|
O`rta maxsus, kasb hunar ta`limi markazi
|
bet | 22/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #230171 |
Bog'liq ShK ga xizmat ko`rsat amaliyotLazerli printerlar.
Hujjatlarni lazerli printerda bosmadan chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Turli hil printerlar buni har hil usullar bilan bajaradi, biroq ko‘pchilik printerlar tomonidan huddi shu ketma-ketlikdagi harakatlar bajariladi. Masalan, printerlarni qimmat bo‘lmagan rusumlari bosish jarayoniida kompyuter ishlatadi, qimmatroqlari va takomillashgan rusumlarni operatsiyalarning aksariyat qismini shahsiy apparatli va dasturli ta’minlash yordamida bajaradilar.
Ulanish
Hujjatni bosib chiqarish uchun avval kompyuterdan printerga vazifa yuborish kerak.Buning uchun odatda kompyuterning parallel porti ishlatiladi, ammo alohida printerlar muntazam port bilan ham ishlaydilar. Printerlarni ba’zi bir rusumlari ikkita portni qo‘llab, bir necha kompyuterlarga ulangan bo‘lishi mumkin. Parallel yoki ketma-ketli ulanishda ishlaydiganlardan tashqari printerlarni tarmoqli rusumlari kiritilgan, tarmoqli adapterga ega bo‘lib tarmoqli kabelga to‘g‘ri ulanish mumkin. Oxirgi paytda USB interfeysli birinchi rusumlari ham ko‘rina boshladi. Kompyuterni printerga ulashda printerga bosma qilish vazifasi yuboriladi. Biroq ma’lumotlar ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin, ya’ni printer ham kompyuterga ma’lumotlarni uzatishni davom etishini yoki to‘htash haqida xabar beruvchi nazorat signallarini yuborish mumkin .Odatda printyerdi o‘rnatilgan xotira hajmi bosma vazifasidan ko‘ra kam bo‘ladi. Bufer to‘lib ketganda printer kompyuterga ma’lumotlarni uzatilishngi to‘htatish haqida xabar beradi. Bir bet bosib bo‘lingandan keyin printer buferdan ma’lumotlarni o‘qishni boshlaydi va kompyuterni uzatish qayta tiklanganligi haqida xabar beradi. Bu jarayon sinxronlash, ya’ni moslash deyiladi.U uchun alohida bayonnoma mavjud.
|
| |