|
Budjet tasnifining analitik hisobdagi ahamiyati
|
bet | 3/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 56,5 Kb. | | #138243 |
Bog'liq Budjet hisobining predmeti va uslubi3. Budjet tasnifining analitik hisobdagi ahamiyati
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet tasnifi yotadi. Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlami bir yagona davlat budjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo'linmalar deb yuritiladi. Bo'limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi bo'linmalari hisoblanadi.
Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo'yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Budjet tasnifi:
budjet daromadlari;
budjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
budjet xarajatlarining tashkiliy;
budjet xarajatlarining iqtisodiy;
davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi deganda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ulami bevosita oluvchilar o'rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to‘lovlaming iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Budjet taqchilligi deganda muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lganligi tushuniladi.
|
| |