.01.2024
    Hajmi56,5 Kb.
    #138243
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Budjet hisobining predmeti va uslubi

    2. Budjet hisobining obyektlari
    Budjetning daromadlari va xarajatlari budjet hisobining asosiy obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning budjet ijrosi jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega.
    Davlat budjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:

    1. yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;

    2. jismoniy shaxslardan tushgan mablag'larga bo‘linadi. Davlat budjeti daromadlari budjetga tushish tavsifi bo'yicha:

    1. soliqlar sifatidagi tushumlar;

    2. nosoliq tushumlarga bo'linadi.

    Davlat budjeti daromadlari ularning hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha:

    1. hisoblangan daromadlar;

    2. kassa daromadlariga bo‘linadi.

    Davlat budjetining hisoblangan daromadlari. Budjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak bo'lgan daromadlar davlat budjetining hisoblangan daromadlari, deb ataladi. Davlat soliq va moliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi.
    Davlat budjetining kassa daromadlari. Budjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa daromadlari, deb ataladi. Kassa daromadlari budjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham budjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi.
    Davlat budjetining kassa xarajatlari. Budjetning bankdagi schyotlaridan budjetda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag4 beriladi. Budjet mablag'lari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan berilishi mumkin. Budjetning bankdagi schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat budjetining kassa xarajatlari, deb ataladi.
    Davlat budjetining haqiqiy xarajatlari. Budjet mablag'lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat budjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Budjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlaming paydo bo‘lish joylaridagina, ya’ni budjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda olib boriladi.
    Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni bank muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni esa budjet tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan oladi.
    Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi.



    Download 56,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 56,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’roqov muhammadi fan: "1C. Buxgalteriya" mavzu: Budjet hisobining predmeti va uslubi

    Download 56,5 Kb.